Ijtimoiy ish menejmenti


Download 13.16 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.16 Kb.
#1507757
Bog'liq
KEYS


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI IJTIMOIY ISH(OILA VA BOLALAR BILAN ISHLASH YO’NALISHINING) 2-KURS TALABASI ABDUKAXXOROVA NOZIMANING “IJTIMOIY ISH MENEJMENTI” FANIDAN YOZGAN KEYSI
Temur 19 yoshda. Temurlarning oilasi 4 kishidan iborat. Otasi, onasi, opasi va Temur. Temurlar 5 ta farzand. 4 ta opasi bor. 3 ta opasi oila qurib ketgan. Uyda 1 ta opasi qolgan. Ularning oilasi mahallada notinch oilalar ro’yxatida turadi. Buning sababi ularning oilasida tinimsiz janjal bo’lib turadi. Temurning dadasi to’xtovsiz spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Ichkilikka juda qattiq ruju qo’ygan. Bunga mukkasidan ketganligi sababli tayinli ishi ham yo’q. Uyidagilari dadasiga ham pul bermaydi. Dadasi ichib kelib onasini kaltaklaydi. Buni ko’rib turgan qizlari onasini himoya qilish maqsadida o’z otasini kaltaklaydi. Stressga tushgan dadasi ko’chaga chiqib ketib yana spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Ularning kunlari shu tariqa davom etadi. Hozirda Temurning dadasi qishloqda mardikorlik qilish orqali ya’ni birovlarning uyida kunlik ishlab pul topib spirtli ichimliklarni iste’mol qiladi. Oila jar yoqasiga kelib qolgan. Qush inida ko’rganini qiladi deganlaridek Temur ham otasining izidan bormoqda. Yosh bo’lishiga qaramay spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlarini iste’mol qiladi. Ko’chada bezorilik qiladi. U hali yosh. Uyda qolgan opasi esa onasi bilan birga qiynalib begona joyda ishlayapti. Uyda esa Temur va uning dadasi qolgan. Muammo esa ushbu oilani tiklash.

Siz mutaxassis sifatida yuqorida keltirlib o’tilgan muammoli vaziyatga yechim topishingiz zarur!!!
Download 13.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling