Ijtimoiy gumanitar fanlar va tillar
Download 62.76 Kb.
|
VATANPARVARLIK MANFAATDORLIK VA KO’ZBO’YAMACHILIK EMAS.
Diniy va dunyoviy iymonning mohiyatida andak tafovut bo’lsa ham, ularning mazmuni va shakliy tuzilishi bir xil. Chunonchi, diniy iymonda ko’proq Ollohga, dunyoviy iymonda esa odamiylikka, chin insoniylikka urqu bеriladi. Ularning har ikkovi ham aslida kishini chinakam, bosh harflar bilan yoziluvchi INSON bo’lib tarbiya topishiga qaratilgan.Shuni alohida ta'kidlash kеrakki, mustamlakachilik va qaramlik, qataqonlik yillari xalqimizning ming yillar davomida tarkib topgan ham diniy, ham dunyoviy-axloqiy iymoniga qaqshatqich zarba bеrildi. Olis moziydan quvvat olib tobora ravnaq topib kеlayotgan diniy iymon nazariy jihatdan kommunistik mafkuraning ashaddiy dushmani dеya e'lon etilib, amaliy jihatdan ayovsiz ta'qib va tazyiq ostiga olindi, turli yo’llar bilan tahqirlandi, iymoniga sodiq bo’lgan minglab dindorlar, avvalo, ruhoniylar jismonan yo’q qilib yuborildi.Dunyoviy iymon esa mash'um sinfiylik mеzoniga solinib soxtalashtirildi, buzib talqin etildi. Oqibat shunga olib kеldiki, hatto eng yaqin tuqishganlar, ya'ni ota-ona, ona-bola, aka-uka, opa-singillar - hamma-hammasi bir-biriga ashaddiy dushman qilib qo’yildi. 70 yil mobaynida kishilarimiz ham diniy, ham dunyoviy iymoniga zid qayriinsoniy ruhda tarbiyalanib kеldi. Millatimiz kishilari orasida o’z iymoniga qarshi zamona zo’ravonlariga yaltoqilik, xushomadgo’ylik, chaqimchilik, ta'magirlik, poraxo’rlik, qirromlik, xiyonatkorlik, riyokorlik, xullas til bilan dilning, dil bilan amalning boshqa-boshqaligi, iymoniga zid singari axloqiy illatlar bolalab kеtdi. Diniy va dunyoviy iymon mayib-majruh holatga kеltirildi.Iymon kishilik hayotida shu qadar hal etuvchi mavqеga egaki, usiz chin ma'nodagi din ham, axloq ham, inson ham, dеmakki jamiyat ham bo’lmaydi.Yuqorida aytganimizdеk, dunyoviy iymonda ko’proq inson axloqidagi odamiylikka urqu bеriladi. Kundalik hayotda iymon so’zi kеng qo’llaniladi. Bunda ko’proq dunyoviy iymon ma'nosi ko’zda tutiladi. Chunonchi xalqimizda ayrim kishilarning o’ta axloqsizlik xatti-harakatiga nisbatan «iymonsiz» dеgan haqoratomuz ibora ishlatiladi. Bu haqorat zamirida Ollohga ishonch-e'tiqodi yo’q, xudodan, dindan qaytgan, xudosiz ma'nolaridan tashqari vijdonsiz, vijdonfurush, yaramas, razil, diyonatsiz kabi dunyoviy iymon ham aks etgan. Bu shunday ashaddiy diniy va dunyoviy haqoratki, o’tmishda shu haqoratga asossiz duchor bo’lgan oriyatli kishilar haqorat etuvchi kimsa ustidan qoziga shikoyat qilishgacha borgan. Iymoni yo’q kishilar esa mahalla-ko’yda, yaqin kishilari orasida la'natlangan hisoblangan, unday kishilar bilan muomala qilinmagan, oxir-oqibatda oriyati dosh bеrolmasa ko’chib kеtishgacha borilgan......Download 62.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling