Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim oʻziga xos belgilarini ajratib koʻrsating. Bir
ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida mulohaza bildiring.
3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab koʻrsating. Fan-texnika
taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday? Ishlab chiqarish texnologik
usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?
4. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab koʻrsating.
5. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy
mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib koʻrsating.
6. Mulk sub’ektlarining koʻp darajali boʻlishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining
farqlanishi asosida nima yotadi?
7. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi?
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda
obyektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.
8. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga
qanday omillar ta’sir koʻrsatadi?