Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
Integrator yoki koordinator
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo`lboshchi
- Mobilizator
Integrator yoki koordinator: ijobiy o`zgarishlarga erishish uchun sistemaning turli komponentlarini bir butunlikka birlashtirish vazifasi yuklatilgan mutaxassis.
Bosh menedjer: aniq bir dastur loyiha yoki agentlik uchun ma’muriy javobgarlikka ega bo`lgan mutaxassis. Tarbiyachi: malakani oshirish uchun ma’lumot va bilimini berish asosiy vazifasi bo`lgan ijtimoiy ishchi. Analitik yoki baholovchi: mijoz yoki mijozlar tizimi bilan samarali ishlashni baholash uchun ma’lumot yig`adigan va ularni o`zgartirish uchun tavsiya zarur bo`lgan holatda qayta ishlashni amalga oshiruvchi ijtimoiy ishchi. Broker: mavjud resurslar yordamida mijozlar tizimini bog`laydigan ijtimoiy ishchi, u bunda ushbu resurslar bilan nisbatan odatiy va samarali usullarda mijozlarni davolash uchun kerakli vositalar bilan ta’minlaydi. Yo`lboshchi: odamlar guruhini birlashtiruvchi va ularga shaxsiy resurslaridan, shuningdek boshqa sistemalarning resurslaridan ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirish uchun foydalanishga yordam beradigan ijtimoiy ishchi. Initsiator (tashabbuskor): hal etilmagan muammo yoki qondirilmagan ehtiyojga e’tibor qaratadigan ijtimoiy ishchi. Muzokarachi: mijozlar sistemasi nomidan ish yurituvchi ijtimoiy ishchi. Mobilizator: energiya yig`uvchi, ishga tayyorlovchi, shuningdek mavjud yoki yangi guruhlarni tashkillashtiruvchi ijtimoiy ishchi. Advokat: yordamga muhtoj odamlarning haq huquqlari uchun kurashadigan ijitmoiy ishchi. Ishchi-autrich: aniq mijozlar sistemasini aniqlashiradi va ularga yordam berish maqsadida ular bilan hamkorlik qiladigan ijtimoiy ishchi54. Ushbu ta’riflardan ko`rinib turibdiki, ijtimoiy ishchi bir nechta tashkilotlar bilan himoyalash maqsadiga erishish uchun kerakli bo`ladigan manbalarni olish uchun vositachi (mijozlarni resurslar va xizmatlar bilan bog`lovchi) sifatida xizmat qilishi mumkin. Broker rolida ijtimoiy ishchi agentliklar labirintida muammoni yechish uchun mos deb hisoblanadigan resurslarni topishda mijozlarga yordam beradi. Tashkilotlar bilan muzokarachi rolini to`ldirishda (nizolarni barham etish uchun vositachi) ijtimoiy ishchi nisbatan kengroq davrada mijozlar sistemasi orasidagi ma’lumotlarni uzatuvchi bo`lib xizmat qiladi55. Ba’zan ijtimoiy ishchi jamoa bilan ishlash mobaynida odamlarga yordam ko`rsatishda, ularning muammolarini keltirish va aniqlashtirishda (baho), shuningdek guruhlarni tanaffusni ta’minlash boyicha o`z imkoniyatlarini birlashtirishni qo`llab quvvatlaydigan stimulyator vazifani bajaradi. Masalan kalamushlar bilan to`la uyda istiqomat qiluvchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida birlashishi va uy egasiga qarshi turishi mumkin. Boshqa hollarda ijtimoiy ishchi jamoada advokat rolida (kerakli resurslarga erishish uchun mijozlarga nisbatan odillik va tenglikni ta’minlash) jamoa tashkilotlari vakillarining beqarorligi bilan kurashish uchun harakat qiladi. Advokat rolida ijtimoiy ishchi mijoz sistemasi bilan aralashib ketadi, hamda uyushmani talablarga javob berishga davat qilish uchun chora qo`llaydi. Ijtimoiy ishchi masalan, politsiyadan mijozni himoyalanishini kuchaytirishga urinishi mumkin. Ijtimoiy ishchilar shuningdek jamoaviy darajada pedagog vazifasini ham bajarishi mumkin (bilim va malaksi yetarli bo`lgan taqdirdagina o`zgarishlarni amalga oshirish uchun). Misol uchun, mammografiyaning paydo bo`lishi haqida jamiyada ingliz tilini bilmaydigan ayollarni o`qitishni kuchaytirish uchun tashkilliy ishlarni amalga oshirish. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling