Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi
IIMA etika kodeksini o`qib chiqib, bu holatda etik odatlarga mos keluvchi paragraflarni qanday qilib bog`lash mumkinligini ko`rish mumkin58
Download 1.59 Mb.
|
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish
IIMA etika kodeksini o`qib chiqib, bu holatda etik odatlarga mos keluvchi paragraflarni qanday qilib bog`lash mumkinligini ko`rish mumkin58.
Amaliyotchi ijtimoiy ishchilar quyidagilarni bajara olishi kerak: Ijtimoiy ish kasbiy amaliyotida tanqidiy fikrlash mahoratini qo`llash. Kasbning qimmati, uning axloqiy norma va prinsiplarini tushunishi, hamda ularni amaliyotda mos ravishda qo`llay olishi kerak. Yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi, teri rangi, madaniyati, nogironligi, etnik aloqadorligi, jinsi, oilaviy va milliy kelib chiqishi, irqi, dini, jinsiy orientirlanishidan qatiy nazar kamsitishga yo`l qo`yilmasligi, mijozlar bilan ishlaganda bilim va mahoratini qo`llay olishi kerak. Zulm va diskriminatsiya shakli va mexanizmini tushunish hamda ijtimoiy va iqtisodiy odillikka ko`maklashuvchi targ`ibot va ijtimoiy o`zgarishlar strategiyasini qo`llay olish. Ijtimoiy ishni kasb sifatida tarixini va zamonaviy tuzilish muammolarini bilish kerak. Hajmini hisobga olmagan holatda turli sistemalar bilan ijtimoiy ish universal amaliyotida bilim va mahoratini qo`llay olish. Amaliyotda isbotlangan nazariy bilimlarni odamlar, alohida shaxslar va oilalar, guruhlar, tashkilotlar hamda uyushmalarning individual rivojlanish va xulq atvorlarini tushunish uchun qo`llash kerak. Tahlil qilish, shakllantirish va ijtimoiy siyosatga ta’sir ko`rsata olish kerak. Ilmiy tadqiqotlarni baholash, tadqiqot natijalarini amaliyotda qo`llash va o`zining shaxsiy amaliy faoliyatini baholay olishi kerak. Mijozlar, hamkasblar va uyushmalar bilan munosabatda ko`nikmalarni differensiativ (turlicha) qo`llash. Ijtimoiy ish amaliyotida nazorat va maslahatlashishni maqsadga muvofiq qo`llay olishi kerak. Tashkilotlar va ximat ko`rsatish tizimi, xizmat ko`rsatuvchi agentliklar ishchilari tuzilishi funksiyalaridagi zaruriy tashkiliy o`zgarishlarni qidirishi kerak59. 4. Ijtimoiy himoya tizimidagi muassasa va tashkilotlar. Professional ijtimoiy ishchi davlat va xususiy tashkilotlarda faoliyat yuritish hquqiga ega va ijtimoiy xizmatlarga ishlov berish, taqdim etish va baholash sohasidagi aosiy kasblardan biri hisoblanadi. Professional ijtimoiy ishchilar global ahamiyatga ega bo`lgan ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish tizimidagi turli tashkilotlarda lider hisoblanadi. Ijtimoiy ish kasbi xizmat ko`rsatish qiymati, ijtimoiy va iqtisodiy odillik, odamlarning qadr qimmat va obro` e’tibori, insoniy munosabatlarning muhimligi, shuningdek amaliyotdagi yaxlitlik va kompetentlik (asoslilik) prinsiplariga asoslanadi. Shu prinsiplarga binoan ijtimoiy ishning maqsadi quyidagilar hisoblanadi: • Odamlarning xotirjamligini oshirish va nochorlik, jabr-zulm va ijtimoiy adolatsizliklarning boshqa shakllarini yengillashtirish. • Alohida shaxs, oila, guruh, tashkilot va uyushmalarni ijtimoiy funksionalligi va ta’sirlashuvi sifatini ularni maqsadga erishish, resurslarni o`zlashtirish, azoblarni bartaraf etish va yengillashtirish uchun harakatga jalb etish yo`li bilan oshirish. • Odamlarning asosiy ehtiyojlariga javob beruvchi va insoniy potensiallarni rivojlanishini qo`llab quvvatlovchi ijtimoiy siyosat, xizmat va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun. • Siyosat, xizmat va resurslardan foydalanishni targ`ibot va ijtimoiy-iqtisodiy odillikka undovchi ijtimoiy yoki siyosiy harakatlarni qo`llash yo`li bilan amalga oshirish. • Ijtimoiy ish amaliyoti muvafaqqiyatli amalga oshishini ta’minlaydigan tadqiqot, bilm va malaka orttirish va qo`llash. • Turli madaniyatlar kontekstida amaliyot olib borish va tadbiq qilish. (Manba: standatlarni akkreditatsiyalash siyosati bo`yicha ijtimoiy ish Kengashi. Vashington, Kolumbiya okrugi: ta’lim sohasidagi ijtimoiy ish bo`yicha Kengash)60. Bakalavr diplomiga yoki magistrlik darajasiga ega bo`lgan ishchi keksalarga ambulator psixiatrik tibbiy yordam ko`rsatish tashkilot va agentliklarda ishlash huquqiga ega (avvallari bu huquqqa faqatgina Medicare dasturi bo`yicha ko`mak bera oladigan psixiator yoki psixologlargina ega edi). Uyda tibbiy-sanitar yordam ko`rsatish agentliklari soni ortgani sari psixologik salomatlik, aralashuv, xizmat ko`rsatish, keys menedjment sohasiga bo`lgan ehtiyojlarni baholashda ijtimoiy ishchilarning roli ortib bormoqda. Ijtimoiy ishchilar k`oproq e’tiborini oilaning kuchli a’zosiga qaratishi kerk, chunki ular tibbiy-sanitar k`omakka muhtoj a’zolarni parvarish qilishda yuqori talablarga javob berishiga to`g`ri kelmoqda va bu talab kun sayin ortib bormoqda (Dziegielewski, 2003; Meleis, 2001; MentalHealthResourceFoundation, 2005; Moniz&Gorin, 2002; Germain, 2002). Shuningdek reablitatsion markazlarda ham ijtimoiy ishchilarga talab ortib bormoqda. Federal qonunchilik tibbiy-sanitar yordam k`orsatuvchilar, shu jumladan ijtimoiy ishchilar, hamshiralar va shifokorlarga moliyaviy mablag` ajratishni ko`rib chiqmoqda61. Ijtimoiy ishchilar bolalarga, yoshlarga va oilalarga ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarda ham muhim rol o`ynaydi. Bu mahalliy oilaviy xizmatlar agentligi hisoblanadi. Qator agentliklar oilada disfunksiya holati bo`yicha targ`ibot tashviqot ishlarini olib boradi, shuningdek alohida ehtiyojlarga ega bo`lgan oilalarga yordam ko`rsatadi. Bunday agentliklar ota-onalarni o`smir yoshidagi farzandlar bilan qanday munosabatda bo`lishga o`rgatish yo`li bilan bolani tarbiyalashda, informatsion targ`ibot ishlarini amalaga oshirish, stress holatda turgan ota-onalar bilan ishlash hamda alohida shaxs, oila va guruhlar bilan bolalar va oilaning har bir a’zosiga maslaxat beruvchi dasturlarni ko`rib chiqadi62. Uyushmada ishlash AQSh da ijtimoiy ishning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Uyushma deb ayni chegarada yashovchi odamlarning hamjamiyatini tushunish kerak, ularga Filodelfiya, Pensilvaniya, Boys, Aydaxo shtati yoki Mena, Arkanzaslarni misol qilib keltirish mumkin. “Diniy jamoa” turi ham mavjud, unga bir xil dinga mansub odamlar guruhi kiradi. Hamjamiyat shuningdek nisbatan yirik poytaxt bo`lishi mumkin, Uotts – Los-Anjelesdagi yoki Shadyside – Pitsburgda. Etnik guruh a’zolari, ular aniq bir geogrik hududda istiqomat qiladi. Misollar ko`p va asosiy maqsad esa konsepsiyaning turli ma’noliligiga e’tiborni qaratish hisoblanadi. Asosiy ta’rif sifatida, uyushmani spetsifik joy chegarasida odamlarni o`rab turgan hudud, ta’siri va identifikatsiyasini (tenglik) qabul qilish mumkin. Ijtimoiy ishchilar jalb etilgan uyushma turlari ko`pincha geografik yoki hududiy, identifikatsiya va qiziqishlar birligi, an’anaviy va turli tuman uyushmalarga sinflanadi. Ular orasidan: • geografik yoki hududiy uyushma, kvartal, shahar, qishloq va aniq geosiyosiy chegaraga ega bo`lgan joylar. • Qiziqishlar bo`yicha birlashma, bir xil dunyoqarash, muammo va qadriyatlar doirasida shakllanadi va boshqa uyushmalar bilan ko`pincha nizolar keltirib chiqaradi. Masalan, etnik kelib chiqishi, irqi, dini, turmush tarzi, jinsiy orientirlanishi va kasbi bo`yicha uyushmalar. • An’anaviy uyushma, zamonaviy uyushmalar bilan birga saqlanib keladi. Ko`pincha ular alohidalik, xolislik, noyoblik, madaniy yaxlitlik va tarixiy identifikatsiyalanishni saqlab qolishga harakat qiladi. No’ananaviy uyushma zamonaviy uyushmadan o`zining an’anasi, marosimlari, ijtimoiy aloqlari bilan farqlanadi. Turli uyushmalardagi ijtimoiy ishchilarning roli samarali ishlashga kerak bo`ladigan asosiy bilim va ko`nikmalardan foydalnishdan iboratdir. Alohida shaxslar, oilalar va guruhlar bilan foydalaniladigan ijtimoiy ish amaliyoti har qanday ko`rinishda ham bir xil ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ish keng qamrovli muammo va savollarni qamrab oishi mumkin, misol uchun63: Karleson Norm, bakalavr diplomiga ega bo`lgan ijtimoiy ishchi bir necha oydan buyon Brend Bostuik bilan ishlaydi. Bernd 16-yosh, o`rta maktabni tugallab yaxshi ish topish va farzandiga yaxshi tarbiya berishga intiladi. U bolaga qarab ko`pincha darslardan qolib ketadi. Dars qoldirgani uchun maktab ma’muriyati bir necha bor tanbeh bergan. Brendning roziligi bilan Norma Brendning darslardan qolib ketayotganligi bois individual dars tashkil qilish taklifi bilan maktab ma’muriyati bilan uchrashdi. Bolaga qarab turadigan mahalliy markaz bilan uchrashib Norma Brendga o`qish vaqtida bolasiga qarab turish tomonidan yordam ko`rsatdi. Norma Brendni transport bilan ta’minlash maqsadida avtobus kompaniyasi bilan gaplashdi. Norma maktabdagi qiziquvchi ijtimoiy ishchlar va hodimlarga tarmoq tashkil etishda ko`maklashdi. Natijada barcha o`smirlar uchun transport tarifida pasayish yuz berdi, homilador va o`smirlarning farzandlarini tarbiyalashga ko`maklashish ishi bo`yicha grant olindi. Normaning bilim va malakasisiz ehtimol Brend o`rta maktabni tamomlay olmas edi. Mijozlar ko`pincha resurslarning mavjudligiga e’tibor qaratmaydi, ammo bu resurslar ularning muammolarini ijobiy hal etishga ko`maklashadi. Ko`pgina mijozlar maqsadga erishishning alternativ variantini qo`llab ko`rishda o`zida ishonch topa olmaydi. Bundan tashqari kerakli resurslar har doim ham erishib bo`lavermaydigan emas. Shu tariqa ijtimoiy ishchilar uyushmalar bilan to`g`ridan-to`g`ri ish olib borish muammoni hal etishda asosiy rol o`ynashini ta’kidlab o`tadi64. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling