Ijtimoiy-iqtisodiy


Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#218650
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
3-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR VA MULKCHILIK MUNOSABATLARI

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 

korxonalariga,  aktsiyali  jamiyatlarga,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlarga,  davlatga 

qarashli mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 

Xususiylashtirish  –  fuqarolarning  va  davlatga  taalluqli  boʻlmagan  yuridik 

shaxslarning  davlat  mulki  ob’ektlarini  yoki  davlat  aktsiyali  jamiyatlarining  aktsiyalarini 

davlatdan sotib olishidir.

3

 

Bundan  koʻrinadiki,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  xususiylashtirishga  qaraganda 

ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 

shaxslarga  oʻtishidir.  Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  xususiylashtirishdan  tashqari,  bu 

mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham koʻzda tutadi. U bir 

qator  yoʻllar  bilan  amalga  oshiriladi:  davlat  korxonalarini  hissadorlik  jamiyatiga  aylantirish, 

davlat  korxonasini  sotib,  uni  jamoa  mulkiga  aylantirish;  mulkni  qiymatga  qarab  chiqarilgan 

cheklar  (vaucher)  boʻyicha  fuqarolarga  bepul  berish;  mulkni  ayrim  tadbirkor  va  ish 

boshqaruvchilarga  sotish;  ayrim  davlat  korxonalarini  chet  el  firma  va  fuqarolariga  sotish  yoki 

qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.  

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman boʻlib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 

1)  davlat  mulkini  bepul  boʻlib  berish  orqali  xususiylashtirish;  2)  davlat  mulkini  sotish  orqali 

xususiylashtirish;  3)  davlat  mulkini  bepul  boʻlib  berish  hamda  sotishni  uygʻunlashtirish  orqali 

xususiylashtirish (4-rasm). 

Mamlakatimizda  amalga  oshirilgan  xususiylashtirish  jarayonining  oʻziga  xos  jihati –  bu 

uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-rasm). 

Oʻzbekistonda  iqtisodiy  islohotlarning  birinchi  bosqichidayoq  mulkchilikning  hamma 

shakllari teng huquqli ekanligi konstituttsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini 

tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga koʻp ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish 

vazifasi  qoʻyildi.  Avvalo  mulkchilikning  turli  xil  shakllari  qaror  topishi  uchun  teng  huquqiy 

normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi

Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning 



muhim  xususiyati  -  uni  dasturlar  asosida  bosqichma-bosqich  amalga  oshirishdan  iborat.  1992-

1993  yillar  xususiylashtirishning  birinchi  bosqichini  oʻz  ichiga  olib,  bu  bosqichda 

xususiylashtirish  jarayoni  umumiy  uy-joy  fondini,  savdo,  mahalliy  sanoat,  xizmat  koʻrsatish 

korxonalarini  hamda qishloq  xoʻjalik  mahsulotlarini qayta  ishlash tizimini  qamrab oldi. Yengil, 

mahalliy  sanoatga,  transport  va  qurilishga,  boshqa  tarmoqlarga  qarashli  ayrim  oʻrta  va  yirik 

korxonalar  keyinchalik  sotib  olinish  huquqi  bilan  koʻproq  ijra  korxonalariga,  jamoa 

korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi 

davlat ixtiyorida saqlab qolindi. 

 

                                                



3

  Oʻzbekiston  Respublikasining  Qonuni.  Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

toʻgʻrisida/Oʻzbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar. – T.: Oʻzbekiston, 1992, 65-b. 

4

 Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari (1994-y. 21-yanvar) va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 



va  xususiylashtirish  jarayonini  yanada  rivojlantirishning  ustuvor  yoʻnalishlari  toʻgʻrisidagi  (1994-yil  16-mart) 

farmonlar. 




 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling