Ijtimoiy guruhlar
Download 12.11 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
Ijtimoiy guruhlar - muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro muno-sabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim I. g . hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, et-nik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h. k.) ham I. g . ga kiradi, chunki ularning jami-yatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida I.g . ni tashkil etadi. I. g . katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obʼyektiv holda mavjud) guruxlarga boʻlinadi. I. g . ning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar uz hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hoz. jamiyatdagi odamlarning aksariyati koʻpdan-koʻp turli guruxlarga mansubdir. Download 12.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling