Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Boshqa rollar quyidagilar hisoblanadi


Download 1.59 Mb.
bet38/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Boshqa rollar quyidagilar hisoblanadi:
• analitik/baholovchi (datur yoki uyushmaning samaradorligini aniqlash),
• boshlovchi (kommunikatsiyani (aloqa) yaxshilash yo`li bilan tanaffusga erishishga olib boradigan birgalikdagi harakat).
Barchasida ko`pincha, ijtimoiy ishchilar oila a’zolar bilan amaliyotchi shifokorning ishlashida yordam korsatishda ijtimoiy ishchi markaziy rolni o`ynaydi. Ijtimoiy ishchilar turli xizmatlar ko`rsatadi, bu ixtisoslashtirilgan kasalxonalardagi tayanch xizmatlardan tortib, oilaviy klinikalar, zo`ravonlik qurbonlari krizis markazi, uyda sog`liqni saqlash dasturlari va xospislardagi salomatlik bilan bog`liq bo`lgan xizmatlar bo`lish mumkin. Salomatlik sohasi, keksalarni parvarishlash kabi sohalar bugungi kunda sog`liqni saqlash Vazirligi va AQSh odamlarga xizmat ko`rsatish Vazirligi 2003 statisstikasi bo`yich bandlik darajasini asosini tashkil etayotgan va shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi56.
Salomatlik sohasi, keksalarni parvarishlash kabi ijtimoiy ish bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda ijtimoiy ish amaliyotida sog`liqni saqlash tizimi uchinchi o`rinni egallaydi, ijtimoiy ishchilarning 14% i esa sog`liqni saqlash bilan shug`ullanmoqda57.
3. Ijtimoiy ishda bilim, qadriyat va qobiliyat. Ijtimoiy ishning professional amaliyoti bexabarlik, qimmatlilik, axloq va mahoratga asoslanadi. Bilimning umumiy hajmi gumanitar baza, shuningdek rejalashtirilgan o`zgarishlarga asoslanadi. Har bir atribut ijtimoiy ishchilarning professional faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ish bo`yicha Kengash (IIK) bu atributlarni o`quv rejalar va ijtimoiy ish bo`yicha bakalavr hamda magistr tayyorlash dasturini o`z ichiga oluvchi aniq fanlar tarkibiga kiritdi.
Ijtimoiy ishchilar uchun ijtimoiy mavqei, irqi, teri rangi, e’tiqodi, jinsi, jinsiy aloqadorligi, jinsiy o`xshashligi yoki yoshidan qatiy nazar barcha odamlarning qadriyatlari asosiy prinsp hisoblanadi. Odam hayotining ahamiyati boshqa barcha qadriyatlardan ustun turadi, odamlar qiziqishini muqobil baholash jamiyat tomonidan insoniylik va foydali javob olishga loyiq deb hisoblanadi. Muammosi bor odamlarni, muammo xarakteridan qatiy nazar ularni muhokama qilmaslik, ayblamaslik yoki kamsitmaslik maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy ishchilar xolisona munosabat o`bro e’tiborni saqlab qolish, shaxsiy daxlsizlikni ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etishini va mijozlar hech qanday vajlarsiz qabul qilinishi kerakligini ta’kidlab o`tadilar. Bundan tashqari, mijozlar (yoki salomatlik imkoniyatlari cheklangan bittadan ortiq odamlarni, ular oila yoki kattalar guruhini o`z ichiga olgan mijozlar sistemasi) o`zlarining shaxsiy hayotiga ta’sir ko`rsatadigan faoliyatlar yo`nalishini avtonom tarzda aniqlash huquqiga ega.
Boshqacha qilib olganda, guruhlar va birlashmalar bu huquqlarni qo`llab quvvatlaydi. NASW shu xususiyatlarni hisobga olgan ravishda o`z a’zolari uchun axloq kodeksini joriy qildi. Kuchli professional madaniyat ishlab chiqildi va ijtimoiy ish amaliyotining davlat hamda milliy assotsiatsiyalari orqali belgilandi.
Professional etika tushunchasi u holda amaliyotning axloqiy prinsiplariga xos hisoblanadi. Ijtimoiy ish qadriyatlari ijtimoiy ishchilarga jamiyatdagi odamlar haqida tasavvur uyg`otadi, etika esa aniq bir holatlarda qanday ish tutish kerakligini aniqlashtiradi. Har ikki tushuncha: qadriyatlar va etik dilemma, nizolar odatiy hol hisoblanadi.
Ijtimoiy ishchilarda ham ularning mijozlari singari boshqa guruh qarashlari bilan nizolar keltirib chiqaruvchi referent guruhlar bor. Masalan, mijoz kasallik holatida professional tibbiy yordam ko`rsatishni taqiqlovchi diniy guruhga mansub. Ijtimoiy ishchi bunday holatlarda kuchli tibbiy aralushuvni tashkil etishga ko`mak berishi mumkin.
Bunday holatlarda ishchining axloqiy (etik) majburiyatlari qanday? Qanday qilib eng maqbul ravishda nizo mavjud holatlarda mijoz qiziqishlarini saqlab qolish mumkin? Bunday holatlarda mijoz o`zi mustaqil tanlov qilish huquqiga egami? O`zingizdan so`rab ko`ringchi nima deb o`ylaysiz, siz nima qilgan bo`lardingiz? Bunday holatlarda javob topish aksariyat hollarda oson ish ekanligini guvohi bo`lasiz.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling