Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy sabablari


Download 1.59 Mb.
bet26/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

2. Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining tarixiy sabablari. Ijtimoiy ish ildizlari ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga borib taqaladi.21
Kasb chuqur umumiy va maxsus tayyorgarlik va ishlash tajribasi natijasida egallangan maxsus bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘plamiga ega insonning faoliyat, mashg’ulot turidir.
Kasb rivojlanishining mantiqi shundaki, ular boshlanishda odamlarning ma’lum bir talablaridan paydo bo‘ladi. Keyin amaliy tajribani yig’ish va uni chuqur mulohaza qilish amalga oshiriladi. Kasbiy faoliyatning nazariy bazasi shakllantiriladi. Kadrlarni tayyorlash masalasi hal qilinadi. Mutaxassisning amaliy faoliyatiga ilmiy asoslar beriladi, bu tashqaridan, kasbiy jurnallar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlarning paydo bo‘lishida aks etadi; kasbiy tashkilotlar yaratiladi.
Turli shakllar va nomlar bilan ataladigan ijtimoiy ishchining kasbi turli tarixiy va turli madaniy-tarixiy davrlardan buyon ma’lum. Ijtimoiy ishning birinchi marta tilga olinishi miloddan avvalgi 1750yilga taalluqlidir. Bu vaqtda Bobilda adolat kodekslari – fuqarolik aktlari yaratilgan bo‘lib, ular odamlarni o‘z yaqinini sevishga, kambag’allar to‘g’risida qayg’urishga chorlaydi. Qadimgi Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya” (yunon tilidan tarjima qilinganda “insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash” ma’nosini bildiradi) sifatida ma’lum bo‘lgan, Rimda esa– “xalq an’anasi” sifatida. Qadimgi inklar yordam berish jarayonini “minka” deb, ma’jusiy slavyan qabilalari “slepnya” deb ta’riflaganlar. Rossiyada ijtimoiy ish 1864 yildagi yer islohotlarini o‘tkazish davrida paydo bo‘ldi, lekin u paytda bu nom bilan atalmagan edi. Ijtimoiy ishchilarning e’tiborini ko‘rlarga, kambag’allarga, qarovsiz bolalarga, nasabsiz va boshpanasiz yoshi katta odamlarga qaratish bo‘yicha funksiyalarni maxsus vakillar bajarganlar. Bu faoliyatning muvaffaqiyati, boshqa istalgan har qanday faoliyatdagi kabi, odamlarning bilimlariga, hayotiy tajribasiga va kasbiy mahoratiga bog’liq edi.
Masalan, XX-asrda SSSRda ijtimoiy xizmatchilarning vazifalarini kommunistik partiya va kasaba uyushmasi vakillari hamda ijtimoiy sohaning turli muassasa lari xizmatchilari bajarganlar. Ijtimoiy ishga kasb sifatida o‘qitish Rossiyada XX-asrning 80-yillari oxirlarida boshlandi. O‘shandayoq turli muassasalarga bo‘ysunishiga bog’liq ravishda ko‘plab ixtisoslikka ega bo‘lgan yangi integratsiyalashgan kasb-“ ijtimoiy ish“ paydo bo‘ldi22.
Ijtimoiy xizmatchilarni kasbiy tayyorlashning birinchi dasturlari XIX-asr oxirida Amsterdamda, keyin Berlinda, Londonda paydo bo‘ldi, bu ijtimoiy ishning kasbiy darajaga o‘tishini anglatardi. Bunda ijtimoiy tashxis qo‘yishda va ijtimoiy ish usullari va vositalarini tanlashda umumiy axloqiy mezonlarga emas, balki ilmiy asoslangan kasbiy yondashishga amal qilinadi. Ijtimoiy ko‘mak natijasi insonning o‘zini ham, ijtimoiy muhitning ham o‘zgarishlari hisoblanadigan tadbirlar majmui hisoblana boshladi. Butun XIX-asr davomida ijtimoiy ishchilar tomonidan asosiy tezis, ya’ni insonning ijtimoiy xastaliklarini davolash uchun shaxsning imkoniyatlari va uning ijtimoiy muhitini, eng avvalo uning oilasini erkinlashtirish va rivojlantirish, yuksaltirish kerakligi haqidagi bosh tezis qaror topdi.
Jahon amaliyotidagi zamonaviy yondashuv ijtimoiy ish, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘naltirilgan faoliyat shakllaridan biri ekanini aniq-ravshan tushunishda. Shu nuqtai nazardan ijtimoiy ish jamiyatdagi ijtimoiy kelishmovchiliklarni va ziddiyatlarni qat’iy to‘xtatib turadigan vosita hisoblanadi va unga jamiyat va davlat qanchalik ko‘p mablag’ ajratsa, u shunchalik samaraliroq bo‘ladi. Demak, jamiyatning katta qismini oldindan tayyorlamasdan va roziligini olmasdan ijtimoiy qayta taqsimlashga yo‘g’rilgan zamonaviy Rossiyaga tadbiq qilinsa, ijtimoiy xizmatlarning jadallik bilan rivojlanishi, ijtimoiy ishga jamoat birlashmalarini, xayriya jamg’armalarini, ijodiy va kasbiy ittifoqlarni, konfessiyalarning qo‘shilishi siyosiy masala va ayni paytda milliy xavfsizlik sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Bizning mamlakatimizga ijtimoiy ish amaliyotida, uning paydo bo‘lishidan boshlab hozirgi vaqtgacha, ijtimoiy pedagogikaning asosiy, hal qiluvchi rol o‘ynashi xosdir. Bunda “ijtimoiy pedagogika” tushunchasi “maktabdagi ijtimoiy ish” tushunchasiga teng emasligini tushuntirish muhim. Ijtimoiy pedagogika yoki sotsiumdagi pedagogik munosabatlar aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati uchun ilmiy asos sifatida ko‘riladi. Bu sotsiumdagi munosabatlarga tashxis qo‘yish, ularni aniqlash va pedagogik maqsadga muvofiq ta’sir etish imkonini beradi.
Ijtimoiy ish va ijtimoiy pedagogika muammolarining ko‘lami katta va o‘zida hayotiy vaziyatlarning juda ko‘p qirralarini va turli yoshdagi va ijtimoiy holatdagi odamlarning kolegiyalarini mujassamlashtiradi.
Ijtimoiy ta’minotning birinchi agentliklari 1800-yillarda shahar hududida yashovchi odamlarning ehtiyojini qondirish maqsadida tashkil etildi. Bu tashkilot xususy agentlik bo`lib, birinchi navbatda ma’naviy va diniy targ`ibotlarni amalga oshirar edi. 1900-yillarning boshiga qadar bu xizmatlar faqatgina ma’naviy targ`ibotchilar va boylarga ko`rsatilar edi.
1820-yilda tashkil qilinga Djon Gayskiy boshchiligidagi ijtimoiy ta’minot xizmatlarini ko`rib chiqadi. Jamiyatni o`rganish maqsadida a’zolarini odatlari va o`zlariga xizmat ko`rsatish darajasi inobatga olinar edi. Shu maqsadda ular nochorlarning uylariga borishar va buni ijtimoiy ishning elementar shakli deb hisoblashar edi23.
G’arb mamlakatlari jamoatchiligi ongida muhtojlarga professional yordam g’oyasi yanada aniq anglandi. Bu g’oya XIX-asr oxirlaridayoq amalga oshirila boshladi. 1899-yilda Ijtimoiy xodimlar tayyorlash institutiga asos solgan Amsterdamdagi ijtimoiy islohotchilar guruhi ijtimoiy xodimlarni tayyorlash bo’yicha jahonda birinchi institutga asos solish sharafiga erishdilar. Institut dasturida o’zlarini ijtimoiy ishga bag’ishlashni istagan erkak va ayollar uchun ikki yillik kunduzgi nazariy ta’lim va amaliy tayyorgarlikning to’liq kursi ko’zda tutilgan.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling