Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet41/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Nazorat savollari:

  1. Ijtimoiy ishning qanday usullarini bilasiz?

  2. Ijtimoiy ish metodlarining mohyati va o‘ziga xos xususiyatlarini qanday tushunasiz?

  3. Ijtimoiy ish usullarining qanday tasniflarini bilasiz?

  4. Ijtimoiy ishda axborot to‘plashning qanday metodlaridan foydalaniladi?

  5. Ijtimoiy xizmatchi u yoki bu ish metodini tanlashiga nimalar ta'sir o‘tkazadi?

  6. Ijtimoiy xizmatchi faoliyatining texnologizatsiyalashuvi shart-sharoitlari qanday?


6 - mavzu. Zamonaviy dunyoda aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash modellari
Reja:
1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushuncha, maqsad va vazifalar. Ijtimoiy himoya turlari. Ijtimoiy himoya tizimi. Chet mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi.
2. Ijtimoiy himoya modellari: liberal, sotsial-demokratik, konservativ (korporativ).
3. G‘arbiy yevropa mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimining funksiyalari va prinsiplari.Ijtimoiy himoyaning “Amerikacha” modeli. AQShda ijtimoiy ta'minotning asosiy shakllari. Kambag‘allik.

Tayanch iboralar:
Aholini ijtimoiy himoya qilish: Ijtimoiy himoya, Ijtimoiy himoya modeli: liberal, sotsial-demokratik, konservativ (korporativ). Davlat umumiy farovonlik konsepsiyasi. Postmodernizm siyosiy ideologiya.“Amerikacha” modeli. Kambag‘allik. Oila. Moddiy yordam dasturlari. Sug‘urtalashning ijtimoiy dasturlari. Davlat yordamining dasturlari.

1. Aholini ijtimoiy himoya qilish: tushunchasi, maqsadi va funksiyasi.Ijtimoiy himoya tushunchasi nimani anglatadi? Ijtimoiy himoya jamiyat va uning turli strukturalari tomonidan amalga oshiriladigan chora tadbirlar tizimi bo`lib, kerakli turmush tarzini yaratish, odam hayotini ta’minlash va uning faoliyat yuritishini qo`llab quvvatlashga kafolat beradi.


Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tushunchalari bir birga yaqin, lekin aynan o`xshash emas. Ularga ilmiy ta’rif berilganda ijtimoiy himoya ijtimoiy ta’minotni tashkiliy qism sifatida o`rab turadi, bundan tashqari esa mehnat, salomatlik va atrof muhit himoyasini, odamning normal hayot kechirishi uchun kerakli sharoit yaratib berishga sarflanadigan mehnatning minimal xarajatlarini qoplashni kafolatlaydi.
Hozirgi kunda aholini ijitmoiy himoya qilish deganda qonunan ta’sis etilgan iqtisodiy, ijtimoiy, yuridik kafolatlar va huquqlar, ularni realizatsiyalovchi va turli ijtimoiy aholi qatlamlari, guruhlari orasida eng avval zaiflarni qamrab olgan ravishda qo`llab quvvatlash uchun yaratiladigan shart-sharoitlarni ta’minlovchi ijtimoiy institut va tashkilotlarning birligi tushuniladi.
Ijtimoiy himoya obyekti – aholining barcha guruhlari. Biroq bu jabhada aholining zaif qatlami asosiy e’tiborga olinadi: Daromadi kam oilalar, nogironlar, keksalar, yetim bolalar, yolg`iz va ko`p bolalai ota-onalar, ekologik ofatlar qurbonlari.
Jahon amaliyotida aholini ijtimoiy himoya qilishning ikki turi ajratiladi faol va nofaol ijitmoiy himoya. Faol ijitmoiy himoya jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolariga qaratiladi va odamlarni o`zini himoya qilish uchun sharoit yaratishga tayanadi, birinchi navbatda mehnat bozorida faol harakatlanish va ularni ijtimoiy sug`urtalashda ishtiroki orqali shakllantiriladi. Nofaol ijitmoiy himoya mehnatga layoqatsizlar va ijtimoiy zaif qatlamga yo`naltiriladi hamda to`g`ridan-to`g`ri moddiy yordamga asoslanadi.
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ijtimoiy himoyaga ijitmoiy sug`urta va ijtimoiy ko`makni kiritadi. XMT konvensiyalarida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy prinsiplari shakllanitirilgan, ijitmoiy himoyaning turli xil ko`rinishlari va aholi kategoriyalarining minimal darajasi belgilab qo`yiladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va professional ijtimoiy ish bir biriga chambarchas bog`liq. Ijtimoiy ish faoliyatning professional ko`rinishi sifatida qonun chiqaruvchi va normativ bazaning mavjudligi, rivojlangan infratuzilma, tayyor kadrlarni talab etadi, bular ijtimoiy himoyani ijtimoiy institut sifatida namoyon bo`lishiga ko`maklashadi.
Ijtimoiy himoya ko`rinishlari quyidagilarga bo`linadi:
Davlat shakllari: sog`liqni saqlash, imtiyozlar, ta’lib berish, nafaqa ta’minoti, ijtimoiy xizmat ko`rsatish va ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash tizimi, ko`mak hamda kompensatsiya bilan ta’minlash.
Nodavlat shakllari: ko`ngilli ijtimoiy sug`urta, muruvvat, sog`liqni shaqlashni xususiy tizimlari.
2. Ijtimoiy himoya modellari.Gesta Esping-Andersen (1947)65 – daniyalik sotsiolog, uning ishlari ijtimoiy davlat va uning kapitalistik iqtisodiyotdagi o`rniga qaratilgan. Uning Faravon kapitalizmning uch olami nomli mashhur asari 1990-yilda chop etildi, barchaning faravonligi uchun davlatning uchta asosiy turi keltirilgan: liberal, konservativ (korporativ) va ijtimoiy demokratik.
Fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash rivojlangan sug`urta tizim hisobiga va ma’lum bir kafolatlarni boshqaruvchisi hisoblangan davlatning minimal aralashuvida amalga oshiriladi. Sug`urta to`lovi hajmi unchalik katta emas. Moddiy yordam ma’lum adresga yo`naltiriladi va ehtiyojni tekshirish asosidagina ko`rsatiladi.
Konsrevativ (korporativ) model ijtimoiy yo’nalgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamalakatlar (Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya) uchun xarakterli hisoblanadi: ijtimoiy tadbirlarni o`tkazishda byudjetdan ushlab qolinadigan mablag` taxminan ishchilarning va ish beruvchilarning sug`urta vznosi bilan teng, qayta taqsimlashning asosiy kanallari yoki davlatning qo`lida, yoki uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda davlat sug`urtaviy himoya sistemasidagi fuqarolarga moddiy yordamda yon berishga intiladi. Shunga ko`ra ijtimoiy ko`mak hajmi mehnat daromadi, hamda sug`urta to`lovlariga ajratmalar hajmidan proporsional bog`liqlik holatida turadi. Ishsizlik holatida kafolatlangan to`lovlar hajmi mehnat stajiga bog`liq, muhlati esa – sug`urta badallarining to`lanishi, ularning hajmi va ishchining yoshiga bog`liq.
Ijtimoiy demokratik model (uni ba’zan solidar (umumiy, hamfikr) deb ham atashadi) aholini himoya qilishda davlat bosh rolni egallashini ta’kidlaydi. Davlatning ijtimoiy siyosatining asosiy vazifasi aholi daromadlarini va umumiy bandlik darajasini tenglashtirish hisoblanadi (Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, shuningdek Niderlandiya va Shvetsariyada) ijtimoiy sohada asosiy mablag` bilan ta’minlovchi bo`lib davlatning rivojlangan iqtisodiy sektori xizmat qiladi.
Ko`pincha egalitar deb yuritiladigan Shvedsiya ijtimoiy davlat nazariyasi yuqori mashxurlikka erishdi. U davlatning milliy ehtirom ko`rsatib, ularga “xavfsizlik, ishonchlilik hamda xatar soluvchi holatlarda himoya, shuningdek himoyalovchi tashkilot va boshqarmalar bilan ta’minlashga va’da beradi. Shvedlar davlatga yoki turli sahovatlarga, ayniqsa bozorga bog`liqlikka hech qanday ehtiyoj sezmaydi. Beshikdan to qabrgacha ular haqida davlat g`amini yeydi”66
Bunday ambitsion maqsadni amalga oshirish uchun 1977-yilda Shvetsiyada ijtimoiy idora qayta tashkil etildi va ijtimoiy xizmatlarning vazifalari shakllantirildi. Nisbatan keng, ammo aniq va aholiga tushunarli qilib ishlab chiqildi. Ular orasida to`rtta bosh yo`nalishlarni ajratib olish mumkin: daromadni kafolatlash, atrof muhitga nisbatan ta’sir ko`rsatish bo`yicha targ`ibot va tashviqotlar va servis, parvarish (sog`liqni saqlashni e’tiborga olgan holatda) va mehnat muhitini himoyalash. Har bir yo`nalish uchun aniq institut javobgar bo`ladi.
Keltirilgan uchta model dunyoda hech qayerda sof holatda uchramaydi va o`zini “ideal tip” deb hsoblay olmaydi, ularning har biri yutuq va kamchiliklarga ega. Amaliyotda ko`pincha liberal, korporativ va ijtimoiy demokratik modellarning ulardan biri ustunlikka ega bo`lgan taqdirda elementlarni qo`shishilishini kuzatish mumkin.
3. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishni paydo bo`lishining ahamiyati.Yevropada ijtimoiy himoya sistemasining rivojlanishi uzoq tarixga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada ijtimoiy muammolarga taaluqli bo`lgan qarorlar Genrix VIII hukmronligi davrida XVI asrda paydo bo`lgan. Ular xayr-ehsonga kun kechiradigan shaxslarni, cherkov xodimlarini ham ro`yxatga olgan, nochorlar uchun fonddan ajratmalar tashkil qilishni ishlab chiqqan. Bu cherkovning boshqarilmaydigan ehsonidan markazlashgan sistemaga o`tishning birinchi urinishi edi.Shu vaqtning o`zida hokimliklar u yoki bu shaxslar foydasiga resurslarning qayta taqsimlanishi ijtimoiy muammolarni oldini oladi yoki yengillashtiradi degan xulosaga kelgan.
XIX asr o`rtalarida Angliyada aniq ijtimoiy guruhlarga yordam ko`rsatish dasturi kiritildi, ijtimoiy ko`makka haqli shaxslarning doirasi doimiy ravishda kengayar edi. Biroq, sanoat inqilobi yangi muammolarni keltirib chiqardi, bu muammolar ingliz ijtimoiy qonunchiligining radikal reformasini talab etadi.
1909-yildan Buyuk Britaniyada ko`pgina yangi qonunlar qabul qilindi, ular ommani anglash va ijtimoiy siyosatdagi o`zgarishlarda aks etadi. 1911-yilda milliy sug`urta haqidagi Qaror ishlab chiqildi, unga kasallik yoki ishsizlik holatida majburiy sug`urtalashni kiritdi. 1925-yilda – keksalik holatida nafaqa berish haqida va bolalar va yetimlarga yordam berish haqida qonunlar qabul qilindi. 1929-yilda qabul qilingan mahalliy ma’muriyat haqidagi Qonunga mos ravishda ijtimoiy yordam ko`rsatuvchi komitetlar tashkil qilingan, bu komitetlar mahalliy ma’muriyatga (graflar kengashi) bo`ysunadi va joylarda ijtimoiy ishni amalga oshiradi. 1934-yilda umummilliy miqiyosdagi ishsizlik bo`yicha kengashda tasdiqlangan ishsizlar haqida Qonun chiqdi va sug`urtaga ega bo`lmagan shaxslarga yordam ko`rsatish, nafaqadagilar va bevalarga qo`shimcha ko`mak berilgan. Shu tariqa 30-yillarda Buyuk Britaniyada ishsizlar, bevalar, yetimlar va urush nogironlari markaziy ko`makka ega bo`ldilar. Aholining boshqa kategoriyalari mahalliy ma’muriyat (graflar kengahi) tomonidan yordam olar edi.
3.Nochorlik. Angliya va AQShda nochorlik bilan kurash dasturlari.
2008-yilda AQShda aholining 12% ini tashkil qiluvchi 36 mlndan ortiq odam nochorlik chegarasidan past darajada yashar edi (nochorlik chegarasi daromad darajasi ozuqa, yashash joy va kiyim kechak kabi asosiy ehtiyojlarni qondirishga yetishi hisoblanadi) 2008-yilda nochorlik darajasining ortishini asosiy sabablaridan birini 1966 yildagi nochorlik darajasi bilan solishtirganda Qo`shma Shtatlardagi nochor kishilar o`zining maoshidan yomon yashashini guvohi bo`lamiz. Ularning k`opchiligi to`ymaslikdan shikoyat qilar va hattoki it yoki mushuklar uchun yegulikdan foydalanishga otgan. Nochorlik oqova suvga ega bo`lmaydi, qoniqarsiz uy-joylarda yashash, kalamush, tarakan va boshqa parazitlar hujumiga uchrashni anglatadi. Bu qishda yetarlicha issiqlik miqdoriga ega bo`lmaslik va devorlarning ingichkaligidan uxlab bo`lmaslik, qo`shnilarning shovqiniga chidashni anglatadi. Bu kiyish kerak bo`lgan kiyimlarning eskiligidan uyalish demakdir. Bu emotsional siqilishlarga o`ta beriluvchanlik, alkogolizm va jinoyatchilikni ortishi, shuningdek umrning qisqarishini bildiradi. Bu o`zini ijtimoiy, iqtisodiy yoki tarbiyaviy rejada ko`rsatish imkoniyatining yo`qligidan dalolat beradi. Bu ko`pincha xarobalarda yashash, oilaning beqarorligini hamda sayohatga chiqish, kino, spektakl, konstert va sport tadbirlarida ishtirok etishdan bahra olishni cheklanganligi hisoblanadi67.
Nochorlik go`daklar o`limining ikki marta ortishini ham anglatar edi68. Nochorlar tibbiy yordamga kamroq erishadi va ularga ko`rsatiladigan tibbiy xizmat sifati nisbatan past hisoblanadi. Nochorlar havo, suv va antisanitariyaning nisbatan yuqoriroq darajada ifloslangan joylarini egallaydi. Ular ochlik va kasallikka ko`proq duch keladi. Nochor tumanlardagi maktablarning sifati ancha past va resurslar ancha chegaralangan. Natijada nochorlar nisbatan past sifatda o`qitiladi va ko`proq maktablarni tashlab ketishga majbur bo`ladi. Ularning hibsga olinish, ayblanish va qamoqqa olinish ehtimolligi ham katta, hamda ular nochor bo`lmaganlarga nisbatan uzoqroq vaqt qamoqda ushlab turiladi. Ular sinov muddati olish, shart oyda vaqtinchalik ozod etilishga kamroq imkoniyatlarga ega69.
Nochorlik shuningdek tushkunlikka tushish, o`ziga ishonchini pasayishi va jismoniy, ijtimoiy, aqliy va emotsional o`sishning sekinlashuviga olib keladi.Bizga Qo`shma Shtatalar teng imkoniyatlarga ega deb o`ylash qulayroq lekin aslida qandayligini tasavvur qilish qiyin.
Tadqiqoqtlarning ko`rsatishicha “Bolalar nochor oilada o`sgan, ehtimol katta bo`lgandan ham nochorlikda hayot kechirayotgandir. Shuningdek ko`pgina odamlarda ularning ota-onalarining ijtimoiy mavqeyi bor. Nisbatan yuqoriroq mavqega o`tish aksariyat mamlakatlarda kuzatilmaydi70.
Jamiyat darajasi uning nochorlarga qanday ko`mak berishida aks etadi. Norasmiy jamiyatlarda o`ziga to`q bo`lmaganlar oila yoki qabilaning boshqa a’zolari bilan ehtiyojini qondirar edi. O`rta asrlar davomida Yevropada nochorlarga javobgarlikni cherkov tashkil qilar edi. Mashhur Yelizavveta Nochorlar qonuni 1601-yilda Angliyada protestantlik etika qoidalari bilan birgalikda jamiyat tilanchilikni (qashshsoqlik emas) ijtimoiy muammo deb qabul qildi. U uchta alohida dasturni o`z ichiga olgan: (A) vataniga qaytarish. (B) ishga layoqatsizlarga (nogiron va keksalar) yoki davlat ko`magi berilar, yoki ularni g`aribxonalaraga joylashtirilar edi. (C) ota-onalari ta’minlay olmaydigan bolalar boshqa kattalarning qaroviga yuborilar edi. Bu qonun nochorlarni kategaoriyalarga mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatsizlarga ajratish yo`li bilan bo`lish prinsipini ishlab chiqdi. Bu prinsiplarning deyarli barchasi colonial Amerikada “ochiq relef” ichiga kiritildi.
XIX-asrda Angliya va Qo`shma Shtatlarda “ochiq relef” (odamlarga o`zlarining uylarida yordam berish)ga qarshilik qilayotganlar orasida nizolar avjiga chiqqan edi, ular qalloblikdan xavotirda ekanligini yaqqol izhor etib, shuningdek fuqarolar pulli sadaqalar axloqiy barqarorlikni buzishini keltirib o`tgan. Lekin boshqa tomondan qaraganda sadaqalar to`liq bo`lmas va antisnitar holatda bo`lar edi, hamda ishga layoqati borlarga hech qanday ish taklif etilmas edi. XIX-asrda ijtimoiy xizmat ko`rsatishning birinchi tashkilotlari shahar hududlarida kelib chiqdi. Bu tashkilotlar xususiy va cherkov ularga sponsorlik qildi hamda birinchi navbatda ovqat va qon taklif etildi. Bu tashkilotlar nochorlarning muammosini diniy tomondan hal etishga harakat qilar edi71.
O`tgan asrning 20-yillarida AQShda mablag` ajratish boshlandi va yordam ko`rsatuvchi rasmiy tashkilotlar tashil qilindi. 1935-yilda president Ruzvelt ijtimoiy sug`urta haqida qonun qabul qildi, u keksalik va ishsizlikda pul ajratishni o`z ichiga olgan edi. Izlanuvchilarning fikriga qaraganda bu qonun AQShda ijtimoiiy ta'minotning zamonviy yondashuviga tashlangan birinchi qadam edi. 1935-yildan boshlab, ijtimoiy ish Shimoliy Amerikada davlatning ijtimoiy sohaga faol ravishda aralashuvini inobatga olgan holatda rivojlanib bordai.30-yillargacha esa AQShda “mustahkam individualizm” prinsipi bosh rolda edi, davlatning aralashuvi esa noamerikan yondashuv deb talqin qilinar edi.Shuning uchun ijtimoiy ta’minotning amerika modelini ayrim yozuvchilar amerikaviy individualism deb talqin qiladi, davlatning aralashuvi esa noamerikan yondashuv deya qabul qilingan.Yevropa modelini ayrim mualliflar “yevropaviy an’anaviylik” deb nomlaydi, u amerikaviy modelga qarama qarshi hisoblanadi.Ammo ularning ajralishi haqqoniy shartlarga asoslanadi. Bunda gap amerika yoki yevropa modeli haqida emas, balki ijtimoiy siyosatni amalga oshirish modellari, ijtimoiy faravonlik konsepsiyasini amalga oshirishning turli shakllari haqida boradi.
Individualizm g`oyasi avloddan-avlodga beriladigan boylik hisoblanadi: bir necha odamlar ijtimoiy status zinasi bo`yicha tepaga o`zining xohishiga binoan ko`tariladi. Boylikka ega odamlar uchun farzandlarining faravon hayotini tashkil qilishi uchun ko`pgina eshiklar ochiq hisoblanadi (ta’lim va a’loqalar orqali). Qashshqolikda yashagan bolalar uchun keksalikda qashshoqlikda yashashdan chiqib ketish uchun imkoniyatlar juda kam yoki deyarli mavjud emas. Bundan tashqari individualistik afsonalar ko`pchilik tomonidan talqin etiladi. Unga ko`ra, boylar o`z omadlari uchun o`zlari javobgar, nochorlar esa qashshoqliklari uchun o`zlari aybdor. Individualizm afsonasining asosiy shartlari:
1. Har bir odam mehnat qilishi va boshqalar bilan raqobatda muvaffaqiyat qozonishga intilishi kerak.
2. Tinmay mehnat qiladiganlar omad bilan taqdirlanishi kerak (boylik, ko`chmas mulk, mulk, hokimiyat).
3. Bandlik sohasidagi imkoniyatlarning keng ko`lamliligi va qonunchilikni hammaga barobarligi oqibatida barcha tinmay mehnat qilayotganlar taqdirlanadi.
4. Iqtisodiy inqiroz individning shaxsiy aybi hisoblanadi va xarakteridagi tirishqoqlikning yo`qligi va ba’zi boshqa defektlarning mavjudligining isbotidir.
Jamiyatda nochorlarga o`zlarining holati uchun javobgarlik yuklatiladi.Natijada nochorlik tamg`armasi bosiladim bu ayniqsa ijtimoiy yordam (ijtimoiy ta’minot) oladiganlarga xos hisoblanadi. Individulizmga ishonch 1930-yillarda sodir bo`lgan Buyuk depressiya holatlari kabi bo`lmasa ham uning qoldiqlari hamon AQSh da saqlani qolmoqda.
1930-yillarda Buyuk depressiya AQShda individulaizm afsonasini gumon ostiga slogan. Ishchi kuchining deyarli uchdan bir qismi ishsiz bo`lgan. Yordam ko`rsatuvchi xususiy agentliklar (shu jumladan mahalliy boshqarmalardan ko`mak oluvchi xususiy agentliklar ham) ishsizlarning pulli muammolarini hal eta olish holatida emas edilar. Nochorlarga yordam ko`rsatish an’anaviy mahalliy usullarida keskin o`zgarishlar yuz berdi.
Ayova shattidagi ijtimoiy ishchi Gari Xopkins bandilik va favqulotda holatlarda yordam ko`rsatish milliy dasturi uchun kuzatishi uchun prezident Frankilin Ruzvelt tomonidan tayinlangan. Xopkins Ruzveltining eng yaqin maslahatchilaridan edi va 1935-yilda ijtimoiy ta’minot dasturining laoyihasi va kuchga kirishida ahamiyatli darajada ta’sir ko`rsatgan. Bu dastur katta ahamiyatga ega bo`lgan, u uchta sohada federal boshqaruvining rolini ko`rsatib bergan: (a) ijtimoiy sug`urta, (b) davlat yordami. Shuningdek (c) ijtimoiy xizmatlar.1935-yildan keyin AQSh iqtisodiyoti sekinlik bilan rivojlana boshladi.1950-yillar Ikkinchi jahon urushidan keyin nochorlik unchali katta muammo hisoblanmay qoldi, aholining katta qismi esa hamon o`sha nochor holatda yashashni davom ettirar edi.
1965-yilda prezident Lindon Djonson o`zining “Buyuk jamiyat” qurish g`oyasi ostida nochorlik bilan o`zining jangini boshladi. Nochorlikni tugatish mamalakatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanib qoldi. Qator dasturlar qabul qilindi: Boshlanish (Headstart), Amerikaga xizmat qiluvchi ko`ngillilar (VISTA), JobCorps, yoshlarni ta’lim olishini moddiy ta’minash dasturi. Bu dasturlar nochorlikni kamaytirgan bo`lsada, biroq 1960-yilda optimal uyg`onish paydo bo`ldi, unga ko`ra nochorlik yaqin vaqt ichida to`xtalilishiga ishonch bor edi. 1960-yilning oxiridagi Vetnamdagi urush resurslarni yutib ketdi va ichki dasturlar to`ntarildi.
1970-yillarning o`rtalarida 1960-yildagi liberalizm konservativ yondoshuv bilan almashindi.1980 yilda saylangan prezident Ronald Reygan yillarida boylarning solig`ini kamaytirish va nochorlarga ko`rsatilayotgan mablag` va xizmatlarni kamaytirishni ta’milovchi dastur ishlab chiqildi. Nochorlarga davlatning chiqimi kamayitirildi va qashshoq aholining ulushi yanada ortdi. 1980-yilda nochorlar uchun federal moddiy yordam ko`rsatish ko`zga ko`rinarli miqdorda kamaydi, nochorlik holatida yashovchi aholining soni esa yanada ortdi.
1988-yilda Jrorj Bush prezident qilib saylandi, u ham o`zining avvalgi ori`ndoshining ishini takrorladi va davom ettirdi. Reygan va Bush Ma’muriyati soliqni kamaytirish (avvalo boylar foydasiga) va ijtimoiy ta’minotga ajratilayotgan mablag`ni kamaytirishni qo`llab quvvatlaydi. Natijada boylar va nochorlar daromadlari orasidagi farq ortdi. Ko`pchilik odamlar federal ijitmoiy ko`mak yoki mablag` bilan ta’minlanganlar jabr ko`rdi.
Bill Klinton 1992-yilda president qilib saylandi, saylovdan oldin “men bunday faravonlikka chek qo`yaman”deya va’da berdi. U bunda farzandlari ko`makka muhtoj oilalar (AFDS) federal ko`mak olishi huquqiga egaligini nazarda tutgan. AFDS nochorlikni kamaytirishga yo`naltirilgan ijtimoiy tarmoqdagi asosiy dasturlardan biri hisoblanar edi.
1996-yilda ijtimoiy ta’minot bo`yicha qonunchilik ramkasida, daromadi belgilangan chegaradan pastga tushib ketadigan oilalar (uy xo`jaligining hajmiga bog`liq ravishda) davlat yoki atrofdagilarga yordam ko`rsatuvchi tashkilotlarning federal fondidan olish huquqiga ega emas. Buning o`rniga endi davlat grantlar bloke (ya’ni, nochorlarga ajratilgan katta miqdordagi pul) ola boshladi. Bu blok grantlarga qo`yilgan federal talablar, ya’ni pul foydasini olayotganlar 2-yildan ortiqroq vaqt oralig`ida ishlamay turib olishi mumkin emas, hamda kattalat uchun 5-yil to`lov qilish cheagarsi bor edi.
1996-yilda qonunchilik yolg`iz onalar (yoki otalar) endi ishlashga majburligini ta’sis etdi. TANF dasturi asosida yotgan xulosalar sinfning uzoq muddatli faravonchiligini chetlab o`tish va barcha farzandi bor yoki yo’qligidan qatiy nazar ishlashlari shart. Endilikda davlat yordami vaqtinchalik qarz sifatida yordam korsatishga o`z o`rnini bo`shatib berdi, ular ishchi kuchining bir qismi bo`lguniga qadar odamlarga vaqtinchalik yordam ko`rsatilar edi72.
1. AQShda ijtimoiy ta’minotning zamonaviy shakllari.
Ijtimoiy ta’minotning Amerikaviy tizimi yaqqol ko`ringan ikkita yo`nalishga ega. bo’lib ijtimoiy sug`urta tizimi va ijtimoiy yordam tizimi. Ijtimoiy sug`urta dasturi yuqori mavqega ega, chunki barcha oylikka yashovchilar mos keluvchi fondlarga soliq to`laydi. Bu tizim barchani turli xil ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarda aholini himoyalab turadi: keksalik, boquvchisini yo`qotish, nogironlik, kasallik, orttirilgan jarohatlar, ishsizlik.
AQShda ijtimoiy himoyaning ikkinchi ko`rinishi ijtimoiy yordam hisoblanadi. AQShda yordam tizimi bir necha kichik dasturlarni o`z ichiga oladi. Bu dasturlar asosida nochorlikda yashovchi odamlar ijtimoiy yordam oladi, hattoki ta’lim olish va professional tayyorlanish uchun ham ko`makka erishadi. Ijtimoiy yordam olish huquqi rasmiy qashshoqlik chegarasidan pastda yashovchilarga beriladi. AQShda bundaylar aholining 12-15% ni tashkil qilar edi.
Moddiy yordam dasturi. Welfare moddiy yordamning eng mashhur dasturlaridan biri bo`lib, tarjimasi “farovonlik” degan ma’noni bildiradi. Dasturning boshqacha nomi Public Assistance. Dastur federal hukumat tomonidan homiylik qilinadi va shtat yoki shahar byudjeti hisobidan ayrim hollarda to`ldiriladi. “Volfer” olish shart stabil daromad manbaining mavjud emasligi, bu turli sharoitlarga bog`liqlik darjasini ko`rsatadi (ishini yo`qotishi, ishsizlik bo`yicha ko`makning yo`qligi, yolg`iz ona (ota) larga moddiy ko`mak berilmasligi)
SSI (Supplemental Security Income) – keksalar (65 yoshdan yuqori), nogiron, kasal odamlar, daromadi past kishilarga ko`rsatiladigan federal moddiy pulli yordam turi.
Medikeid dasturi (Medicaid), 1965-yilda qabul qilingan va ikkita qismdan iborat sdaromadi past shaxslar yoki oilalarni kasallik bo`yicha sug`urtalash yoki tibbiy su`gurta qilish. U shuningdek federal hukumat tomonidan subsidirlanadi, ammo shtatlar qonuni asosida boshqariladi.Medikeyt ma’lum sharoitlarda dori-darmonlarga to`lov qilish, kasalxonaga joylashish.Kasalxonalarning sug`urtaviy qismi ish beruvchilar yoki ishchilar to’laydigan ijtimoiy sug`urta solig`ining qo’shilishi hisobiga mablag` bilan taminlanadi. Tibbiy sug`urta- har oylik vznos to’lovi olinadigan ko’ngilli sug`urtalanish turi73.
Ijtimoiy sug`urta tizimi. AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimi o’ta murakkab va turli tumandir. AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimining bitta umummilliy markazlashgan tizimi mavjud emas. U turli dasturlar asosida shakllanadi, bu dasturlar yoki federal qonunchilik yoki shtat qonunchiligi, yoki federal organlar va shtat hukumati organlarinig birgalikdagi harakati asosida reglamentlanadi.
Alohida dasturlar mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilinadi. AQSHda ijtimoiy ta’minotning davlat tizimi aniq ikki yo’nalishda ajratiladi: ijtimoiy sug`urta va ijtimoiy madad. Ular o’zaro mablag` manbai bilan farqlanadi.Ijtimoiy sug`urtaning to’lovlari ijtimoiy sug`urta solig`i hisobidan tashkil etilgan sug`urta fondidan ajratiladi. Davlat ko`magi esa byudjet vositalaridan to`lanadi: federal byudjet, shtatlar yoki mahalliy organlar hukumatlari byudjetidan.
1935-yilda qabul qilingan qonun asosida ijtimoiy sug`urtaning ikki turi ajratilgan: keksalik (nafaqa) va ishsizlik (ko`mak). Qonun shuningdek nogironlar va yetimlar kabi bechoralarga yordam ko`rsatishni cheklashni ham k`orib chiqar edi.
Ijtimoiy su`gurta dasturi – bu, ko`mak (nafaqa) oluvchining o`zi qandaydir kirimlar maxsus soliq, ishga kiruvchi yoki ish beruvchining oldindan to`lovi, yoki har ikkisining birgalikda to`lovi ko`rinishida kiritish orqali oladi.
Nochorlik deyarli barcha jabhada ijtimoiy muammo hisoblansada, deyarli mavjud barcha ijtimoiy xizmatlar qaysidir darajada unga qarshi kurashadi (shu jumladan anoninm ichkilikbozlar, sog`liqni saqlash dasturi, professional reabilitatsiya, sanitar yordam qabuli, kunduzgi parvarish, jufti yo`q ota-onalar, uy-joy dasturlari, shaharlarni yangilash, shuningdek mahalliy uyushmalar harakati).
Bunday dasturlar nochorlikni kamatirishga yo`nalgan va uning oqibati kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarni yengilashtirishga intiladi74.
Keksalikda davlat nafaqasini umumiy dastur bo`yicha 65-yoshdan katta odamlar (erkaklar va ayollar teng) olishi mumkin. To`liq nafaqa olish uchun mehnat staji 35 yilni tashkil qilishi kerak. Agar staji kam bo`lsa, u holda nafaqa ham kamayadi. 62 yoshda ham nafaqa berish ko`rib chiqilgan, ammo bu holatda nafaqa miqdori 20% ga kamayadi. 1983-yilda kiritilgan o`zgartirishlarga mos ravishda nafaqa yoshini 67 yosh deb qabul qilish ko`rib o`tilgan. 1986-yilda nafaqaning o`rtacha miqdori oyiga 478 dollarni tashkil qilar edi. Agar pensioner erkakning boqiluvchisi ayoli 65 yoshda bo`lsa u holda bu odam 50% qo`shimcha nafaqa olish huquqiga ega.
Ijtimoiy su`gurtaning bu dasturi 1935-yilda ijtimoiy ta’minot dasturi asosida ishlab chiqildi. Bu daromadning eng katta dasturi bo`lib, ishchi ishini tark etganda yoki nogiron bo`lib qolgandagi daromadni qisman o`rnini egallaydi. Yordam 65 yoshda yoki undan katta bo`lganlarga to`liq ko`rsatiladi (62 yoshda foyda bir muncha qisqartiriladi)75.
Boqimanda eri bo`lgan ayol bunday qo`shimcha olmaydi. Agarar ikki juft ham nafaqa olish huquqiga ega bo`lsa, u holda ayol o`zining nafaqasi va erining 50% qo`shimchasi orasida tanlov qilishi kerak.
Ishsizlik bo`yicha sug`urta. Bu dastur 1935-yilda xavfsizlik xaqidagi qonun asosida tashkil qilingan bo`lib, ishchilarni ishdan bo`shatish holatlarida imtiyozlar berishni o`z ichiga oladi. Bu sug`urta ish beruvchilarning solig`i xisobiga mablag` bilan ta`minlanadi. Haftalik ko`makning miqdori va davomiyligi bir shtatdan boshqa shtatga o`tganda o`zgarib turadi. Ko`pgina shtatlarda ishsizlar yaqin yillar davomida ko`mak olish xuquqiga ega bo`ladilar. Katta shtatlarni boshqaruvida bunday xuquqqa ega bo`lishi uchun odam (a) bandlik soxasida ma`lum miqdordagi haftalar orasida ishlab berishi kerak; (b) ishlash holatida bo`lishi; (c) ko`mak puli to`lanishiga davo qilishi va davlat ishida ro`yhatdan o`tgan bo`lishi; hamda(d) ishsizlik shu shaxsning mutaxasisligiga mos keluvchi ish o`rnining yo`qligini isbotlab bera olishi kerak.
Ijtimoiy sug`urta davlat tizimining harakterli jihati shundaki xuddi iqtisodiy sabablarga asoslangan holda demografik sabablarga tayanib ham soliqning doimiy ortib borish tendensiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy sug`urta tizimining iqtisodiy krizislari ijtimoiy sug`urtaga ajratilaigan soliqlarni keskin ortishiga majbur qiladi. Soliqlarning keying ortishi yanayam hatarli bo`lib “aholining keksayishi” tomoniga demokratik siljishning kuzatilishi bila bog`liq76.
2. Davlatning ijtimoiy ko`magi. Amerikaning boshqa qismida ijtimoiy taminot davlat tizimi ko`mak yoki nochorlarga yordam sifatida qabul qilinadi. Bu tizim 60-yillardan boshlab qora amerikanlar harakatining sodir bo`lishi bilan yuqori darajada va keng ko`lamda rivojlanib ketdi.
Davlat ko`magi dasturlari keng jamoatchlik “farovonligi” tushunchasi bilan sinonim hisoblanadi, ammo bundan tashqari yuzlab ijtimoiy ta`minot dasturlari mavjud. Jamoat ko`magi asosan qoldiq aspektladan tuzilgan bo`lib, shuningdek unga da`vo qilayotgan shaxslar undan foyda olish huquqiga ega ekanligini isbotlashi kerak bo`ladi. Bunda ijtimoiy sug`urtadan farqli ravishda ko`mak olish uchun maxsus oldindan qilinadigan to`lovlar talab qilinmaydi. Muxtojlik yordam ko`rsatish uchun asosiy mezon hisoblanadi77.
Kafolatlangan daromadni ta`minlash dasturi.Keksalar to`liq va doimiy nogironlar hamda ko`zi ojizlarni qamrab oladi.U 1974-yildan buyon amal qilinib kelinadi.Bu dasturga binoan yuqorida keltirilgan aholi qatlamiga federal hukumat ularni yashashi uchun minimal vositalar bilan ta`minlash (kafolatlangan daromad deb nazarda tutilgan) maqsadida pul yordamini to`lab beradi. Bu minimum o`ta past darajada ko`rib chiqiladi “nochorlik chegarasi”dagi daromad darajasining oltimish foizi.
Yordam berishning boshqa dasturlari, ularda pulli yordam ko`rsatiladi, - bu bolali yordamga muxtoj oilalarga ko`rsatiladigan ko`mak. Ular muhtojlik mezonlarini qabul qiladi mijozlarni, ko`mak hajmini tayinlaydi.
Oziq ovqat bilan ta`minlash ramkasida oziq-ovqat talonlari dasturi keng tarqalgan. 1981-yildagi qonunchilikka binoan “nochorlik chegarasi” da daromad 125 % dan ortmagan shaxslar yoki oilalar talon olish xuquqiga ega (bu ko`rsatkich taxminan 140-ming.dol.ni tashkil qiladi).
Boshqa oziq ovqat ko`maklari ham mavjud, masalan, maktab nonushtalari va bir yoshgacha bol`gan bolasi bor nochor onalarga oziq-ovqat tomonidan ko`maklashish.
Uy-joy subsidiyalari kam daromad oilalarga ko`rsatiladi va o`rtacha yiliga 2000 dollar miqdorni tashkil qiladi. Bu juda oz, chunki, Amerikada uy-joylarning narhi juda baland. Nafaqa, ishsizlik bo`yicha ko`mak, nochorlik bo`yicha ko`maklardan farqli ravishda, qaysiki davlat ijtimoiy ta’minot organlari shaxslarga ko`rsatishi lozim bo`lgan ko`mak, u yoki bu dasturlar bilan qamrab olinadi, uy-joy subsidiyalari esa har bir alohida vaziyatda bu organlar tomonidan ko`rib chiqilib, keyin muhtoj oilalarga ajratiladi.
Xususiy ijtimoiy sug`urta.AQSHda xususiy sug`urtaning ikkita shakli mavjud ish joyidagi kollektiv va individual. Kollektiv sug`urta muhim shakl hisoblanadi. Kasaba uyushma va kapitalistlar orasidagi kollektiv shartnoma aniq bir ijtimoiy to`lovlar va kafolatlarga ega bo`ladi. Biroq xususiy sug`urtaning analogik shakllari ham mavjud u ko`pgina sohalarda, xususan kasaba uyushma mavjud bo`lmagan firmalarda ham bosh o`rinni egallaydi.
Kapitalistlar eng avvalo xususiy su`g`urta “rejasida o`zining o`rnini va vazifasini k`orib chiqadi, eng avval ular nisbatan kvalifikatsiyalangan ishchi kuchi va ma’muriyat sifatida rolga kiradi.
Eng keng tarqalgani ish joylaridagi tibbiy sug`urta: bunda 1985-yilda 60% yo’llanma ishchilar va ularning oilalari jalb etilgan. Ko`pchilik ishchilarga xususiy nafaqalar katta ahamiyatga ega. Xususiy nafaqa tizimi davlat tomonidan ikkita qonun asosida boshqariladi AQSHning soliq kodeksi 1954-yil (1986-yilda o`zgartirish kiritilgan) va 1974-yildagi xususiy nafaqa ta’minoti haqidagi qonuni asosida. Maxsus federal agentlik ta’minlovchi fondlarning ta’minlovchanligini tekshirib, boshqarib turadi va kompaniyaning bankrotga uchraganida nafaqachilarni kompensatsiya summasini belgilab beradi.
3. G`arbiy Yevropa mamalakatlarida ijtimoiy himoya tizimi prinsipi va vazifasi.G`arbiy Yevropadagi deyarli barcha mamlakatlar ijtimoiy tahlika vaqtida ijtimoiy su`gurtadan foydalanadi va nochorlik chegarasidagi odamlarga ijtimoiy yordam ko`rsatadi. Biroq ijtimoiy sug`urta tizimi va ijtimoiy himoya bu mamalaktlarda turlicha amalga oshiriladi, hamda shunga bog`liq ravishda to`rt guruhga ajratiladi:
1.Sug`urta prinsiplari ustunlik qiladigan, individual su`gurta badallari bilan to`lovlar va ko`maklar bog`liq bo`lgan mamlakatlar;
2. Aholini ijtimoiy qo`llab quvvatlash kam ifodalangan, to`lov va ko`mak ko`proq individual talabga mos ravishda ajratiladigan, lekin soliq fondlari tomonidan mablag` bilan ta’minlanadigan mamlakatlar;
3. Birinchi va ikkinchi holatlar bo`icha oraliq o`rinda turgan mamlakatlar;
4. Ijtimoiy himoya endigina shakllanayotgan mamlaktlar.
Birinchi guruhga Germaniya, Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg kiradi. Bu mamlakatlarda ijtimoiy himoya shartnomaviy sug`urta prinsiplariga asoslanadi. Kam mehnat qiladiganlar su`gurta fondiga o`z daromadining ma’lum qismini to`lab beradi va bu ularga xizmatdan foydalanish huquqini beradi. Bir vaqtning o`zida ish beruvchilar o`zlari yollagan ishchilar nomidan sug`urta fondiga ma’lum miqdorda pul o`tkazadi.
Ko`pgina hollarda sug`urta fondidan to`lov olish uning oylik maoshi hajmi va ishchi va ish beruvchining badallaridan yig`ilgan summa miqdoriga bog`liq bo`ladi. Tibbiy xizmatlarda va oilaviy ko`maklar bundan mustasno. Bu tizimning asosiy maqsadi odamning kasallik, nogironlik va ishsizlik holatida uning turmush tarzini saqlab turish. Bunday tizim, odamning jismoniy hayoti davomidagi daromadlarini taqsimlash imkonini beradi.Barcha yevropa malakatlarida sug`ruta ijtimoiy himoiyani mablag` bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.ayrim hollarda fond soliq to`lovlari hisobiga milliy byudjet sarfini e’tiborga olgan ravishda kengaytirilishi mumkin.
Biroq bu guruhga taaluqli barcha mamlakatlarda davlat fuqarolar oldida ularning daromadi kafolatlangan minimum chegaradan tushib ketmasligini ta’minlashga javobgarlikni bo`yniga oladi, bu hol ishchining shu vaqtgacha qancha daromad olgan va keyin qancha olishidan qatiy nazar amal qilinadi. Bu tur to`lovlar umummilliy byudjetdan to`lanadi.
Sog’liqni saqlash ham sug`urta badallaridan mablag` bilan ta’minlanadi, biroq tibbiy xizmatning minimum to`lovi byudjet hisobidan kafolatlanadi. Tibbiy xizmat asosan fuqarolarning davlat hisobga qandaydir miqdorda pul o`tkazmalarini amalga oshirish hisobiga asoslanadi.
Ikkinchi guruh mamlaktlar Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya bo`lib, ular birinchi guruhdan ijtimoiy yordam sug`urta ajratmalariga kam bog`liqligi bilan farqlanadi. Bu mamlaktlarda davlat byudjeti mablag` bilan ta’minlashda bosh rolni egallaydi.Ijtimoiy to`lovlar va ko`mak bir maromda taqsimlanadi.Insonlar muhtojlikda tengdir go`yasi uning asosida yotadi. Shuning uchun ijtimoiy yordam uning avvalgi daromadidan emas balki, talabdan kelib chiqqan holda ko`rsatilishi kerak. To`lovlar va yordam orasidagi farq ijtimoiy to`lovlarning majburiyligi, barcha fuqarolar undan foydalanish huquqiga ega, yordam esa ijtimoiy tahlika xarakteri va muxtojlikka bog`liq ravishda hammaga ham emas balki muxtojlargagina ko`rsatiladi. Bunday mamlakatlarda tibbiy xizmat asosan ijtimoiy sektorda jamlanadi.
Uchinchi guruhga Niderlandiya va Italiya kabi mamlakatlar kiradi, unda aralash ijtimoiy ta’minot kuzatiladi. Biroq ularning sistemasi birinchi guruhga yaqinroq.Lekin aniq farqi ham kuzatiladi.Italiyada masalan, kafolatlangan minimum daromadlarni to`lab berish majburiyatini davlat o`z zimmasiga olmaydi.Bunday kafolatlarni alohida sohalarda mahalliy hokimyatlar beradi xolos. Niderlandiyada esa aksincha, ijtimoiy ta’minot yuqori darajada ko`rib chiqiladi va tizim har bir mamlakat aholisini qamrab oladi.
To`rtinchi guruhga Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kiradi.Bu mamlakatlarda ijtimoiy himoya endigina kurtak yozmoqda.Bu mamlaktlarda kafolatlangan minimal daromad yoq.Hamda ijtimoiy ta’minot hammani qamarab olmaydi.
Har bir mamlaktda har bir yangi bola uchun yordam miqdori ortib bormoqda. Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya va Buyuk Britaniya bundan mustasno, chunki, ko`mak hajmi ikkinchi yoki uchinchi farzanddan keyin o`zgaradi. Belgiya, Germaniya, Italiya va ayniqsa Fransiyada ikkinchi farzanddan boshlab to`lov ortib boradi.
Ko`pgina mamlakatlarda homiladorlik va tug`ruq bo`yicha ko`maklar orttirilgan. Bunday siyosat ish, karyera va uy hamda oila haqida g`amxo`rlikni birlashtirishga yo`naltirilgan. Shu bilan birga oxirgi besh yillik ichida ko`pgina mamlakatlarda homiladorlik va tug`ish ta’tili muddati cho`zilgan. Hozirda eng uzoq muddat Daniyada (28 hafta) va Fransiyada (26 hafta). Qolgan mamlakatlarda u 13-20 hafta orasida o`zgarib turadi.
Ijtimoiy ta’minotning Yevropa modeli. Turli mamkatlarda masalaning bir xilligi va bir jinsliligiga qaramay tarixiy shartlar va turli qarashlar hamda usullar bilan hal etilar edi. Ijtmoiy himoyaning Yevropa modeli keng qamrovliligi bilan farqlanadi.Ijtimoiy himoyaning Yevropa modeli umumiy faravonlikka tayanadi, uning asosida “insonlarning tabiiy huquqlari” yotadi. Bu nazariyaning asosi barcha fuqarolarni hayotiy rejalarini amalga oshirishni o`z zimmasiga olish, ijtimoiy tenglik va odillikni orttirishni nazarda tutadi. Davlat barcha fuqarolarni rivojlangan ijtimoiy sistemaga birlashtiradi, tibbiy, ta’lim, psixologik, yuridik va boshqa zaruriy xizamatlar bilan ta’milaydi.
Davlatning umumiy faravonlik konsepsiyasi.“Davlatning umumiy faravonligi” tushunchasi ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo`ldi. Biroq 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlarida bu nazariya tanqidga uchray boshladi. Ijtimoiy iqtisodiy sharoit va odamlar ehtiyojining o`zgarishi buning asosiy sababi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar ekspertlarining fikricha, 80-yillarning ikkinchi yarmida g`arbiy mamlakatlarda ijtimoiy ta’minot turli ijtimoiy to`lovlar ko`rinishida aholini qamrab olishni vazifa qilib yuklatgan.90-yillada bu sistemani o`zgargan iqtisoidy sharoitlarda o`zlashtirish bosh vazifa tusini oldi. Bunda resurslar o`ta chegaralangan va ishsizlar soni yuqori darajaga yetgan edi.
Tug`ilishning kamayishi va umrining uzayishi Yevropada aholining qarib borishiga olib keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklar, g`arbiy yevropa mamlakatlarida aholining boshidan o`tayotgan va uning oqibatlari natijasida ijtimoiy dasturlar qatorining o`zgarishiga o`z xissasini qo`shdi desak hato bo`lmaydi. Iqtisodiy to`ntarilish, byudjet tanqisligi, aholining qarishi, ishsizlar va nochorlar sonining ortishi, noto`kis oilalarning sonini ortishi davlatning ijtimoiy siyoastini tubdan o`zgartirib yubordi.
Shu bilan birgalikda g`arbiy yevropa mamalakatlari to`liq “davlat farovonligi” dan voz kechdi. Bu aholining davlat muxtojlarga yordam ko`rsatishi kerak degan fikrining paydo bo`lishi bilan bog`liq. Turli yo`nalishlardagi siyosat G`arbiy Yevropa malakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimini davom etishini qo`llab-quvvatlaydi. O`n yil davomida to`plangan ijtimoiy ko`mak hajmi bozor iqtisodiyotida o`zining ijtimoiy faoliyatini amalda qo`llash imkonini beradi. Deyarli barcha mamlakatlar ijtimoiy tahlika vaqtida ko`pgina aholi uchun ijtimoiy sug`urtadan foydalandi: keksalik, kasallik, nogironlik, ishsizlik, va boshqa holatlarda ijtimoiy k`omak ko`rsatiladi.
4. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoya institutlari. Jahon amaliyotining tahlili to`rtta asosiy institutni ajratish imkonini beradi:
1) mehnatga layoqatsiz, ishsiz, daromad manbayining yo`qligi hamda o`zini moddiy tomondan ta’minlay olmaydigan shaxslarga beriladgan ijtimoiy yordam. Ijtimoiy yordam hajmi avvalgi daromad miqdoriga bog`liq emas. Ayni ijtimoiy himoya institutining xarakterli jihati davlatning shartnomasiz ijtimoiy-iqtisodiy yordam berishi va aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ko`maklashish. Ko`mak muxtojlikka tekshirilgandan keyin to`lab beriladi, asosiysi esa turmush kechirishga yetarli miqdorda talabni qondirishning iloji yo`qligi. Ijtimoiy yordamning mablag` bilan ta’minlovchisi saxovat fondlari hisoblanadi.
2) Ijtimoiy va nafaqa ta’minoti, ijtimoiy sug`urta ko`rinishida amalga oshiriladi, bular iqtisodiy faol aholi qatlamini himoya qilish instituti hisoblanadi (nafaqaga yetish yoshi hisobga olinadi). Mablag` bilan ta’minlash manbayi ish beruvchilar badali, jismoniy shaxslar (ishchilar) badali va davlat byudjeti hisoblanadi.

  • Ijtimoiy himoyaning umumiy prinsiplari quyidagilar:

  • jamiyatning barcha qatlamlarini tumush tarzini yaxshilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy javobgarligi;

  • zarur vaqtda tibbiy va ijtimoiy yordam bilan ta’minlash;

  • ishlovchi aholini ijtimoiy va professional xatarlardan himoya qilishning umumiy xarakteri;

  • ijtimoiy himoyani jamiyatning barcha jabhalariga kengaytirish.

Yuqoridagi prinsiplardan kelib chiqib, aholini ijtimoiy himoya qilishning zamonaviy dunyo amaliyotida ijtimoiy himoyaning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqildi:

  • aholini bir birini o`rnini boshuvchi ko`maklardan foydalanishi o`rniga bir xil yo`naltirilgan yagona ko`makka kiritish;

  • muxtojlikni tekshirgan holatda muhtoj deb aniqlangan aholi qatlami kategoriyasi reglamentida qattiqqo`lilikkarioya etish;

  • turli ilg`or ijtimoiy sohalarda (sog`liqni saqlash, ta’lim, uy-joy xo`jaligi) jamoat sektorini rivojlantirish. Bunda ushbu sohalarning mablag` bilan ta’minlanishida faol ishtirok etish talab etiladi;

  • markaziy va mahalliy byudjet orasida mablag` taqsimotini amalga oshirish;

  • ijtimoiy jabhada xo`jalik va nokommersial tahkilotlar shakllarini rivojlanishi;

  • ijtimoiy sohani mablag` bilan t’aminlash dasturlari, ijtimoiy normativlardan foydalnish va ishlatilgan mablag`dan foydalanishni nazorat ostiga olish;

  • ijtimoiy buyurtmani shakllantirish va xo`jalik faoliyatidagi subyektlarni jalb qilish.

Ijtimoiy ishchi kasbi barcha odamlarning faravonligini ta’minlashga intiladi va faravonlikka erishish uchun ko`maklashadi. Ayniqsa, nochorlik ko`lamini qisqartirih alohida ahamiyatga ega.
Ijtimoiy ish doimo nochorlikni kamaytirish bo`yicha faoliyat olib borishga yo`nalgan ko`pgina amaliyotchilar aholining qashshoq qatlamiga xizmat ko`rsatishga e’tiborini qaratadi.
Nochorlik global xarakterga ega, har bir jamiyat qashshoq deb atalmish qatlamga ega.Ayrim jamiyatlarda ahlining 95% qashshoqlikda hayot kechiradi.Ijtimoiy ishchilar nafaqat Amerika Qo`shma Shtatlarida balki butun dunyo miqiyosida nochorlikka qarshi kurashadilar. Ijtimoiy ish mutaxasisilari turli tizimlarda ishlashga majbur, bu tizimlar ta’lim, sog`liqni saqlash, siyosiy tizim va biznes bo`lishi mumkin.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling