Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Bolalar bilan ijtimoiy ishlash


Download 1.59 Mb.
bet43/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Bolalar bilan ijtimoiy ishlash. Bolalar bilan ijtimoiy ishlashning asosiy usullari quyidagilar:
1. Ijtimoiy-psixologik, bolaning ichki dunyosini o`rganishga yo`naltiriladi. Shuningdek uning psixologik imkoniyatlarini ochib beradi hamda kerakli ko`mak va madadalar bilan ta’minlaydi (psixodiagnostika metodlar, pisoxolgik konsultatsiya).
2. Ijtimoiy pedagog, ta’lim va aqliy faoliyatini yuksaltirish imkonini beradi. Bolani to`g`ri yo`naltirishga xizmat qiladi (ta’lim metodlari, pedagogik korreksiya va pedagogik konsultatsiya).
3. Ijtimoiy tibbiy, bolaga o`z vaqtida va sifatli yordam ko`rsatishga asoslanadi (davolash, reablitatsiyalash, adaptatsiya, zaruriy va qulay turmush tarzini tashkil qilish).
4. Ijtimoiy-huquqiy, bolaning turmush tarsi mavjud qonunlar va qoidal;ar asosida o`trishini ta’minlaydi (bola qiziqishlarini yuridik va huquqiy himoya qilish, huquqiy bilim berish, huquqiy nazorat, huquqiy sanksiyalar).
5. Ijtimoiy iqtisodiy, bolaning moddiy yetukligini ta’minlashga yo`naltirilgan (iqtisodiy huquqlarni kengaytirish va targ`ib etish, moddiy yordam, ish bilan ta’minlash).
Ijtimoiy-guruhiy, ijtimoiy ishchilar va boshqa mutaxassislarga bolaning ijtimoiy muhiti bilan ishlash imkonini beradi (oilaviy maslahat, bolalar kollektivida munosabatlar korreksiyasi, ijobiy yondashuvlarga yo`nalgan bolalar kollektiv tashkiloti).
Ijtimoiy xodimlar professional faoliyati ibtidosini, odatda, ularning asosiy huquq va majburiyatlari shakllanishi, mehnatga rasmiy haq to’lash, o’quv muassasalari, professional tashkilotlar yaratilishi hisoblanadi. Avval ta’kidlab o’tilganidek, garchi professional ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni boshlagan dastlabki maxsus o’quv muassasalari Niderlandiya, so’ngra AQSH, Buyuk Britaniya va Germaniyada yaratilgan bo’lsada, «ijtimoiy xodim» kasbi dastlab AQSHda, so’ngra G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy nufuzga ega bo’ldi.
Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda ijtimoiy ish maktablari Osiyoning ko’pgina mamlakatlari, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va keyinchalik – Afrika mamlakatlarida ochildi.
Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va mamlakat fuqarolarini ijtimoiy himoyalashni amalga oshirishda nodavlat tarmog’i salmoqli o’ringa ega bo’lmoqda. U kishilarning ijtimoiy ehtiyojlariga qayishqoqlik va tezkorlikda e’tibor beradi. So’nggi yillarda mahalliy va xorijiy nodavlat tashkilotlari doimiy ravishda ortmoqda.
Ijtimoiy ish agentlarining sanab o’tilgan turlari orasida bir eng muhim bo’g’in ijtimoiy ishning nazariy asoslovi yo’q. Ijtimoiy ishning nazariy asoslovini yangi yo’nalishdagi malakali mutaxassislar ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirgan holda yaratish lozim.
Yoshlar – asosiy ijtimoiy-demografik guruh. Aholining yosh tarkibi-ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarni o’rganish maqsadida aholining yosh guruhlarga bo’linishidir. Aholi yosh guruhlari va demografik jarayonlar o’zaro uzviy bog’liq holda shakllanadi. Aholi tarkibida yoshlar (0-9, 101-19, 20-29 yoshida) salmog’ining yuqoriligi nikoh va tug’ilish kabi demografik jarayonlarga ijobiy ta’sir etadi. Ayni paytda tug’ilish yuqori bo’lgan hududlarda bolalar, yoshlar salmog’i yuqori bo’ladi. Tug’ilish darajasi past bo’lgan hollarda esa aholi tarkibida qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i yuqori va o’lim hollari ko’proq sodir bo’ladi. Demografik nuqtai nazardan yondashganda aholining bugungi yosh tarkibi kechagi aholi takror barpo bo’lishining natijasi va kelajakdagi demografik rivojlanishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Aholi yosh tarkibi demografiyada asosiy o’rganish ob’ekti sifatida o’z kelib chiqish va rivojlanishiga ega. Ushbu rivojlanishni quyidagi yo’nalishlarga ajratish mumkin. a) alohida yosh guruhlari va ularni nisbatlarini statistik tahlili: b) aholi yosh tarkibining shakllanish qonuniyatlari va ularning demografik rivojlanishning omili sifatidagi o’rni: v) aholi yosh tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligi.
Aholi sonining o’sib borishida uning yosh tarkibi asosiy omil hisoblanadi. XX-asrning o’rtalarida iqtisodiy rivojlangan davlatlarda aholi takror barpo bo’lishi tug’ilish darajasining nisbatan pastligi va aholi umumiy tarkibida bolalar salmog’ining kamligi bilan harakterlanadi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa ana shu davrda nisbatan yuqori tug’ilish va aholi tarkibida bolalar salmog’ining yuqoriligi harakterli edi. Tug’ilish yuqori va uni nazorat etish darajasi past bo’lgan sharoitda aholining yosh tarkibi, aholi soni o’sib borishiga bevosita ta’sir etadi.
Demografik siyosat-aholi siyosatning asosiy qismi bo’lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos hususiyatlarga, yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo’nalishi hisoblanadi.
Aholi rivojlanishi esa, o’z maqsadida uning ham miqdoriy sifatiy jihatlarini o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatining son jihatidan o’zgarib borshi tushiniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatligi, o’rtacha umr ko’rishi, bilim darajasi va ma’lum tarbiya olishi komilligida o’z ifodasini topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z ichiga asosan oiladan, oila muhitida olar edi. Keyinchlik sanoat asta- sekin rivojlanib borishi natijasida mehnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo’lib qoldi. Bu zaruriyat davlatda ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda, yoshlarga maxsus bilim berib, kasb-hunar o’rgatishga ehtiyoj yaratdi. Natijada o’lkamizda ta’lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorqin vakillaridan biri E.Erikson nazariyasiga ko’ra inson umri 8 davrga bo’linadi:
1-davr-go’daklik; 2-davr-ilk bolalik; 3-davr-o’yin yoshi; 4-davr-maktab yoshi; 5-davr-o’spirinlik; 6-davr-yoshlik; 7-davr-yetuklik; 8-davr-qarilik davri83. Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli birinchi yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga to’g’ri keladi. Barcha yosh krizislari ba`zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida qaysar, asabiy bo’lib qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo’ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan bosh tortadilar.
2. Yoshlarning ijtimoiy xizmatlari. Ijtimoiy ishchilar bolalar, yoshlar va ularning oilalari uchun xizmat ko’rsatishda turlicha rolni o`ynaydi. Aslida, bu ijtimoiy ish amaliyotning eng an'anaviy maydoni hisoblanadi. Birinchi 1880 yilda birinchi ko'ngillilar bor edi. Keyin tashkilot "bolalarni ijtimoiy himoya qilsih" va ijtimoiy ishchining bir stereotip tasvirini ifodalovchi, 1900 yilda ijtimoiy ishchilar ta'lim dasturlari ishlab chiqildi.
Ma’rifatli odam mamlakatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyi­lik ko‘rsatishi tabiiy. Chunki har qaysi davlat, har qaysi millat, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan: «Kelajakda O‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim» degan fikr bugun ijobat bo‘lmoqda.
Bolalarning qalbi va ongini himoya qilish borasida ezgulik va yovuzlik mu­vozanati saqlab kelingan.­ Ammo bugun XXI-asrga kelib bu muvozanat buzildi.­ Birovning chiroyli uychasi­ni buzib tashlashni istovchilar, o‘zgalarga «sen qo‘limdan tushib ketgan koptokni erdan olib berish uchun tu­g‘ilgansan» deb qarovchilar butun dunyo bolalariga tahdid solmoqda. Ular Vatanimiz chegarasiga to‘pu-to‘pxonasi bilan bosib kelayotgani yo‘q, ular Vatanimizning asosiy chegarasini bolalarimizning ongi, yuragi, e’tiqodi, dunyoqarashi chegaralarini buzib o‘t­moqda. Internet, qo‘l tele­fonlari, kino-video, kom­pyuter­ o‘yinlari, «ommaviy madaniyat»ning turli shou, musi­qa, moda kabi vositalari ularning qurollari. 
Insoniyatning kelajagi haqida qayg‘uda bo‘lgan dunyo ahli bu tajovuzdan bezovta,­ albatta. Natijada «Kiber jinoyatlar to‘g‘risida»gi konvensiya xalqaro amaliyot­da qo‘llana boshlandi. Evro­pa Ittifoqi parlamenti assambleyasining «Voyaga yet­maganlar uchun xavfsiz internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida»gi tavsiya­lari ishlab chiqildi, BMT­ning «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi kon­vensiyasi qabul qilindi. Germaniyada «Yosh­larni himoya­lash to‘g‘risida», Litvada «Voyaga etmaganlarni ommaviy axborotning salbiy ta’siridan himoyalash to‘g‘risida» va Rossiyada «Bolalarni sog‘­lig‘i va rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida»gi qo­nunlar kuchga kirdi. Ammo bu chora-tadbirlar samarasidan o‘sha davlatlarning o‘zi ham to‘la qoniqmayotgani ma’lum.
Bizda esa mamlakatimiz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq yoshlarning, bolalarning ma’naviy va jismoniy barkamolligi davlatimizning bosh siyosatiga aylandi. Buni yillarning nomlanishiga, chiqarilayotgan qarorlarning mazmuniga bir bor ko‘z tashlagan inson anglab oladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonunda yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga­ qaratilgan har qanday xatti­-harakatlar, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tah­qirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etish­lariga sabab bo‘luvchi ada­biyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etish taqiqlanishi belgilab qo‘­yilgan.
Xotirjamlik hukm surayotgan davlatda yashayotganimiz uchun shukr qilishimiz kerak. Boshqaruv jilovi qo‘ldan ketgan davlatlardagi­ ahvolni hammamiz ko‘rib, bilib turibmiz. Ularda har ku­ni urush, janjal, bir so‘z bilan aytganda, ko‘ngilda halovat yo‘q. Tinchlik bor joyda esa inson qadr-qimma­tini ulug‘lashga, odamlarni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga vaqt ham, mablag‘ ham topiladi.84.
3. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash xizmati. Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etib kelingan. Shu bilan bir vaqtda o‘zgaruvchan va muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo‘naltirilib va qo‘llab-quvvatlab turishni talab etadi. Mazkur vazifalar qonunlar ijrosining kafolati sanalmish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayon qanday kechadi? Farzandlarining ijtimoiylashuvi, huquq va erkinliklarining kafolatlanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun o‘zini mas’ul, deb bilgan har bir davlat yoshlari hayotiga yoshlarga oid siyosati bilan ta’sir o‘tkazadi. Barkamol avlodni ijtimoiy to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun moddiy va ma’naviy sharoit yaratib berish asnosida davlat va yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib boradi va bu, o‘z navbatida, yoshlarning huquq va burchlarga rioya qilish mas’uliyatini ham oshiradi.
Har bir davlat yosh avlodni demokratik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilishning uddasidan chiqishi, ularni ijtimoiy jihatdan yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashi shart. Aks holda mamlakat aholisi faqatgina ishsiz va salohiyatsiz fuqarolar hisobiga ortib, keskin kriminogen vaziyat va ijtimoiy ziddiyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, yoshlar muammosi nega aynan bugunga kelib kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi? Bir toifa mutaxassislar uni dunyoning turli nuqtalarida kechayotgan urbanizatsiya jarayoni bilan izohlasa, boshqalari biroz mav­hum, biroz havotirli jarayon globallashuv bilan bog‘lab talqin etadi. Uchinchi taraf esa axborot oqimining tezlashuvi va mafkuraviy xurujlarning ortib borayotganini sabab qilib keltiradi. Mazmunan bir-birini to‘ldiruvchi bunday qarashlarga munosabat bildirishni keyinga qoldirib, yoshlarga oid davlat siyosati tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, rivojlanish bosqichlari va shakllanishiga turtki bo‘lgan shart-sharoit­larga qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.
XX-asrning ikkinchi yarmiga kelib aksariyat rivojlangan davlatlarda yoshlar qatlamiga “muammo”, deb emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch, davlatning strategik resursi sifatida qarala boshlandi va bu yondashuv turli mamlakatlarda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishiga sharoit yaratdi.
Oila va oiladagi munosabatlar. Oila bu eng muhim ijtimoiy tizim hisoblanadi. Oila a`zolari o`rtasida ishonchli munosabatlar va o`z-o`zini hurmat qilish hislari tashkil topadi. Ananaga ko`ra oila eng xafsiz, ximoyalovchi, tarbiya, xamda mexr-oqibat va qo`llab quvatlash oladigan joy hisoblanadi. Biroq xozirgi tez o`zgaruvchan zamonda, oila katta qiyinchililarga duch kelmoqda. Tobora bolalar oilaning moddiy bosimi ostida qolmoqda, ota-onalardan birining yoki ikkalovining ishda uzoq ushlanib qolishlaridan, oila a`zolarining biriga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo`ravonliklaridan zarar ko`rmoqda.
Ko`pincha, muammolarni xal eta olmay, spirtli ichimliklar yoki narkotik moddalarga o`rganib qolishadi, yoki oila a`zolariga nisbatan zo`ravonlik qilishadi, va ajrashib ketishadi. Ba`zan, mehribon ota-ona bo`lishiga qaramay, ular o`z farzandlariga sog`lom muhit yaratib bera olishmaydi. Ba`zan, ota-onalar farzandlarini qanday qilib taminlash kerakligini bilishmaydi, chunki ular farzandlarining turli yoshdagi ehtiyojlarini bilishmaydi. Ko`pchilik ota-onalar inqiroz davrida oila a`zolarini hissiy qo`llab quvatlashga qodir bo`lmaydi, masalan, jiddiy kasallik yoki o`lim kabilarda.
Oila a`zolarini ehtiyojlarini qondirish boshqa tizimlarga ham bog`liq, oilaning kim bilan aloqa o`rnatishi - mahalliy jamiyat, shuningdak butun jamiyathamdir. Bu aloqalarning sifati va mustahkamligi oilaning farovonligiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Bolalar va oilalar bilan ish olib boradigan ko`pchilik mutaxasisslar, e`tiborni faqatgina oilaning individual a`zolariga emas balki ko`proq katta tizimlarga qaratishni tavfsiya qiladilar85.
Beparvolik hukm suradigan muhitda yashagan oila, qo`llab-quvvatlovchi muhitda yashovchi oilaga qaraganda oilaviy muammolarga ko`proq duch keladi. Agarda oila qo`llab-quvvatlolmaydigan jamiyatda hayot kechirsa, bu ham o`z o`rnida oila farovonligini xavf ostida qoldirishi mumkin86.
Oila o`zi nima? Oila - murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanadi. Oila a'zolari nikoh yoki qarindoshlik, jamiyat hayotida, hissiy munosabati va o'zaro ma'naviy majburiyatlariga bog'liq jufti halollari o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xos tizim sifatida aniqlash mumkin.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling