Fanning maqsadi va vazifalari.
Ijtimoiy ishga kirish fanining asosiy maqsadi talabalarda mutaxassislik to‘g‘risida ma'lumotlarga ega bo‘lishi, fanning mazmun mohiyati, o‘ziga xosligi, ijtimoiy ishning etik me'yorlari, ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari, ijtimoiy ishda antidiskriminatsion amaliyotni ko‘rsata bilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarni yuqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
Fan bo`yicha talabaning malakasiga qo`yiladigan talablar.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
jamiyatning ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalarining mohiyati va xususiyatlarini;
davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
ijtimoiy ishning o‘ziga xos faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini;
ijtimoiy ishning etik me'yorlari va qadriyatlarini;
ijtimoiy ish nazariyalarini ijtimoiy ishchi tomonidan amaliy faoliyatga tadbiq qilish orqali bilish;
ijtimoiy ishda tadqiqot metodlari va ular bilan bog‘liq malakallar bilan tanishtirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat. Zamonaviy jamiyatlarda ijtimoiy ishning urni va roli. rivojlanish istiqbollarini ochish berish tasavvurga ega bo‘lishi;
Tarixiy-qiyosiy metod asosida talabalarga chet eldagi va vatanimizdagi xususiy, jamoatchilik va davlat tomonidan ijtimoiy yordam amaliyotining o‘ziga xos tomonlari haqida tushuncha shakllantirish.
Talabalarda dunyo mamlakatlarida aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning tarixiy amaliyotiga tizimli, tanqidiy, qadriyatli munosabatni shakllantirish.
Talabalarga tarixiy tahlil asosida uning ijtimoiy ishning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini,uning institutsional shakl va modellarini baholashni o‘rgatishnishi bilishi va ulardan foydalana olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |