Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi muhammadboqiyev Javohir 60220300 — tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha) 2-bosqich talabasi
Download 63.98 Kb.
|
KURS ISHI MUHAMMADBOQIYEV2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vizantiya imperiyasi , Vizantiya , Sharqiy Rim imperiyasi
Halsall, Paul „Byzantium“. Fordham University (1995). 22-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-iyun 2011-yil.
↑ Millar 2006, ss. 2, 15;James 2010, s. 5: „But from the start, there were two major differences between the Roman and Byzantine empires: Byzantium was for much of its life a Greek-speaking empire oriented towards Greek, not Latin culture; and it was a Christian empire.“ ↑ Treadgold 1997, s. 847. ↑ Benz 1963, s. 176. ↑ Ostrogorsky 1969, ss. 105–107, 109; Norwich 1998, s. 97; Haywood 2001, ss. 2.17, 3.06, 3.15. ↑ Andoza:1a1=Millar ↑ Cameron 2006, ss. 54–61. Vizantiya imperiyasi, Vizantiya, Sharqiy Rim imperiyasi (395—1453) — 395-yilda Theodosius Ining oʻlimidan Rim imperiyasining gʻrbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach Gʻarbiy Rim imperiyasi yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani Qadimgi Rimning tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi sifatida qoldirdi.[1][2] „Rim“ va „Vizantiya“ni ajratish zamonaviy rasm sanalsada, boʻlinish muddatini aniqlash qiyinchilik tugʻdiradi. Shunga qaramasdan bir nechta muhim sanalar mavjud. 285-yilda imperator Diocletian Rim imperiyasi boshqaruvini gʻarbiy va sharqiy boʻlaklarga ajratdi.[3] 324-330-yillar orasida imperator Constantine I asosiy poytaxtni Rimdan Konstantinopolga koʻchirdi. Shahar „Konstantinopol“ („Constantine shahri“) yoki „Nova Roma“ („Yangi Rim“)ga aylandi.{{#tag:ref|The first instance of the designation "New Rome" in an official document is found in the canons of the First Council of Constantinople (381), where it is used to justify the claim that the patriarchal seat of Constantinople is second only to that of Rome.[4] Imperator Theodosius I davrida nasroniylik imperiyaning davlat diniga aylandi. Boʻlinishning oxirgi davri imperator Heraclius hukmronligida yangi imperiyada yangi harbiy va boshqaruv tuzilishlarini joriy etib, lotin tili oʻrniga yunon tilini davlat tiliga oʻzgartirgach boshlandi.[5] Bu oʻzgarishlarning sababi Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrikadagi koʻplab yunon tilida soʻzlashmaydigan hududlar kuchayib borayotgan Arab xalifaligi tomonidan bosib olinib, imperiya faqat yunon hudularidan iborat boʻlib qolayotganligi edi. Shunday qilib Vizantiya qadimgi Rimdan lotin madaniyati oʻrniga yunon madaniyatiga va Rim butparastligidan pravoslaviega oʻtganligi bilan farq qiladi.[6] Justinian I hukmronligi davrida (527-565-yillar) imperiya gʻarbiy imperiyaga tarixan tegishli boʻlgan Shimoliy Afrika, Italy va Rimni egallab oʻzining tarixidagi choʻqqisiga chiqqan. 6-asr oʻrtalaridagi Justinian vabosi davrida imperiya aholisining uchdan bir qismi qirilib ketib harbiy va moliyaviy muammolarga sababchi boʻldi. Shunday boʻlsa ham, imperator Maurice davrida imperiyaning sharqiy chegaralari kengaytirilib, gʻarbiy chegaralari barqarorlashtirildi. 602-yilda Mauricening oʻldirilishi imperator Heracliusning gʻalabalariga qaramasdan imperiya ishchi kuchi va resurslarini kamaytirgan sosoniylar Eroni bilan yigirma yillik urushga sabab boʻldi. Bu urushda imperiyaning kuchsizlanishi 7-asrdagi Vizantiya-Arab urushlaridagi magʻlubiyatlarga sabab boʻldi. Bu magʻlubiyatlarda imperiya katta hududlarni yoʻqotdi. Bu omadsizliklarga qaramasdan imperiya 10-asr davomida Macedonian sulolasi boshchiligida tuzalib, yana Yevropaning va Oʻrta Yer dengizining eng kuchli davlatiga aylandi. 1071-yildan soʻng imperiyaning yuragi sanalgan Kichik Osiyoning katta qismi Saljuqiy turklar tomonidan egallandi. 12-asrdagi Komninlar restavratsiyasi imperiyaga yerlari va qudratini qaytardi. Lekin imperator Manuel I Komnin oʻlimi va Komninlar sulolasining 12-asr oxirida tugashidan soʻng imperiya yana pastga shoʻngʻidi. Imperiya yoʻq qiladigan zarba 1204-yilda To`rtinchi salib yurishida Konstantinopol egallanib, vayron etilganda va Vizantiya bir-biriga raqobatchi yunon va lotin davlatlariga boʻlib yuborilganda berildi. 1261-yilda Konstantinopol va Imperiya Paleolog imperatorlari tomonidan qayta tiklanishiga qaramay imperiya avvalgi qudratini tiklay olmadi. Shunga qaramay, bu davrlar imperiya madaniyati eng yuksalgan davrlar boʻlgan.[7] 14-asrdagi toʻxtovsiz fuqarolar urushlar imperiya kuchini yoʻqotdi va uning qolgan hududlari 1453-yilda Konstantinopol qulaguncha davom etgan Vizantiya-Usmonli urushlari davomida Usmonli imperiyasi tomonidan bosib olindi Download 63.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling