Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Ijtimoiy ish amaliyotida diskriminatsiya qilinmaslik tamoyili. Stereotiplar, xurofotlar va noto‘g‘ri (xato) tushunchalar


Download 1.59 Mb.
bet34/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Ijtimoiy ish amaliyotida diskriminatsiya qilinmaslik tamoyili. Stereotiplar, xurofotlar va noto‘g‘ri (xato) tushunchalar.

3. Stereotiplar, xurofotlar, tahqirlashlar. Ijtimoiy ish etikasi va qadriyatlrini o`rganishda muhim rolni stereotiplar – soddalashtirilgan, ijtimoiy obyektlar haqidagi tasavvurlari sxemaga solingan, birgalikda, bir millatga mansub odamlarning boshqa millatga mansub odamlar haqidagi taasurotlari rol o`ynaydi. Stereotiplar yoshlikdan singib boradi – odatda ular bolaning uzluksiz tajribalaridan emas, balki ikkilamchi manbalardan singib boradi. Bolalar hali o`zlari taaluqli bo`lgan guruhlar haqida to`liq tasavvurga ega bol`may turib, bu tushunchalarni qo`llay boshlaydi.
Ijtimoiy stereotipning dastlabki tushunchalarini amerikalaik journalist va politolog U.Lippman qo`llagan. Uning qarashlariga binoan, stereotiplar – bu birinchidan odamlarning murakkab ijtimoiy obyektlarini qabul qilishga ketadigan kuchni tejash, ikkinchidan, ularning qadriyatlari, holati va huquqlarini himoya qiladigan odam miyasida tartibga solingan “olam sur’ati”. Bohqacha qilib aytganda, stereotiplar insonlarni bir olam ijtimoiy ma’lumotlarga yo`naltiradi va yuqori darajada o`ziga ishonchni saqlab qolishga yordam beradi.
Aytish joizki, steriotiplar ijobiy tomonlarga ega bo`lishi bilan bir qatorda, salbiy hislatlarni ham namoyon qiladi. Bir tomondan ular anglash jarayonini qisqartiradi, individga hayotda yo`naluvchanlikka yordam beradi, xulq atvorini yo`naltiradi. Boshqa tomondan, stereotiplar turli ko`rinishdagi noto`g`ri tushunchalarning shakllanishiga asos bo`lishi mumkin. Agar stereotip cheklangan tajribaga asoslansa, bu tajriba esa salbiy bo`lsa, u holda tushuncha misol uchun qandaydiy etnik guruhlar haqidagi qarashlar salbiy qimmatga ega bo`lib qoladi.
Har bir xalq madaniyatida boshqa xalqlar haqida o`zgarmas qarashlar shakllantirilgan. Ular har xil xalqlarning boshqaruvchilari bir xil holatga ularga an’anaviy singdirilgan xarakterda javob berishi haqidagi latifalarda yaqqol namoyon bo`ladi. Fransuzlar doimo yengil tabiat va sermuhabbat, inglizlar ozg`in va rasmiyatchi, nemislar puxta va axmoqona, ispanlar jo`shqin va tiyiqsiz va hokozo.
Stereotip tushunchasi.Biz odamlarni qanday “sinflashimizga” ko`ra ularni anglab boramiz. O`smirlar, ayollar, o`qituvchilar, ishsizlar, siyosiy arboblar va hk. O`xshash xossalarga ega bo`lgan predmet yoki hodisalarni anglab yetish kabi odamlar ham u yoki bu guruhga, ijtimoiy-iqtisodiy sinfga yoki ularning jismoniy xarakteristikalar (Yoshi, jinsi, tana rangi va hk.) bo`yicha sinflanadi. Bu ikki kategoriya bir biridan keskin farqlanadi, ulardan biri ijtimoiy voqelik haqida fikr yuritsa, boshqasi jamiyatni tashkil qilgan odamlarning turli tumanligi haqida fikr yuritadi.
Bunday tarzda tashkil qilingan stereotiplar (yunoncha stereos – mustaxkam, typos – iz, tamg`a) boshqa odamlar haqida o`ta shartli va soddalashtirgan tushunchalarning paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Steriotiplar – ijtimoiy obyektning (guruh, odam, hodisa, voqelik va hk.) nisbatan barqaror va soddalashgan qiyofasi, u individning shaxsiy tajsribasini boyitish natijasida ma’lumotlarning kamligi sharoitida taxlanadi. Bu odamlar guruhi haqidagi tasavvurlar, unda guruhdagi deyarli barcha a’zolarga identik xarakteristikalar beriladi va bu holatda alohida shaxslar orasidagi haqiqiy farqlar inobatga olinmaydi.
Steriotiplarning hosil bo`lishi. Steriotiplar kamdan kam holatlarda shaxsiy tajribamiz mahsuli bo`ladi. Ko`pincha biz o`zimiz mansub bo`lgan guruh tomonidan, ayniqsa, steriotiplari shakllangan odamlardan (ota-onalar, o`qituvchilar, og`aynilar) ularni o`zlashtiramiz.
Soxta fikr.Soxta tushuncha steriotipdan farqlanadi. Agar steriotiplar bir guruh a’zolarining boshqa guruhga nisbatan olinadigan taasurotlari deb qaralsa, soxta fikr “yaxshi” yoki “yomon” atamalarini odamlar tomonida o`zlari odamlarning hatti harakati sababi va maqsadini anglab yetmay turib, boshqalar haqida xulosa chiqarilishi natijasida muhokama qilinadi. Soxta fikr – odamlarning o’zlari taaluqli bo`lgan guruhga xos bo`lmagan kishilar haqidagi ziddiy yoki salbiy munosabati. Bu munosabat odamlarning bir xil guruhga mansub bolmaganligi oqibatida kelib chiqadi.
Ijtimoiy adolatsizlik va ijtimoiy tengsizlik, diskriminatsiya yetkazgan zarar maxsuli deb hisoblanadi. Soxta fikr ijtimoiylashuv oqibatida kelib chiqadi. Ular o`zlashtirilgandan keyin, xato tassurotlar qadriyatlar sistemasidagi individual qism bo`lib qolaveradi.
Ishontirish stereotipi mavjud bo`lib, bunda ayrim guruhlarning vakillari o`zlarini o`ziga xos ravishda tutadilar. Demak, ayrim jamiyatarda ayollar erkakalar singari qaror qabul qilishda ziyrak emasligi haqida tushunchalar mavjud. Afroamerikanlar nisbatan aqlsizroq va bekorchilik va jinoyatchilikka beriluvchanroq, lotinamerikanlar xo`jalik hayotda nisbatan sekinroq harakatlanishni ko`proq yahshi ko`rishadi va boshqalar. Bular shu guruhlar bilan bog`liq bo`lgan salbiy stereotiplarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Ularga qarama qarshi ijobiy stereotiplarni shakllantirishda ayollarning tarbiyachi va madadkorligi; afroamerikanlarning xudojo`yligi; lotinoamerkanlar uchun esa ko`pfarzandli oilalar katta ahamiyat kasb etishini olish mumkin.
Kavkaz erkaklarining boshqa millatlarga nisbatan intellektual va ijodiy qobilyatga ega degan tushunchalarni quyidagi misollarda ko`rib chiqamiz: Konservativ kavkaz juftligida koledjni tamomlagan va Floridiyaga taniqli milliy korporatsiyaga ishga joylashgan to`ng`ich qizi bor edi. Bu yerda u shu korporatsiyada ishlaydigan advokatni sevib qoladi.Avvaliga oiladagilar bu munosabatdan juda xursand edilar.Lekin keyin yigitning puertorikolik ekanligini bilgach qattiq tushkunlikka tushdilar. Oiladagilarning qarshiligi va noroziligiga qaramasadn qiz advokatga turmushga chiqdi va katolik cherkoviga e’tiqod qila boshladi. Natijada qizning ota-onasi, to`rt aka-uka, opa-singillardan ikkitasi va hattoki buvisi va bobosi ham u bilan aloqani uzdi. Chunki u yerda ham oila ichidagi kuchli farq tufayli ushbu nikoh samarasiz yakun topdi va oila parokandalikka yuz tutdi.
Bunday holatda to`ng`ich qiz institutsionallashgan qadriyat va ana’analarni buzdi va oila ishonchi va e’tiqodidan ayrildi. Bu yerda qizning turmush o`rtog`i ajoyib xarakter egasi, yuqori professionalist, fuqaro, sevuvchi va g`amxo`r er ekanligi inobatga olinmadi. Bu sifatlar oila uchun zarur, ammo nikoh qurgan yoshlarni qabul qilishga yetarli emas edi. Haqiqattan ham kavkaz millatiga xos bo`lmagan istalgan boshqa yigit ham qizning ota-onasi tomonidan qiziga nomunosib deya baholanar edi.51
Xato tushuncha (soxta fikr) atamasi ko`rsatamalarning emotsional komponentiga taaluqli bo`lib, tushunishimizcha asosan salbiy ko`rsatmalarga ishora etadi. Masalan, biz odam qora tanli odamlar haqida noto`g`ri tushnchaga ega deb gapirsak, demak u qora tanlilarga sovuqqonlik yoki ziddiyat bilan yondoshadi yoki barcha qora tanli elatga oid odamlar bir xil deb hisoblaydi. Ko`rinib turibdiki bu odam qora tanli odamlarni salbiy tomondan xarakterlaydi va u taluqli bo`lgan guruhga nisbatan shu salbiy xarakteristikalarni targ`ib etadi – bunda odamlarning individual sifatlari yoki odatlari taxminan olinadi – ular atayin yoki bilmagan ravishda inkor etiladi.

  1. Insonlarni turli belgilar bilan diskriminatsiya qilish: jinsiy, etnik, milliy, diniy, salomatlik holatiga ko‘ra, moddiy, professional mavqei v.h. Individual, guruhli, tashkiliy darajada ijtimoiy adolatsizlikni bartaraf etish

“Diskriminatsiya (tahqirlash) nima?” lotincha discrimination – farq, ajralish.Biron guruh fuqarolarining ularning millati, elati, jinsi, e’tiqodidan kelib chiqib kamsitish (aslida yoki yuridik). Xalqaro munosabatlar sohasida – biron mamlakatning fuqarosiga boshqa davlat fuqarosi va tashkilotiga nisbatan kamroq huquq va erkinliklar berilishi.
Diskriminatsiya – bu soxta fikrni qo`llab quvvatlovchi faoliyat ko`rinishi. Diskriminatsiya alohida shaxs yoki guruhga nisbatan taxminiy qarashlar oqibatida sodir bo’ladigan ishlarni o`z ichiga oladi: ta’lim olish, komunnal xizmatlar, bandlik imkoniyati, tuman, yashash joylari, ayrim diniy va ijtimoiy tashklotlarga a’zo bo`lish, shuningdek kommunal xizmatlardan foydalanishda erkinlikning inkor etilishi. Hammada ham noto`g`ri tushunchalarning borligiga qaramasdan, ko`pgina soxta fikr va xato tushunchalarga ega bo`lgan odamlar dominant guruhlar a’zosi hisoblanadi. Vaqt o`tishi bilan soxta fikr va diskriminatsiya jamiyat kundalik hayotining bir qismiga aylanadi. Har ikki guruh – dominant va past guruh a’zolari ba’zi ijtimoiy guruhlarga nisbatan ongli diskriminatsion munosabatda bo`ladi52.
Tarixiy ijtimoiy ish kishilar va kishalr guruhi orasidagi mavjud nohaqliklar bilan ish olib borish uchun tuzilgan. Ijtimoiy ish gumanitar va demokratik g`oyalar asosida o`sgan, natijada ular ijtimoiy ishni diskriminatsiya va resurslarni notekis taqsimlanishiga qarshi kurashga chorlagan. Bu nohaqlikka qarshi demokratik g`oyalarning taraqqiy etishi – ijtimoiy ishcining axloq kodeksining bir qismini tashkil qiladi (IIAK 1996). Odamlar asosan quyidagi xislatlar bo`yicha diskriminatlanadi:

  • jinsiy

  • professional

  • milliy, etnik

  • diniy

  • salomatlik holat bo`yicha

  • siyosiy qarashlari bo`yicha

  • irqi

  • nochorlik alomati bo`yicha

  • past ijtimoiy mavqe alomatlari bo`yicha va boshqalar.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling