Ijtimoiy-iqtisodiy tizimiar ijtimoiy-iqtisodiy izim belgilari
partnyorlik aloqalarini o‘matadilar. Davlat iqtisodiyotda faol
Download 42.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisod
partnyorlik aloqalarini o‘matadilar. Davlat iqtisodiyotda faol ishtirok etadi. Bular bozor tizimida sifatli o‘zgarish yuz berganini bildiradi. Bu bozor tizimi davr talabiga moslashib olganining va shu sababli barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligini oshirishga erishilganligining dalolatidir. 4.4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim bo‘lganidan hamma mamlakatlar shu yoidan boradi. Ammo bir yerda bu iqtisodiyot shakllanib ulgurgan va o‘zining yuqori darajasiga chiqqan bo‘lsa, boshqa yerda u endigina shakllana boshlagan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish umuminsoniy jarayon hisoblanadi, lekin bu har xil kechadi. Bu o‘tish jarayonining uch yo‘li mavjud: klassik yo‘l, mustamlaka va yarim mustamlaka tavsifidagi iqtisodiyotdan bozor iqgisodiyotiga o‘tish yo‘li, rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Bularning har birini ko‘rib chiqamiz: 1. Klassik yo‘l — bu yo‘ldan G ‘arbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Yaponiya kabi mamlakatlar borgan. Bu yo‘lda bozor munosabatlarining qaror topishi sekin-asta boradi va uzoq, deyarli 300 yil davom etgan (XVI—XIX asrlar). Bu tabiiy-tarixiy jarayon bo‘lgan. Tabiatda bo‘lgani kabi iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar o‘z holi- cha yuz bergan, uni tashqaridan turib tezlatish yoki sekinlashtirish yuz bermagan. Bozorga o‘tish evolutsion (sekin-asta) va ko'p bosqichli taraqqiyot shakliga kirgan, bunda davlat faol ishtirok etmagan. Bozor iqtisodiyotiga xos belgilar an’anaviy iqtisodiyot bag‘rida paydo bo‘ladi va kengayib boradi. Dastlab, mayda tovar xo‘jaligi paydo bo‘ladi, so‘ngra u qo‘l mehnatiga tayangan, ammo yirik xo‘jalikka aylanadi, nihoyat mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o‘tiladi. Dastlab, an’anaviy tizimdan asov bozor iqtisodiyotiga, so‘ngra esa sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga kirib boriladi. 2. Mustamlakachilikdan ozod boMgan mamlakatlar yo‘li — bu yo‘ldan XX asming 60-yillaridan boshlab ko‘pchilik, ozod bo‘lgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari borgan. Bu yo‘lning muhim belgisi birinchidan, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga jadal o‘tilishi, ikkinchidan, mustamlakachilik davrida yaratilgan xorij sektori tusidagi bozor munosabatlaridan milliy- lashgan sektordagi, mustaqil tusdagi bozor munosabatlariga o‘ti- lishidir. Agar ilgarilari bozor aloqalari qaramlik sharoitida keehsa, so’ngra milliy mustaqillik sharoitida yuz beradi, ya’ni ular horijiy manfaatiga emas, balki milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Bu yerda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo‘jalik turlarining transforma- tsiyasi orqali yuz beradi. Birinchidan, azaliy natural xo‘jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo‘jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o‘sib chiqadi; ikkinchidan, kam rivojlangan, lekin real mavjud yirik xo‘jalik bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutadi; uchinchidan, xorijiy kapital yaratgan xo‘jalik, ya’ni ishlab chiqa- rishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti rivoj topadi. Bu yo‘lning muhim belgisi shuki, bu yerda bozor munosabatlarining rivojiga xos bosqiclilaming hammasidan o‘tilmaydi, ulaming ayrim- lari chetda qoldiriladi. Bu yerda qo‘l mehnatiga asoslangan, lekin yollanma mehnatni taqozo etuvchi ishlab chiqarish bosqichini chetlab, yirik mashinalashgan va bozomi mo‘ljallagan ishlab chi- qarishga o‘tiladi. Bozor munosabatlari iqtisodiy qoloqlik vaziyatida tashkil topadi, shu boisdan ulaming vujudga kelishida chet el yordami muhim o‘rin tutadi, chet elda to‘plangan tarixiy tajribadan foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini tezlashtiradi. Chet el yordami va tajribasi bozor iqtisodiyoti tomon yo‘lning nisbatan kam mashaqqatli va qisqa bo‘lishini ta’minlaydi. 3. Totalitar rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Bu bozor iqtisodiyotiga o‘tishning eng so‘nggi yo‘li bo‘hb, bu yo‘ldan sobiq sotsialistik mamlakatlar va respublikalar (bular 32 ta davlat) boradi, ular yosh mustaqil davlatlami tashkil etadi. Bu yo‘l rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo‘lidir, bu bilan u boshqa yo‘llardan farqlanadi. Bunda ilgari zo‘rlik bilan tugatilgan bozor iqtisodiyotiga qaytadan o‘tiladi. Bu yo‘lda rejali tizimdan merosga qolgan moddiy bazaga va tugatilib ulgurilmagan bozor aloqalariga, boshqa mamlakatlar to‘plagan tarixiy tajribaga tayaniladi. Bozor va rejali tizim tabiatan har xil bolganidan rejali tizim bag‘rida bozor munosabatlari qisman yashirin saqlansada, ular yangidan hosil bolmaydi. Shu sababh rejali tizimni tugatish orqali bozor iqtisodiyoti shakllanadi. Bunga bozor islohotlari orqali, davlatning bevosita ishtiroki bilan erishiladi. Bozor islohotlari xalq ishtirokida, lekin davlat tomonidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlaming amalga oshirilishidir. Islohotlardan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning konsepsiyasi, ya’ni nazariy modeli yaratiladi. Shu konsepsiyada yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi. Konsepsiyaga tayangan holda bozor islo hotini ta’minlovchi yuridik qonunlar majmuasi yaratilib, ular hayotga joriy etiladi. Islohotlar kompleks xarakterda boMadi, ular iqtisodiyotning hamma sohalarida o‘tkaziladi, bir soha isloh etilib, boshqasi eskichasiga qolsa, bozor munosabatlari shakllana olmaydi, binobarin, islohotlar samarali bo‘lmaydi. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotining har bir bo‘linmasi yoki unsuri boshqasi bilan bog‘langan, biri bo‘lmasa boshqasi amal qila olmaydi. Bu tizim minglab firmalar, xo‘jaliklar, millionlab kishilar faoliyatining uzviy bog‘lanishini bildiradi. Iqtisodiyotdagi yaxlitlikning o‘zi unga taalluqli islohotlami xalq xo‘jaligining hamma jabhalarida o‘tkazi- lishini talab qiladi. Bas shunday ekan, islohotlar chala-chulpa, yarim yo‘lda qoladigan bo‘lishi mumkin emas. Islohotlar kundalik joriy iqtisodiy muammolami yechish bilan cheklanib qolmay, strategik ya’ni uzoq istiqboldagi maqsadlarni mo‘ljallaydi. Ulaming pirovard maqsadi erkin demokratik iqtisodiyotni yara- tish va unga tayangan holda xalqqa yaxshi turmush sharoitini yaratib berishdir. Bozor islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy (sotsial) islohotlar tashkil etadi. Ulaming birgalikda o‘tkazilishi rejali tizimdan bozor munosabatlariga o'tishni ta’minlaydi. Bu o‘tish jarayoni eng so‘nggi bo‘lsada, qisqa vaqt davom etadi. Bozor islohotlari yo‘liga kirgan mamlakatlaming bir qismi 10 yil deganda bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlar statusi (maqomi)ga ega bo‘ldilar. Boshqalari bunga keyinroq erishadilar. Bozor iqtiso- diyotiga o‘tishning « 0 ‘zbek modeli» mavjud bo‘lib, jahon tajribasi, 0 ‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi taraqqiyot yo‘lidir. Prezident I.Karimov so‘zi bilan ayt- ganda: « 0 ‘zbek modeli» respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, iqtisodiyotni biryoqlama beso‘naqay ri- vojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi».4 Bizning model Prezident asoslab bergan 5 tamoyil qoidasiga tayanadi. Bu tamoyillar quyidagicha: 1. Iqtisodiyotning ustuvorligini ta’minlash. 2. Davlat bosh islohotchi bo‘lishi. 3. Qonunlar va ularga rioya etishning ustuvorligiga erishish. 4. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish. 5. Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, ijtimoiy larzalarsiz va bos- qichma-bosqich o‘tish.5 Bozor islohotlari 0 ‘zbekistonda shu tamoyillarga amal qilgan holda o‘tkazildiki, bular mulkiy, infratuzilma, agrar, tarkibiy, mo- liya-kredit va narxlar islohoti bo‘ldi. Islohotlar tufayli bozor tizimiga asos solindi, iqtisodiyot bozor qonun-qoidalari asosida rivojlana bordi. « 0 ‘zbek modeli» hayot sinovidan o‘tgan va o‘zini oqlagan model hisoblanadi, chunki «Bu yurtimizning deyarli barclia jab- halarida o‘z tasdig'ini va isbotini topgan ko‘pchilik tomonidan tan olingan haqiqatdir».6 4.5. Bozor tizimining transformatsiyasi Bozor iqtisodiyoti abadul-abad o‘zgarmasdan bir yerda qotib qoladigan iqtisodiyot emas. Unga ichki rivojlanish xos bo‘ladi. Hayot taqozosi bilan u ham transformatsiyalashadi, ya’ni uning quyi, kam rivojlangan bosqichidan yuksak rivojlangan bosqichiga o‘tiladi. Dastlab, bozor iqtisodiyoti asov iqtisodiyot sifatida yuzaga kelsa, so‘ngra u ancha mukammallashgan, sivilizatsiyalashgan, insonparvar iqtisodiyotga aylanadi. Bu uning transformatsiyasidir. Asov bozor iqtisodiyotida individual xususiy mulk ustuvor bo‘ladi, mulk ozchilik boylar qo‘lida to‘planadi. Iqtisodiyot tartibsiz ravishda, kuchli larzalarga duch kelish orqali rivojlanadi, chuqur, hatto halokatli iqtisodiy krizislar yuz beradi. Jamiyat qutblashadi, bir tomonda g‘oyat katta daromadi bor boylar bo'Isa, qarama-qarshi tomonda ko‘pchilikdan iborat kambag‘allar va hatto qashshoqlar turadi. Qutblashuv ijtimoiy nizolarni va hatto to‘qnashuvlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tez-tez takrorlanib turadi. Aytilgan belgilari bor asov bozor tizimi Yevropada XVIII asming oxirlarida yuzaga kelib, XX asming o‘rtalariga qadar saqlangan. XX asming 2-yarmidan e’tiboran asov bozor iqtisodiyotining sivilizatsiyalashgan insonparvar iqtisodiyoti, tabiatan aralash iqtisodiyotga aylanishi yuz berdi. Buni bozor iqtisodiyotining hozirchalik eng mukammal modeli, deb aytish mumkin. Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, qo‘l mehnatiga o‘rin qolmaydi, g‘oyat unumli mashi- nalar ishlatiladi, resurslar tejalib, moddiy to‘kinlik ta’minlanadi. Ishlab chiqarish mutlaqo yangi ilmtalab texnologiyani qoilaydi. Bu ish kuchi sifatiga bo‘lgan talabni mislsiz oshiradi. Natijada malakali mehnat ham cheklangan resursga aylanadi, shu sababli mehnatning malakali turlarini tanlash imkoni tug‘iladi. Ish kuchini tayyorlash sarfi oshadi. XXI asr bo‘sag‘asida AQShda bitta bolani o‘stirib, o'qitib va kasb o'rgatish sarfi (18—20 yoshga qadar) 400 ming dollarga borib qoladi. Agar bozor tizimining ilk bosqichida oddiy ish kuchi talab qilinsa va u keragidan ortiqcha bo‘lsa, aralash iqtiso- diyotda o‘ta malakali ish kuchi kerak bo‘ladi va u noyob resursga aylanadi. Shuning uchun yaratilgan daromadlaming talaygina qismini (60—80 %) ish haqi tashkil etadi. Buning uddasidan chiqqan korxonalar va sohalar noyob resursga ega bo‘ladilar va raqobatda yutib chiqadilar. Aralash iqtisodiyotda mayda biznes rivojlanadi, bu kishilarni yollanib ishlamasdan o‘zi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga imkon beradi. Bunda bo£sh pul kapitalining ko‘pligi va uni arzonga olib ishlatish mumkinligi, minitexnologiyaning borligi qo£l keladi. Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki. Ammo birinchi va ikkinchi mulk shakli asosida xalq korxonalari tashkil topadi, ular ishlab chiqaruvchi- laming o‘ziga qarashli fermer xo‘jaliklari, firmalar va kompa- niyalardan iborat bo‘ladi. Korxonalarni ishchi-xizmatchilar jamoasi va kasaba uyushmalari tomonidan sotib olish yuz beradi. Xalq korxonalarida ishlab chiqaruvchilar ayni bir vaqtda mulk egasi ham boMishadi, shunday korxonalarda o‘z manfaati, o ‘z farovonligi uchun ishlash yuz beradi. Mulk monopoliyasining yo‘qligi yoki uning qattiq cheklanganligi o‘z navbatida ish kuchini yollash monopoliyasini ham yo‘qqa chiqaradi. Ish kuchini jalb etish uchun raqobat ketgan sharoitda ishlab chiqarishdan kelgan daromadni ishchilaming me'inatiga va mulkiga qarab taqsimlash yuz beradi. Yuksak malakali va yuksak saviyasi ishchilar xalq korxonasi jamoasi- ning o‘zagi hisoblanadiki, ulaming unumli mehnatisiz raqobatda yengib chiqish mumkin emas. Malakali ishchilar qo‘nimli va ulaming salmogfi katta korxonalarda odatda, foyda ham yuqori bo‘ladi. Aralash iqtisodiyotda har xil mulkchilikka oid korxonalar ish haqini oshirish vositasida malakali ish kuchi uchun raqobat- lashganda yuqori samara bilan ishlagan korxonalargina bunga bar- dosh bera oladi, chunki faqat ular yuqori ish haqini ta’minlab, yaxshi foyda ham ko‘radilar. Buning ildizida samarali yuksak industrial ishlab chiqarish yotadi. Aralash iqtisodiyotda turli mulk egalarining manfaatlari raqobat orqali muvozanatga kelishi lozim, bunga daromadni ishlab chi qarishning o‘zida uning ishtirokchilari tomonidan o‘zlashtirilishi orqali erishiladi. Bu yerda daromadlami o‘zlashtirish uni yaratishda qatnashgan omillar egasining qo‘shgan hissasiga qarab yuz beradi. Aralash iqtisodiyot manfaatlami sog‘lom raqobat orqali uyg‘un- lashtirganidan bu ichki mexanizm yuksak samaradorlikni ta’min- laydi. Mana shu yuksak misli ko‘rilmagan samaradorlik aralash iqtisodiyotning tub belgisidir. Ammo umumjamiyat miqyosida samaradorlik yuksak bo‘lgani holda, ayrim tarmoqlar va korxonalar doirasida u tafovutlanadi. Ayrim ishlab chiqarish bo‘g‘inidagi samaradorlik o‘rtacha samaradorlikdan yuqori bo‘lganda boshqa- lamikidan ortiqcha daromad olinadi. Aralash iqtisodiyot o‘zining o‘tmishdoshidan farqliroq, man- faatlar to‘qnashuvi o‘miga manfaatlarning muvozanatlashuvini keltirib chiqaradi. Buni birinchidan, mulk shakllarining xilma-xi- lligi, ikkinchidan, moddiy omildan inson omilining ustunligi, uchinchidan, ishlab chiqaruvchilarning o'zlari mulk egasiga aylanib, mulkdor sifatida daromadning bir qismini o‘zlashtirislilarni ta’- minlaydi. Aralash iqtisodiyot insoniy bo‘lganidan ishlab chiqa- rishning xalq iste’molini bevosita qondiruvchi sohalari ustuvor rivoj topadi. Daromadning asosiy qismi fuqarolar ixtiyoriga o‘tib, ulaming ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Aholi daromadi uning iste’molidan tobora ko‘proq ortib qolib, milliy boylikka aylanadi. Shu boisdan aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol-mulki hissasining ortib borishidir. Buni aholini jam- g‘arishda faol ishtirok etishi ta’minlaydi. Aralash iqtisodiyotda jamg‘arishning yana bir ustuvor shakli — bu inson omilida bilim, malaka va mahoratning jamlanishidir, chunki malakali mehnatning qadr-qiymati yuqoriligidan aql-idrokli bo‘lish har taraflama qulay bo‘ladi. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotidan o‘sib chiqadi, lekin u bilan cheklanmaydi. Aralash iqtisodiyotda bozorga xos muno- sabatlar bilan birgalikda unga tabiatan xos bo‘lmagan munosabatlar ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bu yerda nafaqat bozorga xos raqobat, balki manfaatlar muvozanatlashuvi ham mavjud. Foyda ketidan quvish bozor iqtisodiyotiga xos narsa, ammo aralash iqtisodiyot sharoitida bunga erishish uchun umumiy farovonlikka hissa qo‘shish shart. Bu yerda o‘ziga to‘q, daromadi o‘rtacha aholi ko‘pchilikni tashkil etadi. Aralash tizimda ijtimoiy davlat mavjud. U aholi turmushini yaxshilashda ishtirok etadi. U bepul ta’limni, tibbiy yordamni ta’minlaydi, aholining muhtoj qatlamlariga moliyaviy yordam berib, ularni kambag‘allikdan himoya qiladi. Davlat ijtimoiy muammo- lami o‘z holiga tashlab qo‘ymay, ularni hal etishda faol qatnashadi. Bu bilan ommaviy farovonlikka erishiladi. Aralash iqtisodiyot — bu bozor iqtisodiyotining insoniylashgan, ijtimoiy adolat qoidalari qaror topgan shaklidir, u tabiatan bozor iqtisodiyoti bo‘lsada, o ‘tmishdagi, masalan, XIX asrdagi iqtisodi- yotdan jiddiy farqlanadi. Aralash iqtisodiyot sari transforma- tsiyaniug borligi hozirgi o‘tish davrini keng talqin etishni talab qiladi. Bu davr nafaqat bozor tizimiga o‘tishni, aniqrog‘i qaytishni, balki aralash iqtisodiyot tomon borishni ham bildiradi, deb aytish mumkin. Shu sababli bozor islohotlari u shakllanib ulgurgan va rivojlangan yerda ham o‘tkaziladi, iqtisodiyotning liberallik, ya’ni erkinlik darajasini oshirishga qaratiladi. Erkinlik — bu xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik, savdo, pul muomalasi, pul kiritish (investitsiya), moliyalashtirish erkinhgi va nihoyat korrupsiya (poraxo‘rlik)dan ozod bolish kabilar bilan tavsiflanadi. Shularga tayangan holda iqtisodiy erkinlikning yagona koeffitsiyenti baholanadi, uning qiymati 0-100 ball oralig‘ida bo‘ladi. Mazkur koeffitsiyent iqtisodiy erkinlik reytingi vazifasini o‘taydi. U yo‘q yerda koeffitsiyent 0 ga teng, u mutlaq yuqori yerda 100 ballga teng bo‘ladi. Erkinlik jihatidan dunyo mamlakatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) Iqtisodiyoti erkin mamlakatlar — 80-100 ball; 2) Erkin iqtisodiyot ustuvor mamlakatlar — 70-80 ball; 3) Iqtisodiyot erkinhgi unchalik kuchli bo‘lmagan mamlakatlar - 60-70 ball; 4) Iqtisodiyoti ustuvor ravishda noerkin mamlakatlar — 50-60 ball; 5) Iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan mamlakatlar — 50 ball va undan kam. Yer yuzida iqtisodiyoti qandayligi noma’lum davlatlar ham bor. Bugungi kunda dunyoda erkinlik darajasi past yoki umuman yo‘q mamlakatlar 100 tadan ortiq. Bu iqtisodiy islohotlaming davom etishi zarurligini bildiradi. 1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim baholanganda moddiy, ijtimoiy-iq- tisodiy va g‘oyaviy-siyosiy belgilar asos qilib olinadi. Bularga resurslar va yaratilgan mahsulotlaming xarakteri, mulkchilik shakllari, iqtisodiy mexanizmning qandayligi, qanday g‘oyalar va siyosatning ustuvorligi kabilar kiradi. 2. Jamiyat taraqqiyotida uchta ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, bular an’anaviy tizim, bozor tizimi va rejali tizimdir. Bular o‘zining tub belgilari bilan bir-biridan farqlanadi. Hozirgi dunyoda bozor tizimi umumbashariy tizim hisoblanadi. 3. Tizimlar taraqqiyoti ikki xil kechadi. Birinchidan, rivojlanish salohiyatini tugallagan tizim yangi istiqbolli, salohiyati yuksak tizim bilan almashadi. Ikkinchidan, mavjud, o‘z salohiyatini saqlagan tizimda yangi iqtisodiyot tomon transformatsiya yuz beradi. Hozir bu bozor iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarda aralash iqtisodiyot sari transformatsiyasidan iborat. 4. Bozor iqtisodiyoti afzalligi tufayli unga o‘tish zaruratga aylanadi. Bunday o‘tish uch yo‘l bilan yuz beradi: a) klassik yo‘l; b) mustamlaka iqtisodiyotidan milliy bozor iqtisodiyotiga o‘tish; v) rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Hozir uchinchi yo‘l amal qiladi, bu eng keyingi yo‘l bo‘lib, mohiyatan ilgari rivojlanishi zo‘rlik (revolutsiya) yo‘li bilan to‘xtatib qo‘yilgan bozor iqtisodiyotiga yangidan qaytish yo‘lidir. Bu yo‘ldan borilganda davlatning faol ishtirokida o‘tkaziladigan bozor islohotlari tufayli rejali tizim o‘miga bozor tizimi keladi. 0 ‘zbekistonning bozor tizimiga o‘tishi uchinchi yo‘l doirasida, lekin « 0 ‘zbek modeli»ga binoan yuz berdi. 5. Rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotining ichki rivojlanishi yuz berib, u o‘z taraqqiyotining yangi — aralash iqtisodiyot bosqichiga chiqishi bilan tavsiflanadi. Aralash iqtisodiyot yangi iqtisodiyot bo‘lib, XIX asrdagi klassik bozor iqtisodiyotidan jiddiy farqlanadi. Download 42.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling