Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Ijtimoiy ishchining roli va funksiyasi
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida ijtimoiy ishchining rollari keltirilgan.
Ijtimoiy ishchining roli va funksiyasi. Ijtimoiy ishchining roli: Rol, ijtimoiy ish lug`atiga binoan, bu “aniq bir mavqega ega bolgan odamga xos bo`lgan xulq atvorning shartli madaniylashgan ko`rinishi”. Shu tariqa roliy xulq atvor ko`proq odam band etib turgan holat va u ishlagan faoliyat sohasi bilan bog`liq. Shuning uchun ijtimoiy ishchining xulqi va roli ijtimoiy ishchining o`ziga nisbatan qabul qilinadi, boshqa ishchilarga nisbatan emas. Rolini qanday ijro etishi juda individual jarayon hisoblanadi va ijtimoiy ishchi yordam ko`rsatayotgan ishchi holatida aralashtiradigan (qo`llaydigan) bilim va ko`nikmalarni mos ravishda qo`llashga bog`liq.
Ijtimoiy ishda turli rolni bajarish uchun ko`psonli fuksiyalarni amalga oshirishi kerak. Ishchi funksiya spetsifik professional roli bilan bog`liq bo`lgan topshirilgan majburiyat, vazifa yoki faoliyat bo`lgani maqsadga muvofiq. Shu tariqa ijtimoiy ishchi samarali ishlashi uchun ijtimoiy ishchilar tomonidan bajariladigan ishlarni tushunishi hamda undan kutilayotgan faoliyat funksiyalari va ko`rinishlariga ega bo`lishi kerak. U yoki bu rol va funksiya, shu rolning o`ziga xosligi amaliy faoliyat sohasi, orientatsiyalanish metodologiyasi va ijtimoiy ishchiga uning agentligi ichida topshirilgan majburiyatlari orasida doimiy tebranadi. Ko`pgina kasblarning roli, odamlarga yordam berishda namoyon bo`ladi, bunday yordamlar jismoniy terapiya, tibbiy parvarish, konsultatsiya va boshqa k`orinishlarda namoyon bo`lishi mumkin. Ular ijtimoiy normalar, xizmat turlari, shuningdek bunday faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi ma’muriy holatlar yoki qonunlar bilan mustaxkamlangan bo`lishi kerak. Keyinchalik ijtimoiy ish sohasi ijtimoiy ishchilar tomonidan bajarilishi kutilayotgan o`zining rolini belgilaydi. Odamlar o`z odatiy professional roli chegarasidan chiqadigan imkoniyatlar va qobiliyatlarga ega bo`lishi mumkin, shu kasbning har bir vakili ijtimoiy ishda yuklatilgan rolni kam miqdorda bo`lsa ham bajarishga tayyor bo`lishi keark. U yoki bu lavozimga xos bo`lgan majburiyatlarni bajarar ekan ijtimoiy ishchi bitta rolni bajarishi yoki ko`proq bir vaqtning o`zida bir necha rollarni bajarishi mumkin. Istalgan amaliy rolni bajarish vaqtida bir biridan farqlanadigan bir necha funksiyalarni qo`llashi mumkin. Shu tarzda hattoki bitta spetsifik funksiya yoki faoliyat turli rollarni bajarishda qo`llanilishi mumkin. Masalan, odam mijoz holatini ijtimoiy xizmat ko`rsatayotgan broker roliga kirib, shu mijozga xizmat ko`rsatayotgan konsultant yoki klinisist (klinika hodimi) rolida ham holatga baho berishi mumkin. Quyida ijtimoiy ishchining rollari keltirilgan. Xizmatlar sohasidagi broker (vositachi) Ijtimoiy va soddalashgan bilimlar o`qituvchisi Konsultant/klinisist (klinika hodimi) Keys menedjer (keys inglizcha. «voqea, hodisa») Ishchi yuklama hajmi menedjeri Xodimlar shtatini rivojlantirish tashkilotchisi va administrator (ma’mur) Ijtimoiy o`zgarishlar agenti O`z ishining mutaxassisi53 Boshqa amerikalik olimlar doktor A.Hamid tomonidan taklif qilingan ijtimoiy ishchilarning rolidan unchalik farqlanmaydigan ijtimoiy ishchilar roli qisqacha ro`yxatini taklif qilganlar: Vositachi: tayyorlangan mutaxassis, u neytral vaziyatni saqlab turgan holatda bir yoki undan ortiq darajadagi ijtimoiy tizimlarda mijozlar orasidagi nizolarni hal etishga yordam beradi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling