Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


-mavzu. Ijtimoiy ishning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 1.59 Mb.
bet25/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

2-mavzu. Ijtimoiy ishning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:

  1. Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisasi sifatida.

  2. Ijtimoiy ish kasb va faoliyat turi sifatida.

  3. Ijtimoiy ish muammolari: genetika va irsiyat, madaniy farqlar, atrofidagi muhit, ijtimoiyyalashuv.

  4. Ijtimoiy ishning axloqiy xususiyati.

  5. Ijtimoiy xizmat ishchilarini tayyorlash. Ijtimoiy ishda ta'lim va amaliyot darajasi. Ijtimoiy ish predmeti. Ijtimoiy ish ob'ekti.

  6. Ijtimoiy ishning xalqaro tavsifi. Turli mamlakatlarda ijtimoiy ishning rivojlanishi.


Tayanch iboralar:
Ijtimoiy ish ijtimoiy hodisasi sifatida. Ijtimoiy ish kasb va faoliyat turi sifatida. Ijtimoiy ish va boshqa kasblar. Ijtimoiy ish muammolari: genetika va irsiyat, madaniy farqlar, atrofidagi muhit, ijtimoiyyalashuv. Ijtimoiy ishning axloqiy xususiyati. Ijtimoiy ishda kasbiy masalalar. Ijtimoiy xizmat ishchilarini tayyorlash. Ijtimoiy ishda ta'lim va amaliyot darajasi. Ijtimoiy ish predmeti. Ijtimoiy ish ob'ekti. Ijtimoiy ishning xalqaro tavsifi. Turli mamlakatlarda ijtimoiy ishning rivojlanishi.

Ijtimoiy ishning asosiy ko`rinishlari.Tarixan ijtimoiy ish insonlar va guruhlar orasida mavjud adolatsizlik bilan kurashishga qaratilgan. Ijtimoiy ish gumanitar va demokratik g’oyalar asosida rivojlanib u diskriminatsiya va resurslarning adolatsiz taqsimlanishiga qarshi kurashga chorlagan. Ijtimoiy tadbirlar tizimi to’g’risida fikr yuritish imkonini beruvchi dastlabki yozma manba Avesto hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini tan olgan davlatlar tuzumi va ijtimoiy siyosati to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Xayriya manzilli yordam usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun muhim an’anaviy xulq-atvor qoidasi bo’lgan, din vakillari va hukmron tashkilotlar zimmasiga ijtimoiy xizmat vazifalari qo’llab-quvvatlash, yordam ko’rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya tadbirlari uyushtirib, muhtoj va yetimlarga xayr-ehson tarqatganlar. Jamoalarda muhtoj oilalarga umumiy jamoa jamg’armasi hisobidan moddiy yordam ko’rsatilgan.
O’rta Osiyo xalqlari tarixida Musulmonlik davri dindorlarining ijtimoiy hayotdagi ishtirokini davom ettirdi va kengaytirdi. Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va yordam ko’rsatish vazifalari masjidlar, shuningdek diniy-jamoat hamjamiyatlari zimmasiga yuklangan.
Ijtimoiy yordam turlari alohida va jamoa shakliga ega bo’lgan. Yordamning keng tarqalgan alohida shakli har bir musulmon tomonidan islomning asosiy qonunlarini bajarish-muhtojlarga ehson qilish va moddiy yordam ko’rsatish hisoblanadi. Jamoatchilik yordamining jamoa shakllari orasida keng tarqalgani – xashar-jamoa yordami, qurbonlik-xudoyi, tibbiy yordam, maxsus bepul shifoxonalar tashkil etish hisoblangan.
Ta’kidlash joizki, o’zaro yordamga intilish insonga xos xususiyatdir. Dunyodagi yetakchi dinlar asosida insonning diniy burchi, muhtojlarga insonparvarlik xizmati tizimi sifatida namoyon bo’lgan ijtimoiy yordam va xayriya markaziy o’rinni egallagan.
Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi deb o‘ylash noto‘g’ri. Shu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. G’amxo‘rlik qilish va nazoratning funksiyalari o‘rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo‘lishi – ijtimoiy ishchilar har doim to‘qnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya’ni: ijtimoiy ishchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi – davlatnimi, ish beruvchinimi, mijoznimi yoki umuman jamiyatning?-degan masala bilan ham bog’liq. Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan, ijtimoiy ishchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin – jamiyat va undan ham keyin esa - o‘zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tadbiq etish har doim ham yengil ko‘chmaydi. Ko‘pincha ijtimoiy xizmatchiga hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to‘g’ri keladi.
Bugun kunda “ijtimoiy ish” kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisli ijtimoiy ishchilar (qochqinlar, nogironlar, “xatar guruhlari” bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy ishchi; harbiy sohadagi ijtimoiy ishchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ish; ijtimoiy ishni tashkil etish).

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling