vujudga keladigan munosabatlardir. Ular takror ishlab chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy
munosabatlar deb ham ataladi.
Ishlab
chiqaruvchi
kuchlar
rivojining
muayyan
darajasi
ishlab
chiqarish
munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. Muayyan taraqqiyot darajasidagi ishlab
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va oʻzaro
ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina oʻzaro aloqada
boʻlib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish
munosabatlarining ushbu tizimiga xos boʻlgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy,
oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad koʻtaradi. Ana
shularning yigʻindisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va
ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol oʻynaydi, oʻzlarini vujudga keltirgan ishlab
chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks
ta’sir koʻrsatadi.
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani
tashkil etadi (1-rasm).
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari
mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham,
Shuningdek ustqurma bilan ham har doim oʻzaro ta’sirda boʻladi. Ikkinchidan, turli
formatsiyalarda oʻziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir
formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |