yoʻllari va usullari
Bozor munosabatlariga oʻtishning asosiy sharti koʻp ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda
asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Birirnchi Prezidenti I.A.
Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun
tadbirlar tizimining tamal toshi boʻlib xizmat qiladi»
2
deb alohida ta’kidlab koʻrsatadi. Uzoq
yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa
davlatlashtirilgan mulk toʻliq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki
deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari oʻrtasida bu mulkga
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi oʻtish davrida mulkchilikda davlat
sektorining salmogʻi ancha yuqori boʻlgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda ham
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi
2
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3., - T.: Oʻzbekiston, 1996, 202-b.
jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi
Qonunida (1991-yil 19-noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |