Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch sohani qamrab oladi
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
Professional faoliyat sifatida ijtimoiy ish uch sohani qamrab oladi:
1. Shaxsiy va oilaviy darajadagi ijtimoiy terapiya; 2. Turli tasnifdagi guruhlar (yosh buyicha, jins, qiziqishlar) bilan ishlash; 3. Yashash joyi yoki mahalladagi ijtimoiy ish. Ijtimoiy ishning funksiyalari: - ob'ekt haqida ma'lumot yig‘ish yosh va jins xarakteristikalarini aniqlash, mijozning sog‘lig‘i, yashash sharoiti, moddiy ahvoli, yashash uchun zarur bo‘lgan ne'matlar bilan o‘zini ta'minlay olish darajasini, qo‘ni-qo‘shnilarni, ruhiy holatining, xarakterining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; - tashxis qo‘yish; olingan ma'lumotlardan foydalanilgan holda «ijtimoiy» tashxis qo‘yish, alohida inson yoki guruhning xususiyatlarini va mikromuhit ta'siri darajasini aniqlash; - prognostik; bashorat – jamiyatdagi barcha sotsial institutlarning ijtimoiy ish ob'ektlariga ta'sirini bashorat qilish va bu ob'ektlarning ijtimoiy xulq- atvori modellarini ishlab chiqish; - tashkiliy; ishlab chiqarish korxonalari va muassasalarda, shuningdek yashash joylarida ijtimoiy ishni tashkil qilishga yordam berish, aholiga turli yordam va sotsial xizmatlarni amalga oshirishga jamoatchilikni yo‘naltirish; - psixo-pedagogik; barcha yordamga, ijtimoiy moslashish va ijtimoiy reablitatsiyaga muhtoj insonlarga maslahatlar berish, shaxslararo munosabatlarni yo‘lga solish, ularning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlash; - profilaktik; yordamga muhtoj bo‘sh himoyalangan qatlamlarga, adashgan insonlarga nafaqat har tomonlama yordam berish va qo‘llab quvvatlash, shuningdek ularning faoliyati yoki hatti- xarakatlaridan kelib chiqadigan salbiy oqibatlarni olidini olish; - boshqaruv; qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, nazorat va moddiy ta'minot, kadrlar tayyorlash; - amaliy; aholining turli toifadagi qatlamlariga (nogironlarga, qariyalarga, yosh oilalarga va x.k.) yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari: Ijtimoiy-siyosiy tamoyil – hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda, uning mohiyati va metodlarida demokratizm, guruh yoki insonning yashash va faoliyatining shart-sharoitlari, ijtimoiy ishchining faoliyatining qonuniy va vijdoniyligini nazorat qilish; Tashkiliy tamoyil – kadrlarning ijtimoiy- texnologik kompetentligi, faoliyatni nazorat qilish, huquq va majburiyatlar, vakolat va javobgarlik birligi tamoyili; Psixologo-pedagogik tamoyillar - ijtimoiy ish mijozlariga psixo-pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalarini tanlashga bo‘lgan talabni aks ettiradi, har qanday ijtiomiy-texnologik muolajani amalga oshirishda individual xusisiyatlarni inobatga olish lozimligini anglatadi. Ijtimoiy ish tamoyillari madaniyatning umuminsoniy xususiyatlari, insoniy qadriyatlar ustunligida, gumanizm falsafasi asosida quriladi. Ular aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatining asosiy qoidalarini aniqlaydi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va boshqa me'yoriy hujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini amalga oshirishning asosiy prinsiplari ifodalangan. Ular orasida ijtimoiy xizmat sohasida inson va fuqaro huquqlariga amal qilish va ularga davlat kafolatlarini ta'minlash singari prinsiplar ko‘rsatib o‘tilgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling