Ijtimoiy-iqtisodiy prognozlash: funktsiyalar, tamoyillar va usullar


Download 100.03 Kb.
bet13/24
Sana05.04.2023
Hajmi100.03 Kb.
#1274917
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Ijtimoiy

Qayta tiklanuvchi energetika

Quyidagilarni nazarda tutadigan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish Strategiyasini ishlab chiqish:
qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishga jalb etilgan tuzilmalarning tashkiliy vakolatlari, roli va javobgarligini aniq belgilash;
qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirish moliyalashtirish mexanizmlari (mablag‘lar, imtiyozlar, imtiyozli qarzlar, kredit liniyalari);
qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi loyihalarni va loyiha ishlab chiquvchilarni tanlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash;
o‘zgaruvchan qayta tiklanuvchi energiyaga integratsiya qilish uchun tarmoqlar salohiyati va moslashuvchanligini oshirish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil noyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)
Birgalikda ijro etuvchilar:
“Energiya tejash milliy
kompaniyasi” AJ (Muratov),
“O‘zbekenergo” AJ (Mustafayev),
Davlat investitsiya qo‘mitasi (Vafayev),
Moliya vazirligi (Xaydarov)

2.11

Energiya sama�adorligi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi energiya samaradorligini yaxshilash Strategiyasini ishlab chiqish:
qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan imtiyoz va preferensiyalar berish, qayta tiklanuvchi manbalarni yanada rivojlantirish va ulardan hosil qilinadigan energiyadan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va rag‘batlantirish;
energiya sarfi yuqori bo‘lgan tarmoq va sohalarning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus tarmoq dasturlarini ishlab chiqish;
energiya samaradorligi standartlarini kengaytirish rejasini va markirovkalash dasturlarini ishlab chiqish;
energiya auditi va energiya auditorlari uchun akkreditatsiyalash/ sertifikatsiyalash me’yorlari va qoidalarini ishlab chiqish;
energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalarda ISO 50001 xalqaro standarti bo‘yicha energetika menejmenti tizimini joriy etish;
qayta tiklanadigan energiya obyektlari, jumladan quyosh va shamol energiya stansiyalari qurilishi uchun tariflarni belgilash va investorlarni tanlashning auksion usullarini joriy etish;
zamonaviy energiya resurslar bozorini shakllantirish, shuningdek energiya resurslari narxi siyosatini takomillashtirish, xususan blokli tariflash, auksion savdolari va boshqa mexanizmlarni joriy etish;
yangi energiya samarador biznes-modellar sifatida xususiy energoservis kompaniyalari (ESKO) va super-ESKOlarning energiya samaradorligiga ko‘maklashish uchun me’yoriy nizom va siyosatni ishlab chiqish.

Kengash kotibiyatiga kiritish:
2019-yil noyabr
Kengashda muhokama qilish:
2019-yil dekabr

Asosiy ijrochi:
Iqtiso�iyot vazirligi
(Xodjayev)
Birgalikda ijro etuvchilar:
“Energiya tejash milliy
kompaniyasi” AJ (Muratov),
Moliya vazirligi (Xaydarov),
“O‘zbekenergo” AJ (Mustafoyev),
“O‘zbekneftgaz” AJ (Ashrafxanov),
“O‘zstandart” agentligi (Sattarov)


Download 100.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling