Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi muhammadboqiyev Javohir 60220300 — tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha) 2-bosqich talabasi
Download 63.98 Kb.
|
KURS ISHI MUHAMMADBOQIYEV2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: “Vizantiya Imperiyasi taraqqiyoti“ KURS ISHI Sirtqi ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 2.4-guruh talabasi: Muhammadboqiyev J ____________
- Vizantiya imperiyasi taraqqiyoti
- 2 – Bob VI-XI, asrlarda vizantiya. Vizantiya imperiyasi
- Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
- Kurs ishining maqsadi va vazifasi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ORIENTAL UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI Muhammadboqiyev Javohir 60220300 — TARIX (MAMLAKATLAR VA YO’NALISHLAR BO’YICHA) 2-BOSQICH TALABASI “JAHON TARIXI” fanidan Mavzu: “Vizantiya Imperiyasi taraqqiyoti“ KURS ISHI Sirtqi ta’lim yo‘nalishi 2-kurs 2.4-guruh talabasi: Muhammadboqiyev J ____________ Ilmiy rahbar: Qoraboyev M.O. _________ Toshkent – 2023 MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………………………….3-5 1 - Bob. Vizantiya imperiyasi taraqqiyoti § 1.1.Vizantiya imperiyasi…………………………………………………6-15 § 1.2. Vizantiya imperiyasi, Vizantiya, Sharqiy Rim imperiyasi………….16-17 § 1.3. Vizantiya imperiyasining tashqi siyosat…………………………………………..17-21 2 – Bob VI-XI, asrlarda vizantiya. Vizantiya imperiyasi § 2.1. Qadimgi vorislik muammolari, Erta o’rta kechki Vizantiya davri….21-26§ 2.2 11—12-asrlar oxirlarida Vizantiya shahri……………………………26-39 Xulosa…………………………………………………………………40-41 Adabiyotlar ro'yhati ………………………………………………………………………..41-42 Ilovalar Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Sivilizatsiya – eng yuksak tartibdagi madaniy mushtaraklik, kishilarning ma'naviy - madaniy qiyofasining keng ko'lamli darajasi,taraqqiyoti desak adashmaymiz. Olimlar hisob kitoblariga qaraganda yer yuzida yigirmadan ortiqroq sivilizatsiya va undan ham ko'proq subsivilizatsiyalar vujudga kelgan, yemirilgan va davom etmoqda. Jumladan, g'arb, sharq, islom, konfutsiylik, yapon, provoslav-slavyan, lotin Amerikasi (mayya, ink, astek) Afrika (Misr, G'arbiy Sudan, monomatapa) sivilizatsiyalari, shuningdek, Yevropa, Shimoliy Amerika, Turk, Arab singari substantsiyalar ham mavjud. G'arb va Sharq asrlar davomida shakllangan ikki yirik supersivilizatsiya hisoblanadi. Sivilizatsiya – kishilik mushtarakligining eng yuqori cho'qqisi ekan, bugungi kunda ham til, tarix, din, urf-odat singari umumiy mutlaqo ob'ektiv jihatlari bilan sivilizatsiyalar bir-biridan ajralib turadi. aksariyat sivilizatsiyalarning yo'q bo'lishiga, unitilishiga ma'naviy inqiroz sabab bo'lishini tarixdan yaxshi bilamiz. Zero Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o'zlarining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida bu borada: “Shuning uchun ham Sharq yoki G'arb mamlakatlari bo'ladimi, olis Afrika yoki Osiyo qit'asi bo'ladimi – jahonning qaysi burchagida bo'lmasin, ma'naviyatga qarshi qandaydir tahdid paydo bo'lgan bo'lsa, o'zining bugungi kuni va ertangi istiqbolini o'ylab yashaydigan har bir ongli inson, har bir xalq tashvishga tushishi tabiiy, albatta” – degan edilar. Haqiqatdan ham mustaqilik sharoitida nafaqat o'z tariximiz balki, dunyo xalqlari tarixi, ularning sivilizatsion jarayonlardagi ishtirokini o'rganar ekanmiz, eng avvalo o'tmish sivilizatsiyalarining vujudga kelishi, rivojlanishi va inqirozi masalalariga to'xtalib, ularning sabablari va oqibatlari xususida tegishli xulosalarga ega bo'linadi. Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Jahon sivilizatsiyalari tarixini o'rganish orqali dunyo hamjamiyati bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilishda boshqa xalqlarning urf – odat, an`analarini bilishga va ma'naviy – madaniy rivojlanish darajasini o'rganish orqali munosabatlarni umuminsoniy manfaatlar asosida o'rnatishga xizmat qiladi. Shuni unutmaslik kerakki, turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o'ziga xos urf-odat, an'analarga ega bo'lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo'ladi. Shuning uchun jahon sivilizatsiyalari tarixi bilan yaqindan tanishish dunyo sivilizatsiyalari, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilish, kishilarni vatanparvarlik, umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashda yordam beradi deb hisoblaymiz. Download 63.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling