Ijtimoiy-iqtisodiy


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#218650
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI

Koʻrsatkichlar 

1995 

1996 

1997 

1998 

1999 

2000 

2001 

2002 

2003 

2004 

Xususiylashtirilgan 

korxonalar 

soni, 


birlik 

8537 


1915 

1231 


451 

448 


374 

1449 


1912 

1519 


1228 

Xususiylashtirish 

natijasida 

tashkil 


etilgan 

nodavlat 

mulkidagi 

korxonalar soni 

8537 

1915 


899 

266 


373 

372 


1238 

1800 


1452 

1228 


Aktsiyadorlik 

jamiyatlari 

1026 

1257 


456 

110 


141 

152 


227 

223 


75 

28 


Xususiy korxonalar 

6036 


420 

260 


103 

156 


103 

827 


1252 

981 


1038 

Boshqa 


shakldagi 

korxonalar 

1475 

238 


183 

53 


76 

117 


184 

325 


396 

162 


Xususiylashtirishdan 

tushgan 


mablagʻ, 

mlrd. soʻm 

2,4 

5,3 


4,4 

8,9 


9,1 

14,3 


23,2 

43,6 


56,1 

78,4 


 

                                                

5

  Валижонов  А.Р.  Особенности  современного  этапа  разгосударствления  и  приватизации.  – 



Восемнадцатые  Международные  Плехановские  чтения  «Реформирование  и  модернизация 

национальной  экономики  –  стратегический  курс  на  демократизацию  и  обновление  общества»: 

Тезисы докладов профессорско-преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 

2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 




Respublikada 

xususiylashtirishning 

adresli 

yoʻnaltirilganligi 

uning 

navbatdagi 



xususiyatidir.  Bu  aholining  barcha  qatlamlariga  mazkur  jarayonda  aniqroq  va  natijaliroq 

qatnashishi  imkonini  beradi.  Xususiylashtirishning  adresli  yoʻnaltirilganligi  uy-joylarning  oʻz 

egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining koʻproq muhtoj va zaif qatlamlarini qoʻllab-

quvvatlashning  turli  xil  dasturlari  budjet  mablagʻlari  hisobiga  qoplanishida,  qishloq  aholisi  oʻz 

yordamchi xoʻjaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 

Oʻzbekistonda  xususiylashtirishning  toʻlovliligi  uning  navbatdagi  muhim  xususiyatidir. 

Pulni toʻlash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul 

taqsimlash bilan bogʻliq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish 

imkoniyati  yaratiladi.  Bulardan  asosiysi  avvalo  tadbirkorlikni,  xususiylashtirilgan  korxonalarni 

davlat  tomonidan  qoʻllab-quvvatlashning  moliyaviy  manbalari  paydo  boʻladi,  bozor 

infrastrukturasini  barpo  etish  uchun  resurslar  vujudga  keladi  va  aholini  ijtimoiy  muhofazalash 

dasturini roʻyobga chiqarish uchun mablagʻlar jamlanadi. 

Davlat  mol-mulkini  yangi  mulkdorlarga  sotish  yoʻli  orqali  ularning  mulkchilikning 

boshqa  shakllariga  aylantirilishi  bilan  birga  xususiylashtirishdan  olinadigan  mablagʻlar  shu 

korxonaning oʻzini  qoʻllab-quvvatlashga,  yangi  raqobatlashuvchi  korxonalar  barpo  etishga  ham 

sarflanadi. 

Navbatdagi  muhim  xususiyat  –  respublikada  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish 

chogʻida  aholi  uchun  kuchli  ijtimoiy  kafolatlar  yaratildi  va  ta’minlandi.  Ijtimoiy  kafolatlar  bir 

butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga 

aktsiyalarni  imtiyozli  shartlar  bilan  sotish,  yangi  mulkdorga  eskirgan  asosiy  fondlar  hamda 

ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, 

bogʻlar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq toʻlashda ayrim 

imtiyozlar berish kabilardir. 

Respublikada  davlat  mulkini  xususiylashtirishning  oʻziga  xos  boshqa  jihatlari 

Oʻzbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  bayon  qilingan 

iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: 

a)  davlat  mulkini  xususiylashtirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning 

ichki mantiqiga boʻysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 

v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. 

Respublikamizda  xususiylashtirish  boʻyicha  qoʻyilgan  vazifa,  davlat  sektori  bozor 

sharoitida  ham  sezilarli  rol  oʻynashi  inkor  qilmaydi.  CHunki  iqtisodiyotning  davlat  korxonalari 

saqlanib  qolishi  kerak  boʻlgan  sohalar  ham  mavjud.  Bunday  korxonalar  uchun  ularning  bozor 

sharoitlariga  tarkiban  moslashuviga  imkon  beradigan  xoʻjalik  yuritish  mexanizmini  ishlab 

chiqish talab qilinadi. 

 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling