mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yoʻl bilan hosil boʻladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qoʻliga olish;
2) davlat mablagʻlari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va
tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli boʻlgan, boʻlinmaydigan yoki umumiy
resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib
boʻlmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yoʻllar kabi iqtisodiy
tuzilmaning kattagina qismini koʻrsatish mumkin.
Oʻzbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va
ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat boʻladi. Yer, yer osti boyliklari, suv,
havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika
xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar,
budjet mablagʻlari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki
hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari
mol-mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xoʻjaligi
korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari
kabilar mol-mulki boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |