Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz
egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida (7-modda), xususiy
mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan
iboratdir deb koʻrsatilgan. SHu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va
qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik
munosabatlarini ragʻbatlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona
daromad orttirishga intilish hissini tugʻdiradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq
xoʻjaligida uni qoʻllash foydali boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy
va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday
tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ
firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo boʻladi. Bu
mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi.
5. Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |