Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida
- Ijtimoiy ish shaxs va oila darajasida.
Tarqatma material
Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida Ijtimoiy ish yoki sotsionomiya (lotincha «socio» – jamiyat va«nomos» – qonun), bir vaqtning o‘zida jamoatchilik faoliyati shakli, ijtimoiy amaliyot, fan, o‘quv kursidir. Ijtimoiy ish kasbiy faoliyat turi sifatida. Har bir kasb maxsus bilimga va umumiy hamda maxsus tayyorgarlik natijasida inson tomonidan egallangan ko‘nikmalar majmuasigaega bo‘linishini talab etadi. Ijtimoiy ish alohida ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyat turidir. Chunki u turli toifadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam a'zolariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan. Kasbiy faoliyat sifatida ijtimoiy ish 3 ta sohani o‘z ichiga oladi: 1) ijtimoiy ish shaxs va oila darajasida; 2) turli turkumga ega bo‘lgan (yoshi, jinsi, qiziqishlari jihatidan) guruh bilan ijtimoiy ish; 3) ijtimoiy ish jamoatchilik orasida, turar joyida. 1) Ijtimoiy ish shaxs va oila darajasida. Individual ishning asosiy maqsadi, individning ijtimoiy moslashuvi va reabilitatsiyasi, uni o‘rab turgan jamoatchilik orasidagi mojaroli vaziyatlarni hal qilishdan iboratdir. Masalan, bolaning oila tarkibida jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom o‘sishi ota-onalarning ijtimoiy madaniy mavqyei hamda moddiy ta'minlanganligiga, ularning yetarli darajada diqqat e'tiborni ajrata olishlari borasidagi imkoniyatlariga, ta'lim muassasalarining joylashuvi (yaqin yoki uzoq), mazkur oila qaerda yashayotganligiga bog‘liqdir. Sanab o‘tilgan barcha vaziyatlarda bola va ularning ota-onalariga qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishlarida doimo malakali mutaxassis yordamiga ehtiyoj seziladi. Ijtimoiy xodim qiyinchiliklarni aniqlashi, oila va individga ijtimoiy resurslar manbaiga murojaat qilish uchun maslahatlar berishi va tegishli joylar tomonidan qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkillashtirilishida yordam berishi mumkin. 2) Turli turkumga ega bo‘lgan (yoshi, jinsi, qiziqishlari jihatidan) guruh bilan ijtimoiy ish. Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj bo‘lgan guruhlar quyidagi tavsiflar asosida tasniflanishi mumkin: yoshi jihatidan (bolalar, yoshlar, qariyalar); jinsi jihatidan; o‘xshash muammolari bilan(konfessional, yolg‘iz ota yoki onalar uyushmasi, sobiq alkogolik va narkomanlar guruhi yoki b.). Ko‘pincha ijtimoiy xodimlarga noahloqiy yoki kriminal xarakterga ega bo‘lgan guruhlar (bolalar yoki voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, daydilik, uyushtirilgan fohishabozlik, noahloqiy yo‘nalishga ega bo‘lgan guruhlar va h.k.) bilan ishlashga ham to‘g‘ri keladi. 3) Ijtimoiy ish jamoatchilik orasida, turar joyida. Ijtimoiy xodimning alohida e'tiborga molik faoliyat sohalaridan bu yashash joyida, jamoatchilik orasida xizmat ko‘rsatishdan iborat. U ijtimoiy xizmatlar tizimining kengaytirilishi, jamoatchilik munosabatlarini mustahkamlash, yashash joyining o‘zida iliq va muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik iqlimning yaratilishi, shuningdek, turli ko‘rinishdagi lokal tashabbuslar asosida yordam guruhlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilgan. Bu sohada O‘zbekistonga xos bo‘lgan mahalla kabi maxsus jamoatchilik tuzilmasining keng imkoniyat va qudratidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, ijtimoiy ishning mohiyatini quyidagicha belgilash mumkin. Bu individ, oila va guruhlarga ularning ijtimoiy huquqlarini amalga oshirish hamda barkamol tarzda ijtimoiy jihatdan o‘zligini namoyon etishda to‘sqinlik qiluvchi jismoniy, ruhiy, aqliy, ijtimoiy va boshqa kamchiliklarini bartaraf etish yoki kompensatsiya qilish maqsadidagi ko‘rsatiladigan yordamdir. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling