Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
Fozila Sulaymonova tadqiqotlarida yunon manbalari
Download 126.64 Kb.
|
GERODOT VA UNING “TARIX” ASARI
1.2. Fozila Sulaymonova tadqiqotlarida yunon manbalari.
Markaziy Osiyo, jumladan Movarounnahrning qulay jug‘rofiy sharoiti, tabiati, iqlimi mintaqada odamlarning uzoq o‘tmishda bu yerlarda o‘troqlashib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanganligini, tabiiy sharoitdan kelib chiqib yerlarni sug‘orish usuli bilan hosilolganligini ko‘rsatadi. Bu esa mintaqada madaniyatning ancha erta, bir necha ming yillar avval shakllanishi ta’minlaganidan dalolatdir. Uning yorqin isboti so‘nggi o‘n yilliklarda arxeologlar tomonidan ochilayotgan shahar vayronalari, moddiy madaniyat qoldiqlari va ibtidoiy bo‘lsa-da, san’at asarlaridir.Hech qachon hech qaysi xalq, elat boshqa xalqlardan uzilib qolgan, o‘z holicha yashagan emas, aks holda hech qanday taraqqiyot bo‘lmagan bo‘lar edi. Eng qadimiy va antik davrlardauzoq masofalarni ot-ulovda bosib o‘tish ancha mushkul bo‘lganvaqtlarda ajdodlarimiz Misr, Bobil, Markaziy Gretsiya, Yunoniston kabi mintaqalar bilan aloqa qilganlar. Ipak yo‘lining ko‘p qismi mamlakatimizdan o‘tishi hunarmandchilik, savdo-sotiqning erta va keng rivojlanishiga olib keldi. Ajdodlarimiz shunchalik ishchan va uddaburo bo‘lganlarki, Vizantiyaimperatorlariuzoq vaqtlarga qadar o‘zlarining diplomatik va moliya ishlariga samarqandliklarni, umuman, vatanimiz vakillarini jalb etganlar. Uzoq o‘tmishda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarningyozuvlari — xorazm yozuvi, parfiya yozuvi, sug‘d yozuvi, grekbaqtriya yozuvi, qadimgi turkiy yozuv bo‘lsa-da, bizgacha ularning yirik namunalari saqlanib qolmagan. Hatto zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"ning faqat uchdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan. Vatanimizninguzoq o‘tmishi haqidagi asosiy ma’lumotlarni arxeologiya 3 topilmalari, Yaqin Sharq mamlakatlarida qadimda yashagan xalqlardan qolgan yozma yodgorliklar, qadimiy Gretsiya va Rim mualliflarining asarlaridan topamiz. Bu o‘rinda Herodot, Ktesiy, Strabon, Arrian, Diodor va b. asarlari beqiyos qimmatlidir. Afsuski, haligacha xalqlarimizning uzoq o‘tmishini,ularning umum insoniy madaniyat rivojiga qanday hissa qo‘shganini yorituvchi asarlar yaratilmadi. Ko‘p yillar davomida Toshkent Davlat universitetida chet ellar adabiyotidan dars o‘tib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi institutlarida tadqiqot olib borar ekanman, madaniyat, adabiyotdagi mushtaraklik meni qiziqtirib keldi. Ammo ilmiy adabiyotda bu holatni yorituvchi asarlar yaqin vaqtgacha yozilmagan. Borlari ham ko‘pincha yevropotsentrizm nuqtai nazaridan, Sharq xalqlari, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini mensimaslik nuqtai nazaridan fakt va voqealarni talqin qiladi. Hanuzgacha markaziy shaharlarda bosmadan chiqqan asarlarda skif madaniyati, san’atining shakllanishi va rivojida mintaqamiz xalqlarining roli inkor etiladi. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va madaniyati bir-biridan ajratilgan holda tadqiq etiladi (Drevniye sivilizatsii, M., 1989 va hokazo). O‘rta asrlar degan ibora Uyg‘onish davrida kelib chiqqan bo‘lib, ikki buyuk madaniyat, yorqin hayot antik davri va Uyg‘onish davrining oralig‘i mudhish qoloqlik, diniy jaholat hukmron bo‘lgan davr deb hisoblangan. Urta asrlar ham o‘z navbatida ilk va yetuk davrlarga bo‘lingan, birinchisi Rim imperiyasi qulagan davrdan to XI-XSH asrgacha, ikkinchisi XSH-X1U asrlardan to XVII asrgacha, ya’ni Ovrupo qit’asidagi birinchi burjua inqilobigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ovrupo mamlakatlari tarixini bunday davrlashtirish so‘ngti vaqtlarda, 70-80 yillarda ro‘y berdi. Avvallari Uyg‘onish davrigacha bo‘lgan davrlar o‘rta asrlar deb hisoblangan.Ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda cherkov, monastir arxivlarida, kutubxonalarda qadimiy qo‘lyozmalar topilgan. Ular asosan XSH-X1U asrlarda yangicha fikrlovchi averroistchi olimlar tomonidan yaratilgan va cherkov xodimlari ataylab buzgan asarlar nusxalari edi. Ma’lum bo‘ldiki, O‘rta asrlarda hayot osoyishta bo‘lmagan, mafkuralar, g‘oyalar, diniy va e’tiqodlarning keskin kurashi, diniy bid’atlar shakli ostida feodal tuzumi va uning mafkurasi bo‘lmish isaviya diniga qarshi dahshatli kurash, janglar bo‘lib o‘tgan. Topilmalar O‘rta 4 asrlar haqidagi tushunchani mutloq o‘zgartirib yubordi, tarixchi olimlar u davr keskin ziddiyatlar, kurashlar davri bo‘lgan (V.I.Rutenburg, N.I.Konrad, ML.Batkin, L.A.Kotelnikova, A.L.Gurvich, A.X.Gorfunkel, A.L.Yastrebitskaya, M.T. D'Aliverni, YE.Jilson, K.Bost, A.Mayyer,M.Grabman, G.Ley va b.) deydilar. Bu fikr umuman o‘rta asrlar emas, balki XI-XSH asrlardan keyingi, ya’ni Sharq bilan aloqa o‘rnatilgan va bu aloqa ta’siri ostida Ovrupo xalqlari ma’naviy hayotida o‘zgarishlar ro‘y bera boshlagan davrga taalluqli deb hisoblayman. Undan avvalgi yetti-sakkiz asrni o‘z ichiga olgan davr haqiqatan jaholat, zulmat, o‘ta qoloqlik davri bo‘lgani shubhasiz. Ispaniyada salkam sakkiz asr davom etgan arablar hukmronligi, yarim orolda Sharq madaniyati, ilm-fan, falsafa, badiiy adabiyotning rivojlanishi, xalifalikni tashkil etgan boshqa xalqlar, ayniqsa Movarounnahr, Eronmadaniyatining arablar tomonidan o‘zlashtirilishi, Ispaniyada esa yanada takomillashtirilishi (Ibn Ro‘shd) Ovrupoxalqlari, ayniqsa Ispaniya bilan chegaradosh mamlakatlar uchun izsiz kechmadi. Aksincha, Garb mamlakatlari xalqlari madaniyati shakllanishi va rivojiga turtki bo‘ldi. Ko‘p olimlar USH-XSH asrlar oralig‘ida Afrika qirg‘oqlari va Pireney yarim orolidan to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan mintaqada yaratilgan texnik, tabiat, tibbiyot, astronomiya, matematika, falsafa fanlari yutuqlarini Ovrupo o‘zlashtirishi uchun besh asrdan ortiq vaqt kerak bo‘ldi, deb tan oladilar. Bu haqda italyan adabiyotining bilimdoni I.N.Golenshsev-Kutuzov fransuz olimi G.Quardi ("Arab falsafasi o‘rta asr Ovruposida", Parij, 1847) asariga suyangan holda shunday deydi: "Bag‘dodda Obbosiylar, Kordovada Umaviylar va Almoviylar saroyida UI-XN asrlarda O‘rta Osiyoda musulmon matematik va mutafakkirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ajoyib olimlar maktablari faoliyat ko‘rsatdi. Ular ilm-fanning yuksak rivojini ta’minladilar. Shunday qilib, Samarqanddan Toledogacha yaxlit bir madaniy taraqqiyot yo‘li cho‘zildi. Ovrupo to XII asrgacha grek-arab fanining chekka viloyati edi, xolos" .Ispaniyada shakllangan tarjimonlar maktabi nafaqat "grek-arab fani"gina emas, balki Movarounnahr olimfaylasuflari Muhammad Muso Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi o‘nlab olimlarningasarlaridan ham G‘arbiy Ovruponi bahramand qildi. Sharq olimlari merosini tarjima etish borasida Ovrupo mamlakatlarida mingga yaqin tarjimonlar mehnat qildilar. 5 X1-X1U asrlarda Ovrupo xalqlari ziyolilari uchun arab til lni bilish, Sharq madaniyati, ilm-fani, adabiyoti bilan yuz; ki bo‘lsa-da, tanish bo‘lmoqlik shart hisoblangan. G‘arbiy Ovrupodagi birorta universitet, ayniqsa, tibbiyot fakulteti arab fani va tilisiz faoliyat ko‘rishi g‘ayritabiiy bo‘lgan. Sharq ilm-fani, falsafasi Ispaniyaga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, unga chegaradosh Janubiy Fransiyaga, XIII asr o‘rtalarida esa Shartr universiteti, u tor-mor etilgach, Parij universiteti olim va talabalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.Fransuz olimi Gyuining fikricha, Ovrupoda XP-XSH asrlarda Sharq olimlari asarlari tarjimasi bilan tanishgach, umuman Sharq va uning madaniyati bilan yaqinlashish ehtiyoji tug‘iladi. "1311-1312 yillar Vena soborining qaroriga binoan Parij, Rim, Oksford, Bolonya, Salomank universitetlarida sharq tillari kafedralari tashkil etiladi. Maqsad Sharq fani xazinalaridan foydalanish edi. 1587 yili esa Fransiya koroli Genrix Shning buyrug‘iga binoan Kollej de Fransda arab tili kafedrasi ochiladi (XVI asr oxiriga kelib Sharq tillari institutiga aylanadi, u hozir ham mavjud-F.S)" . Haqiqatan, Ovrupoda ilohiyot, isaviya dini ta’limoti emas, inson tajribasiga, inson mafkurasiga asoslangan haqiqiy ilm-fanning, ratsionalistik dunyoqarashning shakllanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sharq olimlari asarlari ta’siri ostida ro‘y berdi. 1270 va 1277 yillari Parij yepiskopi e’lon qilgan qatag‘ondan keyin lotin averroistchilari deb nom olgan Forobiy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd ta’limotlarining tarafdorlari boshqa mamlakatlar, ayniqsa, Shimoliy Italiyadan boshpana topadilar. XIII asr oxiri va XIV asr davomida Bolonya, Paduya, Genuya kabi shaharlar universitetlari lotin averroizmi markaziga aylanadi. Sharq ta’siri faqat ilm-fan, falsafadagina emas, adabiyotda ham ancha sezilarli bo‘lgan. Ovrupoda dunyoviy mazmundagi adabiyot dastavval Ispaniyada, avval arab tilida, keyincha mulamma (shiru shakar) turida shakllanadi. Bu she’rlar ko‘pincha zajal va muvashshax janrlarida yaratilgan bo‘lib, ayniqsa zajal keng rivoj topgan. Zajal ashula sifatida musiqa bilan ijro etilar, naqorati tinglovchilar ishtirokida ko‘pchilik bo‘lib aytilgan. Bu janr shunchalik keng tarqalgan ediki, shahar va qishloqlarda sayyoh truppalar tomonidan ispan, arab, yahudiylar orasidagina emas, chegaradosh Fransiyada ham bijro etilgan va katta qiziqish bilan tinglangan. Zajalning muvaffaqiyatidan mutasavvuflar (Ibn al-Arabiy) ham keng foydalanganlar, ular zikr tushishlarda aynan shu janrni qo‘llaganlar. Sharq bilan uchrashmaguncha Ovrupo mamlakatlari,hatto ilgor hisoblangan Fransiyada ham yozma adabiyot din arboblari tomonidan diniy mazmunda, lotin tilida yaratilgan asarlardan iborat bo‘lgan. XIII asrga kelib ilg‘or mamlakatlarda feodalizm tuzumi shakllanib bitgan, ritsarlik o‘z mavqeini o‘rnatgan edi. Bu jarayon, ayniqsa, Fransiyaning janubidagi Provansda erta boshlanadi. Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalarining o‘rnatilishi, salb yurishlari, ayniqsa, arab Ispaniyasi ta’siri ostida Fransuz feodal jamiyati hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. XUN-XUSH asrlarda yashab ijod etgan ovrupolik olimlar milliy til va dunyoviy mazmundagi eng qadimiy she’riyat— provansal she’riyati arab Ispaniyasida keng tarqalgan she’riyat ta’siri ostida shakllangan degan fikrni olg‘a suradi. Bular orasida eng ko‘zga ko‘ringanlari Huyye, "Original romanslar", 1693; Massiye, "Fransuz poeziyasi tarixi", 1739; Quadrio "SHe’riyat tarixi", 1749; Andre, "Adabiyot tarixi",1808; Sismondi, "Fransiya adabiyoti tarixi", 1814; Jengene, "Italiya adabiyoti tarixi", 1811; Uarton, "Ingliz she’riyati tarixi", 1824 va boshqalarda "Ovrupoda eng qadimiy deb tan olingan provans trubadurlari she’riyati va sivilizatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ispan arablari ta’siri ostida kelib chiqdi" deyiladi. Sismondi esa salb yurishlari davriga baho berib, ayniqsa "Provansda arab Ispaniyasi ta’siri ostida madaniyat, ilm-fan (Ibi Sino), falsafa (Ibn Ro‘shd), trubadurlar she’riyati ayniqsa rivoj etgani" haqida yozadi. Olim "arablar ta’siri Sitsiliya orqali ham kelgan" , degan fikrni ham bayon etadi. X1-XI asrlarda Fransiyaning janubidagi Ispaniyaga chegaradosh bo‘lgan Provansda Ovrupoda birinchi bo‘lib pul aloqalari, savdo, hunarmandchilik, madaniyat, ilm-fan, san’at, adabiyot shakllanib, rivoj topadi, shaharlar obodbo‘lib, mavqei oshadi. Ispaniyadan taklif etilgan arxitektorlar hashamatli binolar quradilar. Haqiqiy ritsarlik ham dastavval Provansda shakllanadi Endilikda ritsarlarning bilim darajasi kengayadi, qahramonlik, botirlik idealiga madaniyatlilik, saxiylik, olijanoblik-; nazokatlilik, bilimdonlik, oshiqlik tushunchalari ham qo‘shiladi. Dinda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Islomdagi ismoiliilik ta’siri ostida shakllangan katar bid’ati qit’alar oshib Janubiy Fransiya, Provansgacha borpb yetadi va albigoychilik nomi ostida keng tarqaladi. Katarlar ta’limoti ismoilizm, moniylik va zardushtiylik ta’limotlari ta’siri ostida shakllangan bo‘lib, "Har bir insonda Iso payg‘ambar tanasining zarrachasi bor, shuning uchun uni haqoratlab, qiynab bo‘lmaydi" deydilar (bu o‘rinda zardushtiylarning" "har bir jonzod va o‘simlikda quyosh zarrachasi bor" degan g‘oyasini eslaylik). XIII asrda Rim papasi unga qarshisalb yurishi uyushtirib, boy shaharlar, zodagonlar qasrlarini vayron qiladi, aholini qiradi. Ispaniyaga chegaradosh bo‘lgan boy o‘lka vayronaga aylanadi. Ritsarlik g‘oyasi dastavval Provansda shakllanganidek ritsar adabiyoti, asosan she’riyati ham shu o‘lkada shakllanadi. Endilikda maxsus shoirlar paydo bo‘ladilar, asar tili, uslubiga katta ahamiyat beriladi, she’rda hech qanday qo‘pol so‘zlar ishlatilmaydi. Provansda adabiy til ham shakllanadi. Provans shoirlari trubadur yoki truver deb ataladilar. Download 126.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling