9
davlat tomonidan aholi turmush darajasini tartibga solish mexanizmi;
innovasion rivojlanish sharoitida aholi daromadlari va turmush
darajasini oshirish istiqbollari bo‗yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari
mehnat bozori, hududlardagi ish bilan bandlikka ko‗maklashish markazlari
faoliyatini takomillashtirish, mahalliy hokimiyat, ish beruvchilar vakillik organlari
hamda nodavlat tashkilotlar tomonidan aholi daromadlarini oshirish va ularni
kafolatli ish bilan ta‘minlash bo‗yicha ijtimoiy hamkorlikni yo‗lga qo‗yish hamda
mehnat bozorining innovatsion rivojlanish bo‗yicha maqsadli dasturlarini va ish
bilan bandlikni tartibga solishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish
maqsadlariga xizmat qiladi. Taklif qilingan nazariy xulosalar, ilmiy, amaliy
tavsiyalarni aholi daromadlarini oshirish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda
amaliyotga joriy etish mumkin.
Tadqiqot natijalaridan iqtisodiyot yo‗nalishidagi oliy o‗quv yurtlarida
―Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi‖, ―Mehnat bozori iqtisodiyoti‖, ―Kadrlar
marketingi‖
fanlarini
o‗qitishda,
shu
fanlarning
o‗quv
dasturlarini
takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: