Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
XX-asrda ijtimoiy ishning rivoji
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
XX-asrda ijtimoiy ishning rivoji. XX-asrning birinchi yarmi davlatning o’rni kuchayishi va «umumiy mehr-muruvvat jamiyati» nazariyasi va amaliyoti rivojlanishi bilan izohlanuvchi ijtimoiy ishning institusionallashuvi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xodimlar professional faoliyati ibtidosini, odatda, ularning asosiy huquq va majburiyatlari shakllanishi, mehnatga rasmiy haq to’lash, o’quv muassasalari, professional tashkilotlar yaratilishi hisoblanadi. Avval ta’kidlab o’tilganidek, garchi professional ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni boshlagan dastlabki maxsus o’quv muassasalari Niderlandiya, so’ngra AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada yaratilgan bo’lsa-da, «ijtimoiy xodim» kasbi dastlab AQShda, so’ngra G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy nufuzga ega bo’ldi. Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda ijtimoiy ish maktablari Osiyoning ko’pgina mamlakatlari, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va keyinchalik – Afrika mamlakatlarida ochildi. 1910 yilda yangi harakat Yevropa va Amerikadagi 14-ta ijtimoiy ish maktabini ta’limga jalb etdi. 1920 yilda Chilida Lotin Amerikasidagi birinchi ijtimoiy ish maktabi ochilgan edi. 30-yillarda ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi mamlakatlar soni orta boshladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarining an’anaviy iqtisodiyotdan ajralib, bozor munosabatlari tizimiga asta-sekin o’tishi natijasida Sharq mamlakatlarida ham ijtimoiy ish tarqala boshladi. 1936 yilda Hindistonda ijtimoiy fanlar instituti ta’sis etildi. Misrda esa dastlabki ijtimoiy ish kurslari yuzaga keldi. Shu tarzda, maxsus tayyorgarlik va moddiy mukofotlashga moslashgan holda muhtojlarga yordam ko’rsatish kasbga aylana boshladi. Dastlabki ijtimoiy xodimlar immigrantlarni ingliz tiliga o’qitishdan to sanoatlashgan jamiyatda ishga joylashish uchun zarur ko’nikmalarni egallashda yordam ko’rsatishgacha bo’lgan keng miqyosli muammolar bilan shug’ullanganlar. Ular ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va kishilarga o’z muammolarini hal etishda yordam berishga intilganlar. Ijtimoiy xodimlarning professional manfaatlarini ifodalagan birinchi tashkilot Amerika Qo’shma Shtatlarida paydo bo’lgan. U 1917 yilda yaratilgan Ijtimoiy xodimlar milliy birjasi edi. Keyinchalik ijtimoiy xodimlar (tibbiyot xodimlari, o’qituvchilar)ning boshqa professional tashkilotlari yuzaga keldi. 1921 yilda ular birinchilar qatorida rasmiy ro’yxatga olingan Amerika ijtimoiy ish Assotsatsiyasiga birlashdi. Ijtimoiy ishning tashkiliy tuzilmasini yaratish jarayoni boshqa G’arb mamlakatlarida ham tarqala boshladi. 1928 yilda Parijda Ijtimoiy farovonlik xalqaro kengashiga birlashgan Yevropaning yetti mamlakati milliy Assotsatsiyasi yaratildi.24. Hozirgi ijtimoiy xodimlarning dastlabki vakillarining intilishlari muhtojlarga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. XX-asrga kelib, ijtimoiy ta’minot usullarini yoritish va tahlil qilishga jiddiy e’tibor berila boshladi, xayriya va jamoatchilik tashkilotlari ularga amal qilgan holda o’z maqsadlarini jamiyatning maqsadlariga mos ravishda amalga oshirishi mumkin edi. AQShda Meri Richmond bu ishni birinchilardan bo’lib amalga oshirdi. U xayriyani shaxs va uning oilasiga e’tibor qaratgan holdagi usul bilan birlashtirdi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida yuz berayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar qator davlat ijtimoiy dasturlarining yig’ilib qolishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiy tushkunlik, byudjetlarning tanqisligi ortishi, ishsiz va kambag’allar, to’liqsiz oilalarning soni ortishi, aholining qarishi hamda boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi25. Shu bilan birga, hech qaysi G’arbiy Yevropa mamlakati «farovonlik davlati» dan to’liq voz kechmadi. Bu vaziyat kishilar ongiga davlat muhtojlarga g’amxo’rlik qilishi lozim, degan fikr singishiga sabab bo’ldi. Turli yo’nalishdagi siyosatchilar G’arb mamlakatlari ijtimoiy ta’minot tizimidagi islohotlarning davom etishi zaruratini tan olishga majburlar. G’arbiy Yevropa mamlakatlari hukumatlari tomonidan «farovonlik davlati» islohoti bo’yicha ko’rilayotgan choralar ijtimoiy ta’minot, bu sohadagi korrupsiya va qog’ozbozlikning kuchayishi bilan bog’liq moliyaviy yo’qotishlarga davlat mablag’lari sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatishga yo’naltirildi. Nodavlat pensiya jamg’armalari yaratishni moliyalashtirish uchun soliq imtiyozlari taqdim etilmoqda26. Nafaqalarni tayinlashda ularni olishga talabgorlar tekshiriladi, avvalgi ko’pgina bepul xizmatlar pulli bo’lib, davlat stipendiyalari zayumlar bilan almashtiriladi. Ba’zi mamlakatlarda pensiya yoshini oshirish to’g’risidagi masala ko’rib chiqiladi15. GFR Konstitusiyasida «ijtimoiy davlat», ijtimoiy yordam atamasi mavjud – bu mamlakatdagi alohida shaxslarning murakkab holatdan chiqishi uchun xizmat qilgan ijtimoiy kafolatlar tizimining asosiy qismi, shu maqsadlar uchun mavjud zarur muassasa va xizmatlar. Ijtimoiy ta’minot tizimidan tashqarida bo’lgan ijtimoiy xizmatlar ham ijtimoiy yordam deb ataladi. Umumiy xarakterdagi bu xizmatlar: davlat dotasiyasi sifatida turar joyga, ko’p bolali oilalarga - bolalar, kam ta’minlanganlarga – ta’lim olish uchun pul ajratish. GFRda ijtimoiy xizmatlar deganda ijtimoiy jihatdan sust himoyalangan aholi qatlamlariga fuqarolarning turmush darajasini tenglashtirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatish tushuniladi. Fuqarolar, shuningdek GFRda yashovchi xorijliklar uchun tug’ilgan vaqtidan e’tiboran kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar tizimi mavjud. Ta’kidlash joizki, GFRdagi ijtimoiy xizmatlar notijorat muassasalarida bo’lgan, ya’ni federal taqsimot jamg’armasidan moliyalashtiriluvchi xizmatlar hisoblanadi. Germaniyadagi ijtimoiy xizmatlarga xarajatlar byudjetdan ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarning o’ndan bir qismini tashkil etadi. Mazmunan ijtimoiy xizmatlar: maslahatli, tibbiy, axborotli, huquqiy, umumiy parvarish bo’yicha, tashkiliy bo’lishi mumkin. Hozir Germaniyada muhtojlarga moliyaviy xizmatlar bilan chegaralanmaydigan ijtimoiy yordam tizimi isloh etilmoqda. Davlat ijtimoiy xodimlar oldiga ijtimoiy yordam turiga ko’ra, ishsizlarni mehnat bozorida yuz beruvchi jarayonlarga kiritish vazifasini qo’ymoqda. Ijtimoiy davlatni rivojlantirishning ijtimoiy ta’minot sohasidagi o’z-o’zini boshqarish, keksalikni ta’minlash, xayriya yordami tizimini rivojlantirish kabi prinsiplari ham amalga oshirilmoqda. Richmond 1915 yilda chop etilgan «Ilmiy ijtimoiy ish» asarida ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xodimlar hal etishi lozim bo’lgan ijtimoiy muammolar tashxisi sxemalari to’plamini taklif etdi. Bu xayriyaning turli shakllarini anglashga tayanuvchi etika-terapiya ijtimoiy ishi yaratilishiga olib keldi. Yangi usul olima tomonidan 1917 yilda «Ijtimoiy tashxis» kitobida to’liq yoritilib, ijtimoiy ta’minot dasturi samaradorligini oshirishga sabab bo’ldi. Meri Richmond o’z usuli-mijozni shaxs sifatida baholash bilan birga uning ijtimoiy holatini ham ko’zda tutishning ijtimoiy tashxisini to’liq bayon etgan. M. Richmond keyinchalik terapiya nomini olgan bu ijtimoiy ish modelining asoschisi hisoblanadi. Bu modelga ko’ra, har bir alohida holatni baholash, ijtimoiy tashxis qo’yish va shu asosda davolash usulini tanlash ijtimoiy xodim faoliyatidagi muhim masala hisoblanadi. Richmond kambag’allikni kasallik hisoblab, shifokor va ijtimoiy xodim faoliyati o’rtasidagi o’xshashlikni tadqiq etdi. U ijtimoiy yordamni ma’lum choralar yig’indisi sifatida ko’rib chiqadi, uning natijasi esa mijoz va uning ijtimoiy begonalashuvini o’zgartirish hisoblanadi. Meri Richmond ijtimoiy chora-tadbirlarni ikki o’zaro bog’liq: bilvosita davolash usuli va bevosita davolash usuliga ajratadi. Bilvosita davolash usuli insonning tashqi muhitga ta’siridan, bevosita davolash usuli mijozga qarorlarni ishlab chiqishda faol harakatga yo’naltirish maqsadida ta’sir etishdan iborat. Bu klassik ishda quyidagilar bayon etilgan: «Yaxshi ijtimoiy xodim kishilarni nochorlikdan qutqarish bilan shug’ullanmay, undan xoli etish yo’llari haqida o’ylaydi»12. M.Richmonddan so’ng «o’rganish, tashxis, davolash» paradigmasi ijtimoiy ishning asosiga aylandi. 1920-30-yillarda Z.Freyd va uning izdoshlarining ruhiy-tahliliy g’oyalari ijtimoiy ish ruhiy-dinamik nazariyasini asosiy o’ringa olib chiqdi. Virjiniya Robinson «Ijtimoiy vaziyatda o’zgaruvchi ruhiyat» asarida faoliyat ijtimoiy usulini ruhiyat nuqtai nazaridan yangicha anglashni birinchi bor kashf etdi. XX-asrning birinchi yarmi ruhiy davo usullari va ruhiy tahlil ustunligida o’tdi. Bu davrda ijtimoiy ish biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, pisixoligiya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy pisixoligiyaga tayanishi lozim deb hisoblanardi. Keyinchalik ham bu ro’yxat uncha o’zgarmadi. XX-asrning ikkinchi yarmida tizimli va har tomonlama yondashuv asosiy hisoblana boshladi. Bu davrda ijtimoiy xodimdan bir sohadagi tor ixtisos emas, balki universallik, turli soha va usullarni moslashtira olish talab etilardi. Shu bilan birga, uslubiy madaniya, ishonchli empirik ma’lumotlarga ehtiyoj paydo bo’ldi. 3. Ijtimoiy ish kasb sifatida. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar faoliyatini tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o’zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj paydo bo’lishini ta’minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma’lumotga ega bo’lmagan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarni mavjud boshqa turli ta’lim shakllari bo’yicha tayyorlanilishi respublikada davlat ijtimoiy siyosati bo’yicha kadrlarni ta’minlash borasidagi muammolarning xal etilishi imkonini beradi. Har qanday sharoitda ham ta’rif o’zida qadriyatlar yo’nalganligini, ijtimoiy ishchi yondoshadigan pozitsiyalar, ijtimoiy ish mohiyati to’g’risidagi nazariyalar, masalan mazkur kasbning jamiyatdagi roli yoki uning boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risidagi sotsiologik nazariyalarni aks ettiradi. Shunday ta’riflardan birini keltirib o’tamiz: ijtimoiy ish – bu individ, guruh yoki jamoatchiliklarga ijtimoiy hayotda o’zlarini namoyon etish bo’yicha imkoniyatlarini kuchaytirish yoki tiklashga, ular uchun eng ma’qul ijtimoiy sharoitlarni yaratishga kasbiy salohiyat bilan yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan faoliyatdir. Ijtimoiy ishning maxsus nazariyalari ijtimoiy ishchilarning bajarayotgan ishlarini tavsiflab, tushuntirish berish hamda baholashga harakat qiladi. Ijtimoiy ish nazariyasining asoslari ko’pincha ijtimoiy fanlardagi kabi ketma-ketlik va o’zaro muvofiqlikda namoyon bo’ladi. Nazariy g’oyalar borasidagi aniq tasavvurlar ijtimoiy ishning kasbiy tarkibi sifatida talqin etiladi, bu g’oyalar ijtimoiy ishchilarning yetuk tarzdagi fikr va munosabatlari hamda o’zini anglashlarining zarur tarkibi hisoblanadi. Amaliyotda ham kasbiy faoliyatning o’ziga xosligini tushunish nazariyaning asosiy maqsadi hamda insonlarga yordam ko’rsatishga intiluvchan insonlar uchun hayotiy zaruriyatdir. Bundan tashqari ijtimoiy ish o’z shakli va usullarida ko’p qirralidir. Ijtimoiy ishchilarning o’zlari o’z kasblariga turlicha yondoshadilar, ba’zan uni taqdirlanish, xuzur-xalovat, afsuslanish, stress manbasi deb hisoblaydilar, lekin ulardan ko’pchilik ish mobaynida qaysidir fikrda ikkilanishlarini, qayta tahlil qilib ko’rishga, tanqidiy muhokama qilishga va har bir vaziyatni serqirra muammo sifatida ko’rib chiqishga majbur bo’lishlarini ta’kidlaydilar. Bu vazifalarni uddalay olish uchun ijtimoiy ishchi keng ma’noda salohiyatli kasb ustasi, madaniyat, jamiyat va ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati masalalaridan xabardor inson bo’lishi kerak. Shu bilan birga ijtimoiy ishchi boshqa maxsus bilimlarga ham ega bo’lishi zarur. Ijtimoiy ishchilar faoliyatiga qo’yiladigan umumiy ahloqiy talablar professionalizmni, ya’ni qadriyatlar, bilimning butun bir tizimi bo’lib, amaliyot va ixtisoslikning aniq bir sohasida nimalar ro’y berayotgan bo’lsa, shunga muvofiq ko’nikmalarga egalikni nazarda tutadi. Ijtimoiy ishchi oilaviy terapiya usullaridan bemalol foydalana olishi mumkin, lekin u korreksion yoki preventiv, ya’ni krizisning oldini olishga qaratilgan amaliyot bo’yicha tajribaga ega bo’lmasligi mumkin. Bundan tashqari professionalizm tarkibi muntazam ravishda ortib borayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan ko’nikmalar va amaliyotda o’zgarib borayotgan talablar asosida to’planib rivojlanib boraveradi. Vrach kasbiga o’xshagandek, bu yerda ham umumiy tamoyillar va asoslar mavjuddir, lekin u yoki bu sohaga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchi uchun maxsus ko’nikma, bilimlar ham talab etiladi. Ijtimoiy ish – multidissiplinar kasb sohasi. Bu mijozga yordam ko’rsatish maqsadida ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislik sohasi vakillari – vrach, pedagog, psixolog, militsiya xodimi bilan o’zaro aloqadorlik tizimini shakllantiradi, deganidir. Boshqa tomondan ijtimoiy ishchining o’zi ham maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lganligi va ushbu kasblarning ko’pchiligi bilan bog’liq asosiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgani uchun ham universal mutaxassis hisoblanadi. Bu tarzdagi turli fanlarga oid bilimlarga egalik birlamchi tashxisni amalga oshirishga yordam beradi, shuningdek boshqa mutaxasislarga muammolarni ilg’ashlariga imkon yaratish uchun xizmat qiladi. Bu ijtimoiy ishchi boshqa mutaxassislarda bo’lgani kabi ijtimoiy ishchilarda o’z shaxsiy usullari yo’q degani emas, albatta. Masalan, amaliy psixologiya va ijtimoiy-psixologik ishda qo’llaniladigan individual va oilaviy terapiya, ta’sir ko’rsatish ob’ekti hamda ijtimoiy o’zgarishlar jarayoniga aralashishning “chuqurligi” bilan farqlanadi. Keng ma’noda ushbu kasb millatning ijtimoiy o’zini anglashi, davlatning insonparvarligi va taraqqiy etganligi darajasi, madaniylilik darajasini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy ish sohasi doimo kengayib boraveradi, G’arbda ham ijtimoiy ishchilarni mahalliy o’zini boshqarish idoralarida, maktablarda, tibbiyot muassasalarida, oila va bolalarga yordam ko’rsatish markazlarida, biznes va sanoatda, ruhiy sog’lomlashtirish markazlari, korreksion muassasalar va xususiy amaliyotda uchratish mumkin27. Ijtimoiy ish rivojlanishida uch bosqichni farqlash mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich - XX asrda Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy ish kasbining institutga aylanishi bilan. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning jahon bo’ylab tarqalishi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy ishning faoliyat turi va kasb sifatida yuzaga kelishining tarixiy doirasini ma’lum muayyanlikda aniqlash mumkin. Shuday qilib, ko’pgina tadqiqotchilar uni sanoatlashgan davlat rivojlanishining boshlag’ich davri bilan qiyoslaydilar. Eng ommabop moddiy yordam dasturlaridan biri Welfare («Velfer»), «farovonlik», «ta’minot», «nafaqa» ma’nosini anglatadi. Dasturning boshqa nomi-Public Assistance. Dastur federal hokimiyat tomonidan moliyalashtiriladi, ba’zan esa shtat va shahar byudjetidan to’ldiriladi. Ijtimoiy ta’minot dasturidan nafaqa olish sharti turli vaziyatlar (ishsiz qolish, kichik yoshdagi bolali yolg’iz ona (ota), ishsizlik bo’yicha nafaqaning yo’qligi)ga ko’ra ma’lum darajada doimiy daromad manbai yo’qligi hisoblanadi.28. Hayot kechirishning obyektiv shart-sharoitlari insonni mehnat qilishga undaydi. Bu ma’noda mehnat ijtimoiy xayotni tashkil etishning hech qanday muayyan shakliga bog’liq bo’lmaydi, ya’ni insonning tabiatga munosabati sifatida mehnat ijtimoiy shakllarning barchasi, ishlab chiqarishning barcha usullari, har qanday ijtimoiy tuzum uchun ham bir xildir. «Mehnat» va «faoliyat» tushunchalarining o’zaro nisbati. «Mehnat» tushunchasi «faoliyat», «funksiya bajarish», «ishlash», «mashg’ulot», «harakat», «ish» tushunchalari va boshqa tushunchalarga ko’p jihatdan to’g’ri keladi. Shu tufayli ushbu tushunchalar nimalari bilan o’zaro to’g’ri kelishi va nimalari bilan farqlanishini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Insonning butun hayotiy faoliyat va harakatsizlik (passiv dam olish, kasallik vaqti, uxlash payti va hokazo) davrlarida tarkib topadi. Faoliyat (shuningdek, uning bir qismi sifatidagi mashg’ulotlar, harakatlar) — kishilar hayot tarzi shakllaridan biridir, u shunday jarayonki, unda odamlarning jismoniy va aqliy kuchlari qaysidir ehtiyojlarni qondirish uchun ishga solinadi. «Faoliyat» tushunchasi «mehnat» tushunchasidan kengroq: mehnat — faoliyatning bir turidir, lekin har qandy faoliyat ham mehnat bo’lavermaydi. O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bilan bog‘liq ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadli muhim ijtimoiy isloxotlar olib borilayotgan davrda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilishda ijtimoiy ishchilarning, ijtimoiy soha vakillarining ahamiyati oshib bormoqda. Ijtimoiy ish o‘ziga xos aniq borliq haqida xolis bilimlarni ishlab chiqish va nazariy jihatdan tizimlashtirish kabi vazifalarni bajaruvchi insoniy faoliyat sohasi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ish o‘ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida uch turda: kasb, fan va o‘quv fani sifatida tavsiflanadi. U kasb sifatida alohida shaxslar, kishilar guruhiga yordam ko‘rsatish orqali shaxsiy va jamoatchilik munosabatlarini uyg‘unlashtirisha qaratilgan. Fan sifatida shaxs, muayyan ijtimoiy guruh yoki jamoaning hayotiy faoliyatiga bevosita bog‘liq ijtimoiy jarayon va hodisalarni o‘rganadi.29 Ijtimoiy ish o‘quv fani sifatida ko‘p darajali bo‘lib, turli ko‘rinishdagi o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Ijtimoiy ishning mavjud shakl va usullarining tahlili, ko‘rsatilgan ob'ektlarning ijtimoiy muammolarini yechish texnologiyalari va optimal usullarini ishlab chiqish – ijtimoiy ishning fan sifatidagi eng muhim masalalaridan biri. Ijtimoiy ish fan sohasi sifatida o‘zida nazariy va amaliy bilimlar tizimini mujassamlaydi. Bilimlar amaliy tizimining ustunligi uni boshqa sohalardan farqlab turadi. Ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda chet el va vatan tajribalari tasdiqlovchi xulosa shuki, ijtimoiy ishchilarni tayyorlashda amaliyot asosiy vazifani bajarishi lozim. Maxsus adabiyotlarda ijtimoiy ish qonuniyatlarini ikki guruhga bo‘lish taklif etiladi: 1. Ijtimoiy ish sub'ektining rivojlanishi va vazifalarini bajarishi qonuniyatlari; 2. Ijtimoiy borliqning sub'ekti va ob'ekti o‘rtasidagi muhim aloqalar va ularning dialektikasi. Ijtimoiy ishning qonuniyatlarini ochib berishda ikki yondoshuv asoslanganlik xususiyatiga ega, degan fikr mavjud. Ehtimol, bu to‘g‘ridir, chunki qonun (ijtimoiy qonuniyat) ijtimoiy hodisa, jarayon va tizimlarning tashkil etuvchilari va barcha taraflarining muhim barqaror takrorlanuvchi aloqalarini, insonlarning hayotiy faoliyati namoyon bo‘lishining barcha shakllaridagi bir butunligini namoyon etadi. Ijtimoiy ishning tushunchaviy – kategorial apparati bo‘yicha o‘tkazilgan metodologik seminar materiallarida ijtimoiy ishning quyidagi qonuniyatlari ko‘rsatib berildi: Jamiyatdagi ijtimoiy jaryonlar, ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik; Ijtimoiy ishning mazmuni, shakl va usullari turli guruh, birliklar, individlar hayotiy faoliyatining aniq shart-sharoitlari bilan shartlanganligi; Ijtimoiy muammolarni mijozlarning shaxsiy ehtiyoj va qiziqishlari orqali yechish; Ijtimoiy ishning samaradorligi va natijaviyligi mutaxassislarning malakasi, ma'naviy xususiyatlari, jamiyat va davlatning ijtimoiy tizimi imkoniyatlariga bog‘liqligi. Shu yerda ijtimoiy ishning sub'ekti va ob'ekti o‘rtasidagi o‘zaro xarakat, aloqa natijasida yuzaga keluvchi barqaror, takrorlanuvchi aniq ijtimoiy hodisa, jarayon va munosabatlarning rivojlanishiga ta'sirining xarakteri va yo‘nalishini shartlaydigan qonuniyatlarga umumiy ta'rif berildi. Faoliyat ijtimoiy borliqning mavjudligi va rivojlanishi omili, tashqi olamning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishi va aks etishidir. Uning asosiy belgilari: onglilik, samaralilik, ijtimoiylik. Ijtimoiy ish faoliyatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u uch ko‘rinishda: ilmiy, ta'limiy va amaliy ko‘rishlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy ish amaliy faoliyat turi sifatida ushbu faoliyat yo‘naltirilgan ob'ektning o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Tor ma'noda ijtimoiy ish – insonlar, tashkilotlarga muammo, qiyinchiliklarni (shaxsiy, ijtimoiy va holatiy) anglashga, ularni himoyalash, qo‘llab- quvvatlash, to‘g‘ri yo‘naltirish va qayta tiklash orqali yengib o‘tishga yordam beruvchi faoliyat. Keng ma'noda esa ijtimoiy ish alohida shaxslar, ijtimoiy qatlam va guruhlarning ijtimoiy muammolarini yechishga, insonlarni ijtimoiy vazifalarini bajarishiga bo‘lgan qobiliyatlarini qayta tiklash va yaxshilashga samarali ta'sir etuvchi shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatdir.30 Umuman olganda, ijtimoiy ishning maqsadi aholini turli (avvalo, yordamga muhtoj) qatlamlarining ijtimoiy kafolatlangan guruhiy, shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirish bo‘lgan umumlashgan, universal faoliyat turidir. Amaliy faoliyatning o‘ziga xos ko‘rnishi sifatida ijtimoiy ish bir qator tashkiliy qismlardan iborat: ob'ekt, sub'ekt, vazifalar, vositalar, maqsadlar va boshqaruv. Ijtimoiy ishning ob'ekti sifatida (keng ma'noda) yordamga muhtoj barcha insonlar hisoblanadi: qariyalar; nafaqaxo‘rlar; nogironlar; yetim-yesirlar; baxtsiz hodisaga duchor bo‘lganlar; kuchli stress holatini boshidan kechirayotganlar; farzandlarini yolg‘izlikda tarbiyalovchi onalar va otalar; deviant xulq-atvorli shaxs va guruhlar (ichlikbozlar, giyohvandlar, jinoyatchilar, fohishabozlar va b.); qamoqxonalarda o‘tirganlar va ozodlikka chiqqanlar; ishsizlar; qochoqlar va boshqa ijtimoiy zaif, qaltis guruhlar. Ijtimoiy ishning sub'ektlari: - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati kabi strukturali davlat, ijtimoiy ta'minot vazirligi, shuningdek, turli darajadagi ijro etuvchi va boshqaruv organlari; - turli ijtimoiy ish olib boruvchi tashkilotlar; oila va bolalar bilan ijtimoiy ish olib boruvchi hududiy markazlar; ota-onasiz qolgan bolalar bilan ishlash markazlari; imkoniyatlari cheklangan bolalar va o‘smirlar bilan ishlaydigan reablitatsion markazlar; aholiga psixologik –pedagogik yordam ko‘rsatuvchi markazlar va x.k. - ijtimoiy, xayriya tashkilotlari, kasaba uyushmalari, fondlar, mahalliy boshqaruv organlari (mahalla), xususiy ijtimoiy xizmatlar, nodavlat xayriya tashkilotlar. - Ijtimoiy ishning asosiy sub'ekti amaliy faoliyat olib boruvchi professional insonlardir. Ijtimoiy ishning predmeti – mijozning ijtimoiy holati, ya'ni ijtimoiy ishchining faoliyati yo‘naltirilgan holati. Uning faoliyatidan maqsad – mijozning ijtimoiy holatini yaxshilash va uning muammolarini yechishda yordam berish, ehtiyojlarini qondirish. Shuningdek, shaxsning ijtimoiy maqomini tiklash, jamiyatga ijtimoiy moslashishini ta'minlash, moddiy mustaqillikka erishishiga yordam berish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling