Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
– Mavzu: Ijtimoiy ishning odob va axloq muammolari
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va prinsiplari: insoniy qadr-qimmat; ijtimoiy adolat; insoniylik; yaxlitlilik; kompetentlik.
4 – Mavzu: Ijtimoiy ishning odob va axloq muammolari
Reja: 1. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va prinsiplari: insoniy qadr-qimmat, ijtimoiy adolat, insoniylik, yaxlitlilik, kompetentlik. 2. Ijtimoiy ish etikasi: prinsiplar va standartlar. 3. Ijtimoiy ishchining etik-professional kodeksi. Ijtimoiy ishda etik dilemmalar. 4. Ijtimoiy ish amaliyotida diskriminatsiya qilinmaslik tamoyili. Stereotiplar, xurofotlar va noto‘g‘ri (xato) tushunchalar. 5.Insonlarni turli belgilar bilan diskriminatsiya qilish: jinsiy, etnik, milliy, diniy, salomatlik holatiga ko‘ra, moddiy, professional mavqyei v.h. Individual, guruhli, tashkiliy darajada ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etish. Tayanch iboralar: Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va prinsiplari: insoniy qadr-qimmat, ijtimoiy adolat, insoniylik, yaxlitlilik, kompetentlik. Ijtimoiy ish etikasi: prinsiplar va standartlar. Ijtimoiy ishchining etik-professional kodeksi. Ijtimoiy ishda etik dilemmalar. Ijtimoiy adolat va xilma-xillik. Ijtimoiy ish amaliyotida diskriminatsiya qilinmaslik tamoyili. Stereotiplar, xurofotlar va noto‘g‘ri (xato) tushunchalar. Diskriminatsiya va diskriminatsiya qilinmaslik tushunchasi. Insonlarni turli belgilar bilan diskriminatsiya qilish: jinsiy, etnik, milliy, diniy, salomatlik holatiga ko‘ra, moddiy, professional mavqyei v.h. Individual, guruhli, tashkiliy darajada ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etish. Ijtimoiy ishning asosiy qadriyat va prinsiplari: insoniy qadr-qimmat; ijtimoiy adolat; insoniylik; yaxlitlilik; kompetentlik. Etika: tushunchasi, manbai. Etika – (yunonchada odat, udum) – ilmiy nazariy tartibotlardan biri bo`lib, o`rganish obyekti axloq hisoblnadi. “Etika” atamasi ikki ma’noda qo`llaniladi: etika axloq falsafasi sifatida va etika axloqiy normalar va standartlar ko`rinishida. Axloq funksiyasi odamlarning individual xulqini boshqarish va baholash, ularni shu jamiyatda qabul qilingan normalar va prinsplarga moslashtirish. Axloq normalari nafaqat keltirilgan xulq atvor ko`rsatmalarini tutadi, ular shaxsning o`ziga xos hislatlari normativlari uchun zarur bo`lgan axloqiy aspektlarini jamlaydi, axloq boshqa tomondan qaralganda nafaqat faoliyat va harakatni baholaydi, balki faoliyat sababi, maqsadi, vositasi, niyati bo`lib xizmat qiladi. Axloq – ijtimoiy ongning dastlabki shakllaridan biri bo`lib, odamlarning hatti harakatini boshqaradi. Axloq ikkita nisbiy qarashlar asosida paydo bo`lgan: Axloqning paydo bo`lishi mehnat faoliyatining dastlabki shakllari bilan bog`liq, birgalikda faoliyat yuritish uning omadli amalga oshishi va sotsiumning stabilligini saqlab qolish uchun kerak bo`ladigan sharoit sifatida ushbu faoliyatning axloqiy boshqariluvining zaruratiga ehtiyoj yaratadi. Axloq individning uyushmadagi hatti harakatini boshqarish shakli sifatida hali odamlar to`da bo`lib yashagan hamda mehnatning ijtimoiy bo`linishi sodir bo`lmagan davrdan boshlab mavjud bo`lgan. “Yaxshilik”, “sahovat”, “yovuzlik” tushunchalarining o`zi bu davrlarda odamlar uchun hayvonlar sezgisidan deyarli farqlanmas edi: issiq, oziq-ovqat yetarli, xavfsiz – yaxshilik, saxovat; xavf, ochlik, sovuq – yomonlik. Ibtidoiy odam axloqiy mezonlar kuchi asosida emas, balki mavjudlik uchun kurashga ehtiyoji sababli jamoaviy yashagan. Axloqiy yordamlar va o`zaro yordam ko`rsatish odamlar tabiati va kishilik jamiyati ildiziga singib ketgan. Etika (axloqiy burch) yasama ahamatiyatga ega. Professional etika tushinchasi, shu jumladan, amaliyotning axloqiy prinsplariga misol bo`ladi. Ijtimoiy ishning ahamiyati ijtimoiy ishchilarning odamlar va jamiyat to`gisida ishonch hosil qilish uchun asos yaratadi, etika esa ma’lum bir holatda nima qilish kerakligi uchun chegara chizadi. Har ikki tushuncha – ahamiyati, etik muhokama va nizolar ijtimoiy ishchi amaliyotidagi odatiy hodisa hisoblanadi. Ijtimoiy ishchilar ularning mijozlari kabi o`zaro qiziqishlari bo`yicha nizolarga uchraydigan referent guruhlar hisoblanadi. Masalan, mijoz kasallik holatida professional tibbiy yordamni taqiqlaydigan va inkor etadigan diniy guruhga taluqli bo`lishi mumkin. Bunday holatda ijtimoiy ishchi tibbiy yordam ko`rsatish zarurligini uqtirishi mumkin. Bunday farqqa e’tibor qilish kerakmi, bunday holatda ijtimoiy ishchining ijtimoiy axloqiy (etik) majburiyati qanday?Bunday nizo vaqtida qanday qilib mijoz qiziqishlarini saqlab qolishi mumkin?Mijozlar bunday holatlarda o`zlari tanlov qila oladimi?Bu savollarni qanday hal etish mumkin? Bunday hollarda javob juda oson berilishining guvohi bo`lasiz. Ijtimoiy ishchi har qanday darajada odamlar xulq atvori haqida qo`shimcha ma’lumotlarga ega bo`lish imkonini beruvchi odamiylik sifatlariga ega bo`lishi kerak. Ijtimoiy ta’minot siyosati, tadqiqot va amaliyot, talabalar tomonidan o`rganiladigan kurslar va adabiyotlar, chet tili, huquqshunoslik, tarix va iqtisod, sotsiologiya va psixologiya, matematika va fan, ham madaniyat barchasi talabalarni o`tmish bilan tanishish, ijtimoiy sharoit va odam hayot faoliyatidagi dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Bu kurslar shuningdek tanqidiy fikrlashni mustaxkamlash imkonini beradi vamuammolarni hal etish bilimlarini o`rgatadi, shuningdek bizning dunyomizni butunligicha qabul qilishga yo`l ochadi42. Prinsip – boshqa standartlar yoki muhokamalar bog`liq bo`lgan hatti haraktlrning fundamental standarti. Prinsip – axloqiy tushuntirish uchun asosni shakllantiradigan fikrlash, ishonch sistemasidagi mavjud norma. AQSH dagi ijtimoiy ish bo`yicha kengash ijtimoiy ishchilarga kerak bo`lgan asosiy bilimlar, yangiliklar orasida amaliy faloiyatda boshqaruvchanlik uchun ularga zarur bo`lgan qadriyatlarni aniqladi. Ijtimoiy ishchilar o`zini axloqiy nuqtai nazardan baholashi va axloqiy yechimlarda ishtirok etishi zarur: Ijtimoiy ishchilar o`z kasbining asosiy ahamiyati, uning axloqiy standartlari hamda mos keluvchi prinsiplarini yaxshi bilishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar amaliyotda professional qadriyatlarini qollashga imkon beradigan shaxsiy qadriyatlarni anglashi hamda ularni boshqara olishi kerak; Ijtimoiy ishchilar Milliy assotsiatsiatsiyasi standartlari, ijtimoiy ishchilar Xalqaro Federatsiyasi axloq Kodeksi va ijtimoiy ish maktabi Xalqaro assosiatsiyasi standartlarini qo`llash yo’li bilan axloqiy yechim qabul qilishi kerak; Ijtimoiy ish axloqiy prinsiplariga rioya etishi kerak; Axloqiy nizolarni hal etishda ikki yoqlama fikrlashga imkon bermaslik kerak; Axloqiy munozaralarda ularni hal etish uchun strategiyalarni qo`llash kerak43. 2.Qadriyatlar: tushunchasi, qadriyatlar tizimi, ko`rinishlari. “Qadr qimmat” tushunchasi.Qadriyat tushunchasi obyektlarni, mavjudotlarni, ularning xossalari, shuningdek o`zida ijtimoiy ideallarni yaratadigan hamda ulardan kelib chiqib o`zini mansandor qolipi ostida ko`rsatadigan abstrakt g`oyalarni belgilash uchun qo`llanladi. Qadriyatni mavjudliligini uchta shakli: Qadriyat ijtimoiy ong tomonidan shakllangan, mansab haqidagi tushuncha (haqiqat, chiroy, adolat va patriarxat, tenglik, demokratiya) ijtimoiy fikr sifatida namoyon bo`ladi. Qadriyat obyektiv shaklda moddiy va ma’naviy madaniyat yoki ijtimoiy qadrli ideallar qolipidagi ayni predmeti hisoblanadigan odamiy hatti harakat ko`rinishida namoyon bo`ladi. Ijtimoiy qadriyatlar, individual hayot faoliyati prizmasidan o`tkazilganda, odam hatti harakatlarini asoslaydigan shaxsiy qadriyat ko`rinishida shaxsning psixologik tuzilishi ichiga kiritiladi. Qadriyat ko`rinishlari. Shaxsiy qadriyatlar – ijtimoiy ish bilan shug`ullanadigan ko`pgina odamlar ishonchga asoslanadi, ijtimoiy zaif odamga nisbatan nimadir qilishdan oldin ishonch birinchi bo`lib sahnaga ko`tariladi. Kimnidir dinga bo`lgan ishonch boshqarsa, kimnidir siyosiy qarashlar boshqaradi. Qadriyatning qandayligini va u qayerdan kelib chiqqani bilish muhim hisoblanadi. Ijtimoiy qadriyat – hamma odamlar ham juda qadrli bo`lishiga qaramasdan, qadriyat va ishonch har doim ham biz o`ylaganimizdek shaxsiy bo`lavermaydi. Ular jamiyatda shakllanadi. Yosh bo`yicha guruhlar, jinsiy alohidalanishiga qarab, millat, ijtimoiy mavqe va boshqalar. Boshqa hodisalarga bog`liq ravishda odamlarning munosabatlari davrlarga mos ravishda o`zgarib boradi. Masalan, jinsiy aloqadorlik, bolalarga munosabat, fikrni erkin bildira olish, bolalarni parvarishlash, inson hayotining qimmati.Ijtimoiy qadriyatlar ijtimoiylashuv jarayoni bilan bog`liq. Professional qadriyatlar, tashkilotlar qadriyati. Ijtimoiy ishning 5 tamoyili (qadriyati) mavjud: insoniy qadr-qimmat va qadriyat, ijtimoiy adolat, insonparvarlikka xizmat qilish, butunlik, kompetentlik. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling