«Ijtimoiy iqtisodiyot» fakulteti «Iqtisodiyot» kafedrasi Mavzu: «tadbirkorlik faoliyati, uninig asosiy belgilari va tadbirkorlik faoliyati shakllari» kurs ishi


Tadbirkorlik faoliyati subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish


Download 33.13 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi33.13 Kb.
#1128961
1   2
Bog'liq
Рахимов И

Tadbirkorlik faoliyati subʼektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jismoniy shaxs ariza bergan paytdan boshlab uch kunlik muddatdan kechikmay amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaxs ro‘yxatdan o‘tkazilganlik yig‘imini to‘laganligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etganidan so‘ng unga arizada ko‘rsatilgan muddatda yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik yig‘imi bank muassasalari yoki aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi boshqa kredit tashkilotlari orqali to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik yig‘imi stavkasining eng yuqori miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanali.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik yig‘imi miqdorlari va uni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, bunday qarorni qabul qilgan organ jismoniy shaxsni bu haqda uch kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlarida hisobga turishi shart. Ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi hisobga qo‘yish uchun asosdir.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subʼekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga hakli emas.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subʼekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek, mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararni o‘rnini qoplaydilar va maʼnaviy zarar uchun tovon to‘laydilar.
Navbatda qo‘shma tadbirkorlikni tashkil etish masalalari bilan atroflicha tanishamiz.
Tadbirkorlikning tashkiliy huquqiy shakllaridan biri qo‘shma korxona xisoblanadi. Qo‘shma korxonalarning yuzaga kelishi — bu, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllanishining bir usulidir. U xo‘jalik yuritishning yangi usullarini joriy etadi va takror ishlab chiqarishni baynalminallashuvini taʼminlaydi.
Qo‘shma korxonalar xo‘jalik faoliyatiga yangi fazilatlarni olib kiradi. Korxona va tashkiloglarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi O‘zbekiston hududida chet el tadbirkorlariga sharoit yaratadi, mamlakat hududida va tashqarida shu jumladan chet el investitsiyasini jalb etadi.
Qo‘shma korxonalar aralash mulkchilikning ko‘rinishi hisoblanadi, bunda davlat, jamoa va xususiy mulk umumlashgan. Korxonaning o‘zi bir necha davlatlarning taʼsischilari shartnomalari asosida shakllanadi. Bu yerda taʼsischilar davlat korxonalari va tashkilotlari, jamoa xo‘jaliklari, hissadorlik jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim fuqarolar (jismoniy shaxslar) xam taʼsischi bo‘lish huqukiga egadirlar.
Hozirda mashina va qurilmalar uchun chet ellarda kredit olish amaliyoti bizning Respublikamiz iqtisodiyotini noxush holatdan olib chiqishga imkon bera olmadi. Katta mikdorda pul bo‘lishiga qaramasdan, ishlab chiqarishni rivojlantirish sanoat mollarini sotib olish tobora qiyinlashib bormokda.
Bu esa, iqtisodiyotni tubdan qayta qurish, mamlakatlarni xalqaro savdo aylanmasiga iloji boricha tez kirib borishini talab etadi. Shu vaqtga qadar xalqaro savdo tovar almashuvi va isteʼmol tovarlari uchun kreditlar olish tartibida keng qo‘llanilib kelgan. Jaxon iqtisodiyoti amaliyoti tasdiqlaydiki, samarali garchand murakkab usul bo‘lsada unumli kapitalni import qilish, yaʼni to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya tariqasida. Bunda import qiluvchi mamlakatga hech qanday foiz to‘lanmaydi, bundan tashqari chet el investorlaridan soliq, (arenda va boshka to‘lovalar) ko‘rinishida daromad oladi. Buning yana asosiysi, o‘sha chet elda o‘z korxonasi tashkil attilayotgan korxona barcha ishlab chiqarish jarayonini o‘zi yaratadi, mahsulot ishlab chiqarishdan tortib to sotishga qadar bo‘lgan.
Davlatni rivojlantirishni jadallashtiradi. Bunday iqtisodiy aloqalar uchta asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi:
- to‘lov valyuta balansini turg‘unlashtirish va mamlakat valyuta holatini normallashtirish.
- Isteʼmol tovarlari bozorini turg‘unlashtirish va ishlab chiqarish samarasini amalga oshirish.
Bundan tashqari, bozor infrastrukturasini shakllantirishda texnik konsultativ va moliyaviy hamkorlikning zarurligi. Mulk shaklidan qatiy nazar barcha qatnashchilarga investitsiya loyihasini to‘lig‘icha yoki qisman moliyalashtirish taklif etiladi. Sharoitdan kelib chiqib, mablag‘ davlat yoki boshqa sektorlarga qayta taqsimlanadi.
Qo‘shma korxonalarning ahamiyatli tomoni - olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish uzoq muddatga aloqador hisoblanadn.
Bizning respublikamizda kichik tadbirkorlikning amalga oshirilishi bir qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lib u pulning konvertatsiyasidir. G‘arb firmalarini o‘z olgan daromadlarini konvertatsiya qilish harakatlari ko‘p vaqt har xil to‘siqlarga uchraydi, chunki ularning ishlab chiqarilgan mahsulotlari asosan ichki bozorga mo‘ljallangan, uni chet el pullarida sotilishi mumkin emas.
Hozirgi kunda chet el investitsiyalarini jalb etish to‘g‘risidagi qonunga asosan investitsiya quyidagi ko‘rinishida jalb etilmokda:
- korxonalarni hissasi bo‘yicha ishtirok etish.
- mulk, aksiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi.
- Mahalliy fuqarolar bilan birgalikda yoki mustaqil yerlarni sotib olish va boshqalar.
Shuni ham bilish kerakki, chet el investorlari kichik koronalarning barcha formalarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin. Shu jumlalan 100% chet el kapitali asosida chet el investitsillari respublikamiz hududida to‘lig‘icha himoya qilinadi, ularning tartibi bizning korxonalar tartibiga mos kelishi va qulay bo‘lishi shart.
Nizom fondi va tashkilotchilar kapitali qatnashuvchilar jamg‘armasi asosida tashkil etiladi. Nizom fondi korxona ishlab chiqarish kuvvatidan kelib chiqadi. Foyda ko‘shgan hissasiga mos ravishda taqsimlanadi. Nizom fondi yer uchastkasi, imorat, inshoot, xar xil kommunikatsiyalar, tabiiy manbalar kabi material ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Nizom fondining kiymati - bu asosiy va aylanma kapitali hisoblanada.
Chet el sarmoyalarining nizom fondidagi asosi cheg el valyutasida jahon bozori baholari aslida maxalliy katnashchining nizom fondi kelishuv asosida bo‘lishi mumkin. Chet ellik qatnashchining nizom fondi davlat bankining tijorat kursi bo‘yicha shartnoma imzolanayottan davrga xisoblanadi.
Oldindan olib borilgan muzokaralar va takliflarning asosiy pozitsiyalari aniqlanadi va shartnomalarda rasmiylashtiriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, kichik korxonalar tashkil etishning asosiy hujjati hisoblanmaydi. Bu oldinda olib borilgan muzokaralar u bosqichda bo‘lg‘usi jabhada kelishib olinadi.
Qo‘shma korxona tashkil etilganini tasdiqlovchi hujjat maxalliy hokimiyat qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish hisoblanadi, Ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab yuridik xarakterga ega bo‘ladi.
Qo‘shma korxonalar tashkil yetishning muvaffaqqiyati ularni qiziquvchan hamkor topishiga bog‘liq. Bu yerda ko‘p narsa bankka bog‘liq bo‘ladi, u hamkorlikning imkoniyatlari haqida maʼlumot beradi.
Mamlakatimizda 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlash” yili deb atalishi qo‘shma tadbirkorlikni yanada rivojlanishi, yuksalishida yangi bosqich bo‘ldi.

1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son

Страница |



Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling