Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
III-БОБ бўйича хулоса
1. Ta‘kidlash lozimki, bozor infratuzilmasi aholi turmush darajasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Agar biror hududda bunday infratuzilma rivojlanmagan bo‘lsa, tadbirkorlik ham rivojlanmaydi, aholining turmush darajasi ham oshmaydi. Demak, har bir hududda bozor infratuzilmasini rivojlantirish lozim. Shuning uchun, nazarimizda, har bir hududda bozor infratuzilmasi rivojlantirish lozim. Buning uchun quyidagicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: А. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish infratuzilmasini ustuvor rivojlantirishni amalga oshirish. Bunda asosiy e‘tibor meliorasiya, gidrotexnika, elektr energiya inshootlari va tarmoqlarini rivojlantirishga, yerlarni sug‘orishga, sanoatning qayta ishlovchi korxonalarini qurish va texnika bilan qayta uskunalashga qaratilishi, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari: vodoprovodlar, kanalizasiya tizimi va inshootlari, gaz va elektr ta‘minoti tarmoqlari, yo‘llar, telekommunikasiya tizimlari ustuvor bo‘lishi lozim. Б. Bozor infratuzilmasini tashkil etish va uni jadal yaratish jarayonlarini boshqarish, uni jahon iqtisodiyoti talablariga moslashtirish maqsadida shaharda 97 bozor qayta o‘zgartirishlarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta‘minlashga, uni rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirishga da‘vat etilgan ―Tadbirkorlik departamentlari‖ faoliyati takomillashtirilishi lozim. 2. Ijtimoiy farovonlikni integral indeksini hisoblash jarayonida joylashgan xududlarning spesifikasi, demografik holat, tabiiy resurslarning mavjudligi. iqtisodiy potensial, ijtimoiy infrastrukturaning rivojlanpshi va ularning aholi turmush darajasiga ta‘sirini baholashda uch darajali tizim ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi: А. Mineral xom-ashyo, suv va mehnat resurslari bilan ta‘minlanganlikdagi farqlarni tavsiflovchi xududdagi resurs potensiali ko‘rsatkichlari. Б. Iqtisodiy salohiyat ko‘rsatkichlari. В. Ijtimoiy demografik ko‘rsatkichlar. 3. respublika aholi turmush darajasini oshirish strategiyasining asosiy maqsadi – dinamik va keng hajmli iqtisodiy o‘sish asosida, jahon bozorida uning raqobatbardoshligini ta‘minlovchi modernizasiyalashgan va diversifikasiyalashgan iqtisodiyotni shakllantirish, mamlakatning barcha xududlarini kompleks rivojlantirish, daromadlarni adolatli taqsimlash, shuningdek, ta‘lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda xizmatlar sifatini oshirish asosida aholi turmush darajasini oshirishdir. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling