Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
- mavzu. Ijtimoiy ishning yo‘nalishlari. Ijtimoiy ishchining
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
5 - mavzu. Ijtimoiy ishning yo‘nalishlari. Ijtimoiy ishchining
funksiyalari va roli Ijtimoiy ish yo‘nalishi va mijozlar. Ijtimoiy ishchilarning huquq va majburiyatlari. Ijtimoiy ishchining funksiyalari va roli. Ijtimoiy ishchining roli: xizmat sohalari brokeri, ijtimoiy va moslashuv malakalari o‘qituvchisi, maslahatchi, keys-menejment, mehnat hajmi og‘irligi menejmenti, hamkasblar malakasini oshirish tashkilotchisi, adminstrator(boshqaruvchi), ijtimoiy o‘zgarishlar agenti, o‘z ishining mutaxassisi. Ijtimoiy ishda bilish va qadr-qimmat, bajara olish. Ijtimoiy himoya tizimida tashkilot va muassasalar. Tayanch iboralar: Ijtimoiy ish yo‘nalishi va mijozlar. Ijtimoiy ishchilarning huquq va majburiyatlari. Ijtimoiy ish rolni ijro etish sifatida. Ijtimoiy ishchining funksiyalari va roli. Ijtimoiy ishchining roli: xizmat sohalari brokeri, ijtimoiy va moslashuv malakalari o‘qituvchisi, maslahatchi, keys-menejment, mehnat hajmi og‘irligi menejmenti, hamkasblar malakasini oshirish tashkilotchisi, adminstrator(boshqaruvchi), ijtimoiy o‘zgarishlar agenti, o‘z ishining mutaxassisi. Ijtimoiy ishda bilish va qadr-qimmat, bajara olish. Ijtimoiy himoya tizimida tashkilot va muassasalar. Mijozlar va ijtimoiy ish yo`nalishlari.Ijtimoiy ishchining roli va funksiyasi. Ijtimoiy ishda bilim, qadriyat va qobiliyat. Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasa va tashkilotlar. 1.Mijozlar va ijtimoiy ish yo`nalishlari. Ijtimoiy ishchi yordam ko`rsatadigan shaxsni mijoz deb nomlash maqsadga muvofiq. Mijozlar individual yoki guruh (oila, maktab sinflari, nogirionlar guruhi, mehnat kollektivi va hk.) ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin. Undan ham aniqroq ravishda ijtimoiy ish tashkiliy darajasining xarakteristikasi bilan aniqlashtiriladi. “Kim mijoz?” video filmining namoyishi (yoki, rol o`ynash) va uning 0 daqiqalik muhokamasi. Keys tavsifi: Ijtimoiy ishchi ma’muriyat tomonidan maktabdagi bitta o`quvchining buvisini murojaatidan so`ng chaqirildi. Ijtimoiy ishchi bilan suhbat vaqtida buvi o`quvchi ko`p dars qoldirayotganidan xavotirda ekanligini aytib o`tdi. Uning fikricha oiladagi muhit farzandga yaxshi ta’sir ko`rsatmaydi, uning kelini farzandiga yaxshi qaramaydi va unga talab etiladigan e’tibor qaratmaydi. Ayni rolda ijtimoiy ishchi faqatgina aniqlashtiruvchi savollar bermoqda, buvi esa kelinining xulq-atvorini keltirib o`tgan ravishda javob bermoqda. Film tomosha qilib bo`lingandan keyin yoki rol o`ynab bo`lingandan keyin “Ijtimoiy ishchi kimga yordam berishi kerak?”degan savolning muhokamasi flip-chartda yozib olinadi. “Ijtimoiy ishchi kimga yordam ko`rsatmoqda?” degan savol muhokamasi yakunlanganidan keyin aytish mumkinki, mushkul holatda qolga istalgan odam ijtimoiy ishchining mijozi bo`la oladi. Ijtimoiy madadga, ijtimoiy ko`makka, ijtimoiy himoyaga muhtoj odam mijoz hisoblanadi. Keyin ijtimoiy ishning asosiy yo`nalishlarini ko`rib chiqamiz, ularga quyidagilarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Tibbiy-ijtimoiy ish. Oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ish. Bandlik sohasidagi ijtimoiy ish. Ayollar va erkaklar bilan ijtimoiy ish. Alohida ehtiyojlarga ega bo`lgan odamlar bilan ijtimoiy ish. Keksalar bilan ijtimoiy ish va boshqlar. Hamda keltirilgan yo`nalishlarning tayanch fazilatlarini oshkor etish. Ijtimoiy ishchi qanday mavqeni egallashidan qatiy nazar har doim faol tomon hisoblanadi, bu holatni uning faoliyati faol ravishdagi javobga erishadimi, yoki odamlar tomonidan passiv qabul qilinadimi uning faoliyati doimiy ravishda faol holatda bo`ladi deb tushunish mumkin. Bu holatda ijtimoiy ishda mijoz deb murakkab hayotiy holatda turgan individ, oila, guruh, jamoa tushuniladi. Qiyin hayotiy vaziyat bu shunday holatki, unda ko`rsatilgan obyektlarning normal ijtimoiy funksiyani bajarish imkoniyatini buzilishi yoki buzish xavfi ostida bo`ladi. Aytish joizki bunday mukammal holatda individlar tashqi kuchlarsiz o`zi mustaqil o`z muammosini hal eta olmaydi Ijtimoiy ishchilar kimga yordam ko`rsatadi? Mijozlarning ro`yxati qisqacha, lekin bu tur faoliyatni rivojlanishining boy tarixini namoyon etadi. Ijtimoiy ish individga yo`naltiriladi. Yordam nafaqat ijtimoiy qatlamga yo`naltitrilgan bo`lishi, balki katta guruhlar, territorial uyushmadagi vakillarning katta massasi, alohida shaxsni baxtli bo`lishga, xotirjamlikka va o`z imkoniyatlarini rivojlantirish huquqiga ega hisoblanadi. Avvaliga ijtimoiy ish individ bilan olib boriladigan ish deb qaralgan edi. Biroq keyinchalik ma’lum bo`lishicha mijozning hulqini yoki holatini o`zgaritirish agar ular o`zlari mansub bo`lgan eng yaqin ijtimoiy tarmoq kabi ularni o`rab turgan muhitning bevosita aralashuvisiz samarasiz hisoblanar ekan. Bu holat oilaviy va guruhli ijtimiy ish olib borishning paydo bo`lishiga asos yaratdi. Oilaga uning har bir a’zosiga ta’sir ko`rsatmay turib ta’sir ko`rsatib bo`lmaydi. Oilaning alohida bir a’zosini xulqi va kayfiyatidagi o`zgarish o`zining ortidan oiladagi o`zaro munosabatlarni tang ahvolga olib keladi, bundan tashqari oilaviy aloqaning o`zgarishiga sabab bo`ladi. Huddi shunday holat guruh bilan ishlaganda ham kuzatiladi. Atrof muhitning bevosita ta’sirini k`ozdan qochirish o`ta mushkul, ayniqsa, gap o`smirlar yoki yoshlar, yoki bo`lmasa, o`zgaruvchan xarakterga ega bo`lgan odamlar haqida borayotgan bo`lsa. Bu ish esa ayni shu individ, guruh yoki oila qayerda yashaydi, qaysi aholi punktiga aloqador va ularni o`rab turgan tashqi muhit qandayligini o`rganish hamda muammoni shularni hisobga olgan holatda hal etishga ehtiyoj yaratadi. Ijtimoiy ishchilar yoram ko`rsatayotganlarning ijtimoiy muammosi ma’lum bir ijtimoiy-demografik guruhga mansubligiga ham bog`liq hisoblanadi. Spetsifik qiyinchiliklar odamlarga keksalikda yoki yoshi katta bo`lgan sari kuzatila boshlaydi. Ularni hal etish imoniyati boy hamda nochor, sevimli oila davrasidagi yoki yolg`iz odamlarda turlicha, biroq yoshga bog`liq fiziologik va ijtimoiy o`zgarishlar hech kimni chetlab o`tmaydi. Bundan tashqari alohida muammolarga ega bo`lgan odamlarni mijoz sifatida keltirish mumkin. Imkoniyatlari cheklangan shaxslar davlat tomonidan ko`rsatiladigan maxsus ko`makka muxtoj, chunki ularning jismoniy, psixik yoki intellektual imkoniyatlari jamiyatda normal turmush tarz yuritishga halaqit beradi.shuning uchun arxitektura va transportni imkoniyatlari cheklangan odamlarga moslashtirilishi, xavfsiz mehnat va yashash sharoiti yaratish, o`z hayot faoliyatini mustaqil yurgiza olmaydigan odamlarni parvarishlashni tashkillashtirish maqsadga muvvofiq. Ishsizlar, harbiy yurishilarda ishtirok etgan hamda hozirda posttravmatik stress sindromi bilan og`rigan kishilar ham alohida ehtiyojlarga ega. Ushbu barcha kategoriyalar turli mutaxassis va yo`nalishlarda faoliyat yuritayotgan ishchilarning maxsus yordami va ko`magiga muxtoj hisoblanadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling