Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur


Download 1.59 Mb.
bet30/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy ishning kasb sifatida rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:

  • Ijtimoiy ish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni, o‘quv rejasi tuzilmasini (amaliyotni kiritgan holda) va bu bilimlar hamda axborotlarni ijtimoiy ishning zamonaviy nazariyalari va modellariga muvofiq ravishda doimiy yangilash jarayonini ifodalovchi ta'lim standartiga asoslangan ta'lim jarayonini rivojlantirish;

  • Ijtimoiy sohada rasman ishlash huquqini beradigan diplom yoki sertifikat ko‘rinishidagi rasmiy vakolatlarning mavjudligi;

  • Ta'lim jarayoni va amaliyotni nazorat qiladigan, tashkilotlardagi ijtimoiy ishchining axloq standartlari va etik kodeksini ko‘rib chiquvchi hamda rivojlantiruvchi professional assotsiatsiyalar va uyushmalarning mavjudligi.

Ijtimoiy ishning kasb sifatidagi noyob tavsifnomasi:

  • Ijtimoiy ish ba'zi kasblar diqqat­e'tiborini alohida individuumlarga (masalan, psixologlar) yoki yaxlit holda jamiyatga (masalan, sotsiologlar yoki politologlar) qaratgan bir paytda insonni ijtimoiy muhitda ko‘rib chiqadi.

  • Ijtimoiy ish ibtidoni boshqa fan va kasblardan olgan nazariya va usullarning noyob majmuidan iborat. Ijtimoiy ishning rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar ishning turli usullari va yondoshuvlari uyg‘unligi, multi-darajali intervensiya hamda fanlararo yondoshuvning rivojlanishiga yo‘naltirilgan.

  • Ijtimoiy ish ijtimoiy ko‘makka muayyan qat'iy yo‘nalishga ega va aholining zaif qatlamiga alohida e'tibor qaratadi, u ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va qo‘llab­quvvatlashga yo‘naltirilgan.

  • Ijtimoiy ish mijozlarning o‘z­o‘zini aniqlashiga alohida urg‘u beradi, mijoz va ijtimoiy ishchi o‘rtasidagi munosabat ochiqlik va o‘zaro do‘stlik bilan xarakterlanadi, bu esa muammoning maqbul yechimi uchun imkon beradi.

Ijtimoiy ish”ning xalqaro ta'rifi
Ijtimoiy ishchining professional faoliyati ijtimoiy o‘zgarishlarga, insoniy o‘zaro munosabatlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashadi; jamiyatda funksional mavjud bo‘lish qobiliyatining mustahkamlanishi va odamlarning farovanlik darajasini oshirish maqsadida ozod qilishga yordam beradi. Inson axloqi va jamoatchilik tizimi nazariyasidan foydalangancha ijtimoiy ish odamlarga ularning atrofidagi kishilar bilan o‘zaro harakatda ko‘maklashadi. Inson huquqlarining tamoyillari va ijtimoiy haqqoniylik ijtimoiy ish negizi hisoblanadi..
IZOHLAR
Ijtimoiy ish o‘zining turli shakllarida odamlar va ularning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi ko‘p sonli, murakkab aloqalar bilan shug‘ullanadi. Ijtimoiy ish faoliyatining maqsadi: barcha odamlarga o‘z imkoniyatlarini to‘la rivojlantirish, o‘z hayotini boyitish va disfunksiyani bartaraf etish imkoniyatini taqdim etadi. Professional ijtimoiy ish muammolarni hal qilish va o‘zgarishlarga erishishga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy ishchilar jamiyatdagi va o‘zlari xizmat qilayotgan individuum, oilalar va hamjamiyat hayotidagi o‘zgarish agentlari hisoblanadilar. Ijtimoiy ish o‘zida qadriyatlar, nazariya va amaliyotning o‘zaro bog‘liq tizimini aks ettiradi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling