Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
- mavzu. Oilalar va yoshlar, bolalar bilan ijtimoiy ish
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
7 - mavzu. Oilalar va yoshlar, bolalar bilan ijtimoiy ish
Reja: Bolalar ehtiyojlari. Bolalarga nisbatan nomunosib muomala profilaktikasi. Yoshlar o‘ziga xos ijtimoiy-demografik guruh sifatida. Yoshlar va bolalarning ijtimoiy himoyasi. Yoshlar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Xatar guruhidagi bolalar va yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Horij mamlakatlarda ota-onasi qarovsiz qolgan bolalarni joylashtirishni muqobil shakillari. Oilalar bilan ijtimoiy ish usullari (aralashuv, baholash, oilaviy terapiya, fokus guruhlar va boshq.). Tayanch iboralar: Bolalar ehtiyojlari. Har-xil bolalar toifalarni ijtimoiy himoyasi. Bolalarga nisbatan nomunosib muomala profilaktikasi. Yoshlar o‘ziga xos ijtimoiy-demografik guruh sifatida. Yoshlar va bolalarning ijtimoiy himoyasi. Yoshlar va bolalarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Xatar guruhidagi bolalar va yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish. Horij mamlakatlarda ota-onasi qarovsiz qolgan bolalarni joylashtirishni muqobil shakillari. Oilalar bilan ijtimoiy ish usullari (aralashuv, baholash, oilaviy terapiya, fokus guruhlar va boshq.). Amaliy ijtimoiy ish bosqichlari. Oila va uning doirasidagi guruhlar bilan ishlashning samarali amaliyoti. 1. Bolalar ehtiyojlari. Turli madaniyat va an’analari bilan mos keluvchi ko`pgina bolalar haqida qanday asoslarda tasavvur paydo qilish mumkin. Bolalar huqulari haqida BMT Konvensiyasiga mos ravishda (1989) 18-yoshgacha bo`lganlar agar davlat va milliy qonunchilikda voyaga yetishning ertaroq davri k`orsatilmagan bo`lsa, bola deb tan olinadi. Bugungi kunda rus jamiyatida bolalar soni 38-39 mln.ni tashkil qiladi, bu aholining deyarli 27% ni tashkil qiladi. Bolalar sonining bunday katta qismni egallashi demografik tuzumda bolalarni ijtimoiy himoyalash muammosi, ularga kerakli ko`makni berish va qo`llab quvvatlash ijtimoiy va davlat ahamiyatida keng o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda bolada nima kuzatilayotganing baholashda yosh davrlari va rivojlanish bosqichlarini har birini o`rgangan holatda barcha aspektlarni baholash talab etiladi. Bu bola kerakli darajaga yetishganligi haqiqdagi bilimlarni o`z ichiga oladi. Yomon munosabatda bo`lgan bolalar turli jarohatlar yoki psixologik siqilish natijasida rivojlanishdan ortda qolishi mumkin. Bola har bir bosqichda nimaga erishishi mumkinligi haqida aniq ma’lumotga ega bo`lish kerak, shu yo`l bilan bolaning potensialini rivojlantirish mumkin. Madaniyat va odamlarning qaysidir jamoaga aloqadorligiga binoan odamlar boladan turlicha narsa kutishi mumkin. Bular bolaga biron sharoitda yashab qolish imkonini beradi. Bolanining rivojlanish darajasini baholash vaqtida uni qurshab turgan muhitga e’tibor berish lozim. Bolalar, yoshlar va oilalarning ehtiyojlari bilan bog`liq ehtiyoj va tendensiyalar qanday, muammo turi va masshtabi, bolalar va o`smirlarning ta’siri ularning oilasining ta’siri, muammoga duch kelgan oilalarning tanazzulga duch kelish, faktorlari qanday? Bolalar, yoshlar va olilarning muammosini hal etish yoki uni yengillashtirishga yo`naltirilgan siyosat va xizmatlar qanday, shuningdek bu ko`maklarni amalga oshirish va uning siyosatini yo`lga qo`yilishi qanday amalga oshadi78. Bolalar ehtiyoji muammosini hal etish va oilalar, bolalarni qiziqishlarini to`g`ri yo`naltirishda faol qatnashishi kerak. Ba’zan hattoki eng maqbul aralashuv ham e’tiborli bo`lishi mumkin, bolaning qiziqishlari oilaning boshqa a’zolari tomonidan ham yo`naltirilishi kerak bu holatlarda. Bunda bolaning turar joyi haqida to`g`ri qaror qabul qilinishi kerak (bola oiladagilar bilan qolgani ma’qulmi yoki boshqa joyga o`tkazilganimi). Bu holatda asosiy muammo nima: bolaning eng yaxshi qiziqishlarini hisobga olishmi, yoki ota-ona qiziqishlari, yoki bo`lmasa butun oilaning qiziqishlarimi?ekspertlarning fikricha ota-onalarning ham fikri inobatga olinishi kerak deb qaralsada, baribir birinchi o`ringa bolaning qiziqishlarini qo`yish kerak deb hisoblanadi. Bolalar qiziqishlarini amalga oshirish muammosiga yo’naltirilgan ayrim tadqiqotlarda ushbu savol keng muhokamaga qo’yilgan. Mualliflarning takidlashicha bolaning qiziqishlarini aniqlash ko’pincha qaror qabul qiladigan yoki unga ta’sir ko’rsatadigan, ammo hech qanday tajriba yoki yetarli bilimga ega bo’lmagan shaxslarga bog’liq hisoblanadi. Natijada bolaning eng maqbul qiziqishini yuzaga chiqarish uchun bir necha alternatevlar orasidan zararliligi eng kam bo’lgani tanlab olinadi79. Boshqa tadqiqotchilar ham xuddi shunday xulosaga kelishdi80. Hozirgi kunga kelib qonunchilik bolalarga ayrim holatlarda ularni ijtimoiy himoya qilish uchun, masalan ota-onalik huquqi cheklangan holatda boquvchilar tayinlash yo’lga qo’yildi (ularga kam miqdorda cheklovlar qo’yiladi). Boquvchi tayinlashning birdan bir maqsadi bolalar qiziqishining eng maqbulini yuzaga chiqarish va ongli qiziqishlardan kelib chiqqan holatda sudga taqdim etish hisoblanadi. Bolaning ota-ona va davlatning ijtimoiy himoya xizmatlari bola qiziqishlari haqidagi fikrini tinglagandagina yanada ahamiyatliroq bo’ladi. Goldshteyin va uning hamkasblari (1996) bolaning hayotidagi o’zgarishlarni rejalashtirishda kim qatnashishi kerakligi haqidagi savolni ko’rib chiqdi. Hozirgi kunga qadar bola kimda tarbiyalanishi kerak degan muammo asosan biologik ona yoki ota foydasiga hal qilinar edi. Keyinchalik esa bola tarbiyasida qarindoshlar yoki boqib olgan ota-onalarga bola tarbiyasi yuklatilar edi. Undan keyin esa har doim ham bolaning biologik ota-onasi hisoblanmagan ota-onalar zimmasiga yuklatila boshladi81. Bolaning rivojlanish ehtiyojlarinin baxolash parametrlari qanday? Salomatlik. O’sish va rivojlanish jismoniy va aqliy holatini yetilishini o’z ichiga oladi. Nasliy yoki barcha jarohatlovchi faktorlar inobatga olinishi kerak. Kerakli tibbiy xizmat, to’g’ri va to’liq ovqatlanish jismoniy zo’riqish, vaksinatsiya o’sishni tekshiruvdan o’tkazish, ko’z va tish doktorlari kuzatuvi ostida bo’lishini o’z ichiga oladi. Katta yoshli bolalar uchun salomatligiga ta’sir ko’rsatadigan jinsiy yetilish va turli birikmalarni noto’g’ri qo’llash natijasida kelib chiqadigan muammolar yuzasidan maslahat va axborot berish kerak. Ta’lim. Bolaning tug’ilganidan boshlab barcha aqliy yetilish sohalarini o’z ichiga oladi. Bolaning boshqa bolalar bilan o’ynab muloqat qilishi, kitoblarga qiziqishi qator qiziqish va ko’nikmalarga ega bo’lishi, omad va muvofaqqiyatlarni his etish imkoniyati uni yanada takomillashtiradi. Bola rivojlanishining ushbu xolatini e’tiborga oladigan va ta’limdagi istalgan ehtiyojini qondirishga qurbi yetadigan katta yoshli odam bo’lishi zarur. Emotsianal rivojlanish va xulq atvorning rivojlanishi. Bola turli sezgilar va harakatlar ko’rinishida namoyon qiladigan adikvat reaksiyalar ko’rib chiqiladi, avvaliga ota-ona yoki nisbatan yaqin boshqa kattalar davrasida keyinchalik bola rivojlanishi bilan oila tarkibiga kirmagan notanish odamlar davrasida namoyon bo’la boshlaydi. Avvalgi bog’liqliklar tabiati va sifatini, temperament xarakterini o’zgarishlarga moslashuvchanlik stressga javob reaksiyasi va o’zini boshqarish darajasini o’z ichiga oladi. Iditifikatsiya. Bolada shaxsiy individual xususiyatlarini shakillanishi bilan bog’liq. Quydagilarni o’z ichiga oladi: bolaning o’z o’ziga munosabati va o’zining qobilyatlariga qanday qarashi, ozini baholash tartibi, oziga bo’lgan munosabatning ijobiyligi. Shu yerda irqiy, diniy kelib chiqish, yoshi, jinsi va jinsiy munosabati, cheklangan imkoniyatlarni ham inobatga olish mumkin. Oilaga aloqadorlik hissi oilaviy sharoit, tengdoshlar davrasi va boshqa guruhlarni ham ko’rsatish mumkin. Oila va ijtimoiy aloqalar. Impatiyaning rivojlanishi va boshqalarning o’rniga o’zini qo’yib ko’rish holati. Ota-ona yoki ularning o’rnidagi boshqa odamlar bilan stabil va emotsional aloqasini, aka singillari bilan yaxshi munosabatda bo’lishini tengdoshlari va uning hayotidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan odamlar bilan do’stona munosabatga kirisha olish hamda bu munosabatlarga oilaning munosabatini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy namoyish. Bolaning tashqi ko’rinish xulq-atvor yoki tashqi muhitdan kamchilik sifatida qabul qilinadigan xususiyatlar va taasurot sifatida shakillanadigan holatlar haqidagi o’sib borayotgan tushunchalarni e’tiborga oladi. Keyin ishning yoshga mosligi, jinsi, madaniyati, va diniga to’g’ri kelishi, tozalik va shaxsiy gigiyena, ota-ona yoki ularning o’rnidagi odamlar tomonidan turli sharoitlardagi namoyish haqidagi maslaxatlarni berilishini o’z ichiga oladi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nikmalari. Bolaning amaliy emotsional va komunikatsion ko’nikmalarni o’zlashtirishni e’tiborga oladi. Avvalgi keyin osh va ovqatlanish amaliy ko’nikmaklarni qo’llash, oiladan tashqarida ishonch va amaliy ko’nikmaning uyg’onishi, katta yoshli bolalar uchun mustaqil yashash ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. Ijtimoiy muammolarni hal qilishda ko’nikmalar uyg’otadi, bolaning cheklangan imkoniyatlari yoki o’ziga xizmat ko’rsatish ko’nikmalarni rivojlantirishga ta’sir qiluvchi boshqa ijtimoiy holatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Bolalarda ijtimoiy muammolar birinchidan ularning obektiv psixofiziologik, aqliy va ijtimoiy mavqiy, ikkinchidan ular yashaydigan jamiyat holatidan kelib chiqadi. Har bir jamiyat uchun bola hali hayot faoliyatini cheklovchi siestemalarning mavjudligi muammoning xarakteri va tarkibini o’rganishga yordam beradi. 2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning asosiy kategoriyalari. Bolalar kattalar ularning huquqlarini oyoq osti qilishlaridan jabr chekadi, kattalar ham bundan aziyat chekadi lekin bolalar nisbatan zayif hisoblanadi. Bunday yomon munosabatlarga quydagilarni misol qilish mumkin: Davlat martabasidagi shaxslar tomonidan qiynoqqa solinishi; Juda daxshatli sharoitlarda noqonuniy yoki, besabab ushlab turilishi; O’lim zarar keltirish yoki o’z uylarini tark etishga majburlash, qurolli to’qnashuvlar natijasida; Ijtimoiy yoki etnik tozalash niqobi ostida o’ldirish yoki, taxqirlash; Zo’rlab yoki xavfli ishlarda ishlatish; Noqonuniy qurollangan teroristik guruhlarga majburiy qo’shilishga undash; Bolalarni sotish va foxishabozlikka undash. Bolalar ko’pincha shavqatsiz munosabatlardan aziyat chekadi, voyaga yetmaganlar turli organlarda zo’rliklarga uchraydi. Shu bo’yicha Amnesty International (1999) ularni ko’pincha urib tahqirlashadi yuridik huquqlarini poymol qilishadi, ularning ota-onalariga qayoqdaligini ma’lum qilishmaydi. OIV bilan og`rigan bemorlar jamiyatdan ajrab qolish xavfiga ko`proq tushadilar. Ular nochorlar orasida notekis taqsimlanadi, ular mehnat qila oladilar hamda 5 yil muddatda o`lishi mumkin (YUNISEF 2006)82. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar asosan quyidagi kategoriyalarga ajratiladi: Ko`nikmaga ega bo`lmagan bolalar, ijtimoiylashuv, ijtimoiy faoliyat yuritish va ijtimoiy rivojlanish jaryonlarining buzilishi xos hisoblanadi. Haqiqatda oilaning ichki muhitini butunlay buzib yuboradigan va aloqalarga ta’sir qiladigan “hech kim”ga xos bo`lmagan xususiyatli holatlarning bolalarga tas’iri, ota-onaning bolaga e’tiborsizligi, o`z majburiyatlaridan qochish holatlari ham kuzatiladi. Bu kategoriyadagi bolalar baxtga qarshi ko`pchilikni tashkil qiladi. Bu toifa bolalarga ota-ona qarovidan mahrum, e’tiborsiz va g`amxorlik ko`rmagan, kattalar tomonidan umuman ijobiy ta’sir ko`rsatilmagan bolalar guruhini tushunish kerak. Bunday bolalarning jamiyatdagi soni haqida aniq bir xulosa mavjud emas, lekin ko`pchilik ekspertlar va mutaxassislar gap bir necha o`n ming odam haqida borayotganini aytib o`tmoqda. Nazoratsizlik bolalar asotsial yoki hattoki antisotsial aloqlarni shakllantirishiga ham olib keladi. Ularning xulq-atvor normalari jamiyat tomonidan ijobiy qabul qilinmaydi. Aynan shu jabhada jinoyatchi, yosh foxishabozlar. Bolalarni iqtisodiy ekspulatatsiyalovchi bolalarning shakllanishiga asos yaratiladi. Ko`nikma hosil bo`lmagan bolalar guruhiga ko`pgina tashlandiq bolalarni ham kiritish mumkin. Bilamizki, bu toifa bolalar turli yoshda va holatda bo`lishadi. Ko`pincha og`ir yoki tuzalmas kasalliklar bilan og`rigan yangi tug`ilgan go`daklar, jismoniy yoki psixik patologiya bilan tug`ilgan bolalar uchraydi. Bu yangi tug`ilgan go`dakdan voz kechish, ularni vokzal, poyezd, yoki ahlatxonalrda tashab ketish demakdir. Farzandidan kechish sababi asosan ichkilikbozlik, kashandalik, tekinxo`rlik, nochorlik, jinoiy turmush tarzi hisoblanadi. Qarovsiz bolalar ota-ona yoki davlat qaramogida bo`lmagan, doimiy yashash joyiga ega emas, ijobiy xislatlarni ro`yobga chiqarish davridagi, hamda parvarishga muxtoj, tarbiyasiz bolalar hisoblanadi. 2. Kattalar tomonidan qattiqqo`llik bilan munosabatda bo`lnadigan bolalar. Qattiq munosabatga duch kelayotgan bolalarning miqdori haiqda aniq ma’lumot mavjud emas. Buning sababi bolalarga nisbatan latent holatdagi munosabatda bo`lish hisoblanadi. Jamiyatda bolalar bilan munosabatni boshqaruvchi rasmiy va norasmiy idoralar bor. Ko`pgina hollarda bolaga ko`rsatilayotga istalgan qattiq munosabatni ko`rib chiqadi. Shuning uchun qonunni buzish holatlari o`ta qiyinchilik bilan tahlil qilinadi. Uning yashirin xarakterga egaligi bilan bir qatorda uning bola hayotining turli jabhalariga tarqalish xarakterining mavjudligi ham bor (oilada, maktabda, bog`chada, ko`chada). Bundan tashqari, mutaxassislar bola unga yaqin odamlar tomonidan qattiq munosabatga uchrashini aytib o`tadi (ulart ota-ona, qarindosh, pedagog va do`stlar). 3. Spetsifik ijtimoiy va shaxsiy talab va muammolarga ega bo`lgan bolalar: davlat va jamiyat tomonidan ko`rsatiladigan ko`makka muhtoj. Bu ijtimoiy qatlamga boshqa bolalardan o`zining ehtiyoji va uni qondirish resurslarining chegaralanganligi bilan farqlanadigan bolalar kiritiladi. Uning spetsifikligi bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishidadir (bola nogiron bo`lishi mumkin, yoki yuqori aqliy salohiyatga ega bo`lishi mumkin.). 4. Qurolli to`qnashuvlar hududidagi bolalar. Millionga yaqin bolalarning hayoti urush ostida o`tib bormoqda. Ko`pchilik uchun bu holat u qachonlardir guvohi bo`lgan yagona voqelik. Boshqalar qochishga majbur va nihoyat qochoqlar o`z oilalarida yiroqda bo`ladilar. 5. OIV/OITS bilan og`rigan bolalar, uning asosiy aybdorlari kattalar bo`lib ularni xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum etganlar. Butun dunyoda 15 mln bolalar OITS natijasida bitta yoki har ikki ota-onasidan ayrilgan. Mln.ga yaqin bolalar zaif, chunki, kasallik salomatlikka xavf soladi. Shuningdek millat va jamiyatning taraqqiyotini cheklaydi. Kasallikning uzoq vaqt cho`zilishi va nihoyatda ota-onasining o`limi bolalarga kuchli ta’sir o`tkazadi, bunda ular parvarishlash, davolash va boqish muammolarini o`z zimmasiga kattalar singari oladi. Yashab qolgan bolalar jamiyatda doimiy xo`rlik va malomatlar ostida hayot kechiradi (YUNISEF, 2006. 16 bet).. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling