4-rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xoʻjaligining iqtisodiy jihatdan
samarasiz boʻlgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol oʻynaydigan
ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablagʻ bilan ta’minlash vazifalarini
oʻz zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa
shakllariga aylantirish uchun kerak boʻlgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |