Ijtimoiy iqtisodiyot
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalsh sharoitida aholi daromadlarini oshirish yol
98 XULOSA 1. Bozor iqtisodiyoti taqsimlash munosabatlari sohasidagi sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazariy jihatdan qayta tushunishni talab qiladi. Bu eng avvalo, ―aholi daromadlari‖ tushunchasining ta‘rifi, uning tabaqalanishiga va yuzaga kelgan aholi tabaqalanishiga, aholining turmush darajasidagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlarini kuzatib borishga, aynan bir xil davlat daromadlar siyosatini o‘tkazish asosida daromadlarning yuzaga kelishi va o‘sishi masalalarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi: – birinchidan, daromadlar shakllari o‘zgardi, ya‘ni an‘anaviylariga (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko‘chmas mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo‘shildi; – ikkinchidan, daromadlarning miqdor va sifat tarkibiy qismlari o‘zgardi, haqiqiy egalik qilinayotgan daromadlar, to‘planish va ajralish koeffisiyenti, daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi, qashshoqlik darajasi, aholi pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi xususiyatlar paydo bo‘ldi. – uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishlari qo‘shildi: majburiy to‘lovlar va badallar, chet el valyutasini, qimmatli qog‘ozlarni, shaxsiy mulkni sotib olishga xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar. 3. Innovsion rivojlanish sharoitida O‘zbekiston aholisining daromadlari darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: – aholining daromadlar darajasi zaruriy moddiy va nomoddiy ne‘matlar va xizmatlar bilan ta‘minlanganlik, ularni iste‘mol qilish darajasi tushuniladi; – aholining turmush darajasini belgilovchi omil aholi daromadlari hisoblanadi. Mamlakat aholisi daromadlari nominal, real va real foydalaniladigan pirovard daromadlari shakllanishining sxemalari ishlab chiqilgan; 99 – jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, natural shakldagi daromadlar rejali iqtisodiy tizimga xos bo‘lsa, pul shaklidagi daromadlar bozor tizimini tavsiflaydi. Natural daromadlarning mavjudligi bozor munosabatlarining rivojlanmaganligini ko‘rsatadi; – daromadlarning turkumlanish xususiyatlarini aniqlashda milliy iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ish haqining turlicha darajada ekanligiga e‘tibor berish kerak. Olib borilgan tahlillar iqtisodiy islohotlar jarayoni va sur‘ati turli tarmoqlarda har xil kechganligi tufayli ish haqi miqdorining farqlanishiga olib keldi; – ishda olib borilgan tahlillar respublikada aholining pullik daromadlarining ulushi ortayotganligi, aksincha natural ko‘rinishdagi daromadlar ulushining kamayotganligini ko‘rsatdi; – respublika aholisining pul xarajatlari tarkibini tahlil qilish iste‘molga va majburiy to‘lovlarning xarajatlarning kamayganligini, banklarga qo‘yilgan pullar ulushining ortganligini ko‘rsatdi; – respublikadagi mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra bir-biridan farqlangani tufayli aholi daromadlari darajasi ham unga mos ravishda turlicha bo‘lgan; – O‘zbekistonda aholi daromadlarining farqlanishiga ikkita omil ta‘sir ko‘rsatishi, birinchidan, milliy iqtisodiyotda agrar sohaning muhim rol o‘ynashi, ikkinchidan, aholi tarkibida ko‘p bolali oilalarning mavjudligi aniqlandi. Dissertatsiya ishida yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagi Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling