Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
Download 0.75 Mb.
|
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur ishimiz 33 sahifadan iborat, kompyuterda terilgan matnga ega bo‘lib, kirish, 2 bob, 6 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalarni o‘z ichiga oladi.
DAVLAT SUBSIDIYaLARI BUXGALTYeRLIK HISOB-KITOBI USLUBIYaTI 7. Korxona belgilangan talablarga mos ekanligiga va subsidiya olinishiga yetarlicha ishonch bo‘lmagunicha davlat yordami tan olinmaydi. Subsidiya olish o‘z-o‘zidan subsidiyalar byerish bilan bog‘liq shartlar bajarib bo‘lingan yoki bajariladi, degan ma’noni anglatmaydi. 8. Subsidiyalarni olish shakli uni hisobotlarda aks ettirish usuliga ta’sir qilmaydi. Masalan, subsidiya, u naqd shaklda olindimi yoki davlatga nisbatan majburiyatlarni kamaytirish shaklida olindimi, bundan qat’i nazar, hisobga olinadi. 9. Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan byerilayotgan davlat ssudasiga xo‘jalik sub’ekti ana shu shartlarni bajarishiga yetarlicha kafolat mavjud bo‘lgan taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi. 10. Davlat subsidiyalari ular bilan bog‘liq chiqimlarga kiritish uchun zarur bo‘lgan davrlar mobaynida ular qoplaydigan joriy opyeratsiyalar bo‘yicha muntazam asosda daromad deb hisoblanishi lozim. 11. Daromad (foyda) solig‘i va boshqa soliqlar daromaddan kelib chiqib hisoblanishini nazarda tutib, moliyaviy-budjet siyosatining davomi bo‘lmish davlat subsidiyalarini moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (q: «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti) ko‘rib chiqish zarur. 12. Davlat subsidiyalarining maqsadli mablag‘lar sifatida tan olinishi hisoblash usuliga ko‘ra amalga oshiriladi. Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi Hisobotda ular bilan bog‘liq chiqimlar (xarajatlar) bilan nisbatini belgilash uchun zarur bo‘lgan hisobot davrlari mobaynida daromadlar deb e’tirof etiladi. 13. Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar odatda ana shu aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va nisbatlarda daromad deb hisoblanadi. Muayyan shartlar va majburiyatlar bilan byerilgan amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar bilan bog‘liq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb e’tirof etiladi. 14. Qilingan xarajatlar yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi lozim bo‘lgan yoki xo‘jalik sub’ektiga, kelgusida u bilan hech qanday xarajatlarga bormagan holda, darhol moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ajratiladigan davlat subsidiyasi u olinishi kyerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, shuningdek favqulodda modda (q: «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti) sifatida e’tirof etiladi. 15. Davlat subsidiyasi xo‘jalik sub’ekti tomonidan avvalgi davrda qilingan xarajatlar yoki ko‘rilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. Bunday subsidiya u olinishi kyerak bo‘lgan davrda daromad sifatida, keyinchalik uning ta’sirini belgilash uchun ochish bilan favqulodda modda sifatida e’tirof etiladi. uchun materiallar, tayyor mahsulotlar chiqarildi: D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”. 2) Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning ko’rsatgan xizmatlari: D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”. 3) Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli bo’lgan umumishlab chiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi: D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” K 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”. 4) Kelgusi yilga obuna bo’yicha xarajatlar amalga oshirildi: D 3120 “Oldindan to’langan xizmat haqi” K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”. 5) Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga bo’lgan qarzlar: D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki K 7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”. 6) Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa to’lanadigan hisobvaraqlar: D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. 7) Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar hisobvaraqlariga o’tkazildi: D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar K 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling