Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet44/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Oila turlari:

  • Farzandlar soniga ko‘ra: farzandsiz, kam farzandli, ko‘p bolali (milliy va madaniy xususiyatlarga ko‘ra)

  • Tarkibiga ko‘ra: noto‘liq oilalar (unda farzandlar ota yoki onasi bilan yashaydi), oddiy nuklear oila(ota-ona va farzandlar), murakkab yoki patriarxal oila (ko‘p bo‘g‘inli, turli avlod vakillari yashaydigan)

  • Liderlik tuzilishiga va huquq va burchlarning taqsimlanishiga ko‘ra: egalitar (demokratik), an'anaviy (avtoritar)

  • Geografik belgisiga ko‘ra: shahar va qishloq oilasi

  • Oilaviy stajiga ko‘ra: yosh oila, o‘rta yoshli oila va yoshi katta oila (nafaqaxo‘rlar)

  • Daromadlar darajasiga ko‘ra: yuqori daromadli, o‘rta ta'minlangan, kam ta'minlangan, daromad darajasi iste'mol minimumidan oshmaydigan oila (bunday oilalar byudjetining 85%i oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadi)

  • Oilaviy hayotning o‘ziga xos sharoitlariga ko‘ra: talabalar oilasi, masofadagi (distant) oila, nikohi qayd etilmagan oila

  • Atrof-muhit bilan munosabati bo‘yicha: ochiq va yopiq oilalar87.

2. Ijtimoiy xavfli oila – bu qator ichki va tashqi sabablarga ko‘ra o‘z vazifalarini ado etmayotgan, salbiy ijtimoiy omillar ta'siriga berilgan ijtimoiy xavfli guruhlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan oiladir.
Oila va oila a'zolarining ehtiyojlarini aniqlash uchun ijtimoiy ishda maxsus baholash instrumentlari qo‘llaniladi. Baholash – bu bola to‘g‘risida muayyan ma'lumotlarni yig‘ishning tizimli jarayoni bo‘lib, uning kuchli tomonlari, ehtiyojlari, unga ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan yordam (yoki ushbu yordam kerak bo‘lmagan hollar)ni aniqlash uchun kerak bo‘ladi.
3. Oilani baholash tizimli yondashuvga asoslanib, bola ehtiyojlari, ota-ona imkoniyatlari va atrof-muhit omillaridan iborat uch o‘lchovli model ko‘rinishida aks etadi.
Tizimli yondashuvning asosiy qoidasi: oila bazali insoniy tizim, u yaxlit organizm sifatida yashaydi. Shuni esda saqlash lozimki, tizimli yondashuv nuqtai nazaridan, ijtimoiy xizmat mijozi butun oila hisoblanadi.
4. Oila bilan ish olib boruvchi ijtimoiy xizmat xodimi oilaviy hayot vazifalarini tushuntirib beruvchi asosiy yondashuv va konsepsiyalarni bilishi, oilani baholay bilishi, oilaga aralashuv va u bilan uzoq muddat ish olib borishni rejalashtira olishi lozim. Bilim, malaka va axloqiy qadriyatlar bu o‘rinda juda muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, oila bilan ishlaganda ijtimoiy xizmat xodimi o‘z amaliyotida barcha yosh guruhlariga mansub mijozlar: bolalar, yoshlar, kattalar, ayol va erkaklar hamda keng ko‘lamli muammo va vazifalar bilan to‘qnash keladi. Shu sababli, ushbu ishlarni mutaxassislar guruhi amalga oshiradi.
Oilaning turli ta`riflari mavjud. Ba`zilar uni ijtimoiy muassasa, yana ba`zilar uni kichik ijtimoiy guruh deb hisoblaydilar. Angliya olimlari oilaga quyidagi ta`riflarni berishdi: Bir qator olimlarning fikriga ko`ra oila bu har bir madaniyatda bor ijtimoiy muassasadir.Oilanig umumiy ta`rifi “nikoh, kelib chiqish yoki umumiy maishiy iqtisod bilan bog`liq odamlar guruhi” 88 demakdir.
Ta`kidlash lozimki, bu kabi ta`riflar bir qator uy-joy sharoitlariga amal qilmaydi bular:

  • Er va hotin bir necha yil asrab olgan bolalarini tarbiya qilish;

  • Ikki ayol jinsiga mansub shaxslar romantik munosabatlar qurib ulardan biri tomonidan oldingi turmushlaridagi geteroseksual munosabatlar orqali dunyoga keltirgan bolani tarbiya qilayotganlar;

  • Oiladagi juftlardan biri uyidan uzoqda yashaganda, masalan: harbiy hizmatda hizmat qilayotganlar yoki qamoqda o`tirganlar

  • Erkak va ayol bir necha yillar davomida romatik munosabatda bo`lib birga yashab, lekin shu vaqt ichida qonuniy nikohdan o`tmaganlar.89

Turlarining biologik yashovchanligini va madaniy tajriba uzatish uzviyligini ta'minlash uchun, jamiyatning asosiy ijtimoiy birlik sifatida oila juda ko`p vazifalarni amalga oshiradi. Asosiylari quyidagilardir: reproduktiv, asosiy sotsyalizatsyon, iqtisodiy, maishiy, asosiy ijtimoiy nazorat ko`lami, sog'lomlashtirish, ma'naviy muloqot, hissiy, jinsiy.
Oila bir paytning o`zida ham ijtimoiy muassasa ham kichik guruh bo`lgani uchun, shundan kelib chiqib aytish mumkunki oila – jamiyatning ijtimoiy muassasi. Shaxsiy hayot tashkilotning eng muhim shakli, nikoh va qarindoshlik aloqalariga asoslangan, ya`ni er-hotin o`rtasidagi, ota-onalar va farzandla o`rtasidagi, aka-singillar o`rtasidagi, va boshqa qarindoshlik munosabatlariga asoslangan birga yashab umumiy maishiy iqtisod yuritayotganlar Ijtimoiy ishlar uchun oila eng asosiy obyektlaridan hamda muhin yo`nalishlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Oila Kodeksida oilaning umumiy ta`rif keltirilmagan.“Oila” tushunchasining kiritilishi hamda oila a`zolarining to`liq royxatini tashkil etish ularning huquqlarini buzilishiga yoki oila a`zolarining asosiz ko`payib ketishiga olib kelishi mumkun. Biroq “oila”, “oila a`zolari” degan tushunchalar O`zbekiston Respublikasi Oilaviy Kodeksida ko`pincha ishlatiladi. Bu tushunchalar O`zR OK oila huquqlari nazariyasi qoidalariga asoslangan holda tashkil topgan. Oila(yuridik ma`noda) nikoh, qarindoshlik, asrab olish yoki bolani oilaga qa`bul qilishning boshqa turi orqali kelib chiqgan ma'naviy va iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari. Ushbu tushunchada birga yashash yoki umumiy maishiy iqtisod olib borish kabilar e`tiborga olinmaydi.
Har bir oila kuchli va yashab qolish uchun ozining turli usullari mavjud. Oila qanchalar mustaxkam bo`lmasin ammo shunga qaramay (oldingi zamonda ham xozirgi zamondaxam) atrof-muhit ta`sirisiz, qo`llab-quvvatlashsiz inqiroz davrida har qanday oilaga juda ham qiyin bo`ladi. Aslida, har bir oilaga qo`llab-quvvatlash kerak, yashab qolish hamda o`zining kuchli tomonlarini yanada mustaxkamlash uchun. Afrika maqolida aytiladi: “Agarda qishloqni asrab qolmoqchi bo`lsang, bolani tarbiyala” balki, bugun har qachongidan ham ko`proq haqiqatdur.
Odatiy amerika oilasi 1950-yillarda, 1960-yillarda, 1970-yillarda er, hotin, ikkita farzanddan yoki ko`proqdan tashkli topgan. Xozirgi paytda bu xolat ancha farq qiladi. 2002-yilad faqatgina 69% bolalar ota-onalari bilan birga yashagan, 23% bolalar faqat onalari bilan birga yashagan, 5% faqat otalari bilan birga yashagan va 4% bolalar ota-onalarisiz yashagan. Afro-amerikalik bolalarining deyarli yarimi (48%) yolg`iz onalari bilan yashagan. 25% atrofidagi ispab bolalari yolg`iz onalari bilan yashagan, 16% Kavkazlik bolalar va 13% Osiyo va tinch okeanlari orollarida yashagan bolalarga nisbatan(AQSh aholini ro`yxatga olish byurosi, 2003y.) 32% oilalarni yolg`iz yoki ota yoki ona boshqaradi, qoida sifatida u har doim ayol kishi bo`ladi.
Ko`pchilik oilalar safida bobolari, amma-xolalari, amaki-tog`alari va boshqa qarindoshlari bo`ladi. O`z vasiyligiga olgan yoki asrab olgan oilalar ham bor. Qarindoshlik yoki nikoh bilan bog`liq bo`lmagan lekin birga yashayotgan shaxslar soni ortib bormoqda. Ba`zi oilalarda ota-ona vazifasini bobolar o`z boyniga oladilar, chunki ular farzandlari bolani tarbiyasi bilan shug`ulanishni eplay olmaydi yoki xoxlamaydi deb fikr yuritishadi.
AQShdagi 2.4 milliondan ortiqroq bolalar, bobolari va buvilari ma`sulligidagi oilalarda yashaydi(AQSh aholini ro`yxatga olish byurosi, 2003y.) 90.
Ba`zilar oila tushunchasining standart ta`ri berish mumkun emas deb ta`kidlashadi. Ba`zilar oila tushunchasining keng ta`rifini keltiradilar, masalan, Crosson-Tower(2005), har qanday birga yashaydigan (yoki, eng kamida, doimiy aloqada bo`ladigan), va ayniqsa, kutilgandek, bolalarga tegishli muayyan vaziaflarni bajaruvchi shaxslar guruhini oila deb ta`rif berishadi91.
Globallashuv va ijtimoiy modernizatsiya jarayoni ajralishlar soni ortishiga olib keladi individuallashtirish va oila parchalanishi ko'payishi, tug`ilish unumdorligi kamayishiga, noqonuniy bolalar soni ortishiga, yolg`iz odamlar soni o'sishiga olib keladi Bu barchasi xorijiy taqdiqotchilarni inqiroz va hatto oila ijtimoiy muassasa sifatida yoqolib ketayotganini haqida e`lon qilishga olib keldi.
Biroq, O`zbekistond 62% respodentlari uchun oila bu milliy qiymati ustuvor bo`lgan92. 9/10 O`zbekiston aholisi o`z oilasiga ega, ulardan 34% aholi patriarxal oilalarda istiqomat qilishadi, oilaning yangi turlari ko`payishi an`anaviy oilalarning izchil so`nishiga olib kelmaydi.
Shu yo`l bilan oiladagi munosabatlar mavjud uyushma sifatida albatta rivojlanishi mumkun, ularning tuzulishiga qaramay, ya`ni, haqiqiy(roy`hatdan o`tmagan) va ro`yhatdan o`tgan nikoh. Oilaning keyingi alomatlari muhim ahamiyatga egadurlar: er-hotinning ma'naviy hissiy, moliyaviy va ichki rejalari mustahkamliligini tushunib yetishidir. Bu holda, muhim va hal qiluvchi bu aslida erkak hamda ayol tomonidan ixtiyoriy e'tirofidir.

  1. Oilaviy muammolar. Oilayviy muammolar o`zi nima? Oilaviy muammo qanday bo`lishi uni belgilab beruvchi shaxsning kelajagiga bog`liq. Bundan tashqari, madaniy nuqtai nazar omillariga; ijtimoiy meyorlar va qadriyatlar; munosabatlar va muammoni aniqlaydigan shaxsning professgional qadriyatlari; muammoning huquqiy tavsifi; muammoni bartaraf etish uchun resurslarning mavjuligilariga ham bog`liq.

Madaniy kontekst(nuqtai nazar). Munosabatlarning madaniy turlari, qadriyatlari va amaliyoti oilaviy muammoni aniqlab beradi. Turli madaniyatlarda yosh qizning jinsiy faolshuvi, undagi fiziologik o`zgarishlar, bu qizning o`smirlik davrida homilardorligi, muammo sifatida ko`rib chiqilmaydi. Ba`zi madaniyatlarda yosh bolalarni stomatolog kreslosiga o`tirib tishni oldirib tashlash uchun og`zini ochishga majburlash haqorat hisoblanadi. Oilaviy siyosatda ish olib boruvchi ekspertlar zo`ravonliklar o`sishiga ommaviy axborort vositalari va sport musobaqalari oilada zo`ravonlik, ommaviy axborot vositalarida jinsiy aloqalarga urg`u o`smirlik davrida homiladorlik o`sishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi deb hisoblaydilar93.
Jamiyat norma va qadriyatlari. Jamiyat norma va qadriyatlari ham oilaviy muammolarni kelib chiqaradi. Masalan, agarda oilaning barcha mehnatga layoqatli a`zolari ishsiz bo`lsa, bu o`z holatida ularning farzandlari yomon sharoitda yashamoqda deganidir, ularni yomon oziqlantiradi va kiyintiradi, bunday oilalar o`z farzandlarining farovonligiga beparvo oila sifatida ko`rib chiqilmaydi. Ammo, bunday oilada lekin boy jamiyatda yashayotgan bolalar, ehtimol g`amxo`likdan mahrum bolalar sifatida qaralishi mumkin.
Munosabatlar va qadriyatlar. Qadriyatlar, munosabatlar, shaxsiy kechinmalari va hayotiy tajriba muammoni aniqlashga ta`sir ko`rsatadi. Masalan, shaxsning alokogolga ruju qoyishi, alkogol iste`mol qilish qat`iyan man etilgan oilada o`sgan bolaga nisbatan, sharob kechki ovqatning bir qismi bo`lgan oilada o`sgan bolada muayyanlik ko`proq bo`ladi. Shifokor bolaga qo`pol munosabat ko`rsatilganligini faqatgina jismoniy nuqtai nazardan aniqlashi mumkin. Bolalar bilan ish olib boradigan ijtimoiy ishchida esa bolaga qo`pol munosabat ko`rsatilganligiga yanada yaxshi yondashishga imkoniyati mavjud.
Huquqiy ta`rif. Shuningdek oilaviy muammolarni aniqlashda huquqiy aktlar ham asosiy vazifani bajaradi. Bu ta`riflar turli mamlakatlarda turlicha talqin etiladi. Masalan, bolalarga qo`pol munosabatda bo`lish tushunchasi. Bolani profilaktika va davolash qonuni 1974y. AQSh(Bolalarni suiiste`molchilikdan oldini olish va davolash akti 1974) bolalarga nisbatan qo`pol munosabatlarni, jismoniy yoki ruhiy jarohatlarni, jinsiy zo`ravonlik yoki ekspluatasiyani, bolaga nisbatan beparvo yoki qo`pol munosabtda bo`lishni, shuningdek bolaning farovonligi uchun mas`ul shaxsning mas`uliyatlarini belgirab beradi, bolaning sog`ligi yoki farovonligi xavf ostida qolgan hollarda aniqlab beradi(42-bo`lim 5016g).94
Ruhiy zulm, beparvolik hamda xavf ostida kabi tushunchalarni ko`pincha talqin etish qiyin bo`ladi. Shu bilan birga, ular bolalarni asrash bo`yicha harakat erkinligini beradi. Masalan, doimo pichoq yoki qurol xavfi ostida qolgan bola, hech qachon jismoniy jarohat olmaganinga qaramay, unda kuchli emotsional(hissiy) jarohatlar bo`ladi.
Resurlsarning mavjudligi. Resurslarning mavjudligi muammoni aniqlab beruvchi eng muhim omillaridan biri bo`lishi mumkin. Ya`ni, resurs qancha ko`p bo`lsa, shuncha ko`p bolalar va oilalarni muammolari bo`ladi va yordamga muhtoj deb aniqlanadi, resurs qancha kam bo`lsa, bolani aniqlash imkoniyatlari pasayib ularni muammosi bor va yordamga muhtoj bola sifatida aniqlamaydi. Huquqiy ta`rifi, masalan, bu turkumga faqatgina tashlab ketilgan va hissiy g`amgin bolalarni kiritish mumkin. Resurslar shunchalik kamki, hozirda ko`pgina shtatlarda bolaga qo`pol munosabtda bo`lish tushunchasining nozikroq turlari qo`llanilmoqda. Bundan tashqari, hukumatning oilaga aralashish to`g`risidagi bahslar bolalarning ijtimoiy himoya siyosatida bir muncha qarama-qarshiliklar kelib chiqishiga sabab bo`ldi va aksariyat bolalarning xavf ostida qolishiga sabab bo`ldi, shu jumladan bolalarga nisbatan qo`pol munosabatda bolishning barcha shaklarri ham.
Oilaviy muammolarning sababi nimada? Oilalarning ko`p sabablarga ko`ra muammolari bor. Ba`zi omillar oilaning muayyan muammolari bilan bog`liq va o`z navbatida qo`shimcha muammolar kelib chiqaradi. Bu shuni anglatadiki, muammolari bor oilaning yana boshqa muammolari ham bo`lishi mumkin, lekin qaysi muammo boshqa bir muammo bilan bog`liqligini aniqlash juda mushkul. Biz bilamizki, muammolar har doim hamnafas keladi. Masalan, bolalarga qo`pol munosabtda bo`lish sabablari, alkogol ichimliklarini xaddan tashqari iste`mol qilish va o`smirlik davrida homiladorlik, ehtimol bitta oilaning ichida topish mumkin. Bu muammolari bor insonlar stress holatida va moddiy tashvishlar ostida bo`ladi, shu kabi muammolari bor oilada dunyoga kelgan inson, bu kabi muammolari bo`lmagan oilada dunyoga kelgan insonga nisbatan o`z-o`zini hurmat qilishi past bo`ladi95.
2004 yilda amerikaning 24 milliondan ziyodroq bolalari to`liq bir yil ishlaydigan ota yoki onasi bo`lmagan(ota-onalarning bandligini kafolati yo`qligi ). Aynan shunday oilalarning bolalari ko`pincha sog'liqni saqlash va oilaviy nafaqalardan foydalanish imkoniyatiga ega emas bo`ladi, barqaror ish tufayli mavjud bo`lishi mimkindir. AQShning boylikni ulkan konsentratsiya qilinishiga qaramay, ushbu mamlakatda bolalar qashshoqligi darajasi boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ko`proq. Bolali yagona ota yoki onalar foizi taxminan 31% tashkil etadi 2000y. bo`lganidek. 8% ota-onalik bolalarga nisbatan 40% bolalar yagona-onalik oilalarda 2004y. qashshoq hisoblangan. Faqatgina yagona-onalarning 1/3 qismi farzandlari uchun aliment yoki nafaqa olayotganlirini xabar qilishgan96.

  1. Oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish(oilaga aralashish, baholash va oilviy terapiya) Ijtimoiy ish bo`yicha dunyo va bizning madaniyatda juda boy tajriba to`plangan. Xorij va o`zimizning olimlar ijtimoiy davolash asosi bu to`liq ijodiy hayotdan chiqarib yuborilganlarga, azob chekayotganlarga yordam ko`rsatishning ijodiy jarayoni deb ta`kidlashadi.

Ijtimoiy ishchi o`z alohida e`tiborini komplekslariga (yoki dialektik birligiga) “shaxs-atrof muhit”, ammo shu paytning o`zida birinchi o`ringa doima mijozning oilasini va atrofiga eng yaqin insonlarini qo`yishga harakat qiladi.
Ijtimoiy ishchi vaziyatni baholab ekspertning muqarrar aralushivini aniqlashda eng avvalo nmalarga e`tibor berishi lozim? Shu bilan birga oilaning atrofidagi muloqotlar o`rganish, o`zaro doimiylik yoki nomutanosiblikni barqarorlashtirish, yaqin va uzoq atrofidagi aloqalarni o`rganish demakdir.
Xorijiy tadqiqotchilar qayd etishadiki, oila bilan ijtimoiy ish borish amaliyoti ijtimoiy va xayriya faoliyati sohasidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan ekologik tamoyillar va tushunchalarga asoslanadi.
Ushbu mavzuda xorijiy mualliflar nima deb yozishadi? Oilaning muammolari bilan shug`ullanuvchi ijtimoiy ishchining asosiy vazifasi bu oilaning uzoq va yaqinidigagi aloqalarni doimiy bir maromga keltirish.
1986-yilda Charls Myurrey tomonidan yozilgan “Asoslarni yo`qotilishi: amerikaning ijtimoiy siyosati” tortishuvlarga sabab bo`lgan kitobida muhtoj oilalarga ko`rsatiladigan vaqtinchalik yordam samara bermayotganini shuning uchun hukumat ishga layoqatli barcha insonlar uchun ijtimoiy nafaqa pulini bekor qilinishin lozimligini yozgan. U ta`kidlashicha, barcha sud hukmlari, jamiyatni qashshoqlashishiga qarshi kurashuvchi byurokratik islohotlar va dasturlar, aslida jamiyatning barqarorligiga putur yetkazib ularda shu nafaqalarga qaramlik uyg`otadi. Aslida, uning fikricha, hukumatning nuqtai nazaridan qaraganda bu tarzda ta`minlash insonlar uchun ishlashdan ko`ra foydaliroq. Myurrey ayniqsa AFDC da`sturidagi bolalarni o`z qaramog`iga olgan oilalarga qarshi kritik ravishda yondashgan. U ta`kidlaydiki, ushbu dastur yagona-onalarga bola asrab olib shu nafaqalarga ega chiqish uchun omil bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek u yana ta`kidlaydiki, giyohvandlik va jinoyat, maktabdagi fanlardan ortda qolishva sharoitlarning yomonlashishiga asosan to`liqmas oilalarning ko`payishi orqali vujudga kelmoqda, bunday oilalar hukumatning oilalarni qo`llab-quvatlash dasturiga biriktirilgan. Uning AFDC dasturini tubdan qayta ko`rib chiqish taklifi quyidagidek bo`lgan: agarda sizlar kambag`allar orasida tug`ilishni kamaytirmoqchi bo`lsanglar, men buni qanday qilish kerak ekanligini bilaman. Siz ularga hukumat tomonidan yordamingizni bartaraf etishingiz lozim. Bu yondashuv tanqidchilar tomonidan tasdiqlangan,ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, Myureyning rejasi ota-onalarining xatolari tufayli aziyat chekadigan farzandlarning azobi xaqidadir va bu ikki karra noxaqlik demakdir, AFDC a’zolarining uchdan ikkitasi go’daklardir. Bordiyu AFDC programmasi mutaxasislar tomonidan chetlatilsa u xolda bu programmaning o’rnini bosadigan dastur yo’q va natijada boshpanasiz och go’daklar soni ko’payadi. Bunga javoban Myurrey farzandlarga ga’mxorlik qila olmaydigan onalardan bolalarni olib boshqa bir oilaga farzandlikka berish kerak deydi. Buning ustiga AFDC dasturining yopilishi ayollarni nikox qurmay xomilador bo’lib olib va natijada daromadi past erkakdan otalik vazifasini talab qilishdan oldin ikki karra o’lyashga majbur etadi. Bugungi kunda Qo’shma shtatlar oila nafaqalari dasturisiz xam rivojlangan g’arbdagi yagona ishlab chiqarishga asoslangan mamlakatdir. Oila nafaqalari dasturiga ko’ra davlat xar bir oilaga undagi bolalar soniga qarab belgilangan miqdorda mablag’ to’laydi. Agarda to’lov qiymati yuqori bo’lsa dastur oilalardagi qashshoqlik muaommosiga yechim bo’la olishi mumkin97.
Bordiyu to’lov barcha farzandlarga nisbatan amalga oshirilsa,u xolda dastur juda qimmatbaxo ko’rinishga keladi,va pulning ko’p qismi kambag’al oilalarga ulashilmaydi.Bu muammoni (daniya mamlakati misolida) ko’rish mumkin.Ya’ni nafaqani ma’lum bir maosh miqdorida olish mumkin. Agar maosh o’sha nafaqadan balandroq bo’lsa u xolda nafaqa berish to’xtatiladi.
Ikkinchi tanqidiy xolat shuki bu dastur axoli soni o’sishi muammoli bir vaziyatda tug’ilish sonini oshirib yuborishi mumkin.Uchinchi tanqidiy xolat bu dastur yagona shax yoki farzandsiz qashshoq juftliklarga nafaqa to’lashni ko’zda tutmaydi98.
3.Oilalar bilan ijtimoiy ishlar. Ko’p xollarda ijtimoiy ishchilarning diqqat markazida oila turadi.Oila o’zaro aloqada bo’ladigan va o’zaro tobelik kuzatiladigan tizimdir.Xar bir inson duch keladigan muammolar tabiiyki oilaning dinamikasidan o’tadi.Ze’ro oilaviylik o’zaro aloqadorlikning tizimi xisoblanadi,oila a’zolaridan birining o’rni o’zgarishi boshqalarining xam o’zgarishiga sabab bo’ladi.Misol uchun agressiv xolatda zaxrini sochgan ota-onalar kasriga farzand qolishi mumkin. Bordiyu o’sha jabrdida farzand oiladan chetlashsa uning o’rniga boshqa bir farzand jabrdidaga aylanadi.Oilaning e’tiborga molik jixati yana shundan iboratki undagi oila a’zolari tez-tez davolanish protsesslarida qatnasib turishidadir.Misol uchun oila azolarining birlari ichkilikka qon bosimi yuqori ekanligini,bu xolat boshqa bir oila a’zosining ichkilikdan uzoqlashtirish uchun aytilishu mumkin.Agarda oila a’zolaridan biri ichkilikka moyil bo’lsa oilaning o’zi o’sha insonga maslaxat beruvchi vazifasini bajarishi mumkin.
Ijtimoiy ishchilar insonlarga ularning shaxsiy va ijtimoiy muammolarini hal etib berganlaridan rohatlanadilar. Shunga qaramasda ijtimoiy ish tez-tez asab buzilishlariga sabab bo`ladi. Bu muammolarning manbasi quyidagilar:

  • Ish xujjatlarining ko`pligi

  • Mavjud dasturlar tomonidan xizmat ko`rsatilmaydigan kabi mijozlarning ehtiyojlarini qondirish

  • Mijozlarning eng yaxshi ehtiyojlarini qondirish maqsadida katta byurokratik tuzulmalarni o`zgartirishga harakat qilish

  • Samarali olib boorish mumkin bo`lgandan ko`ra ishlarning ziyodligi

  • Dasturlardagi muntazam ravishda sodir bo`ladigan ko`plab o`zgartirishlardan habardor bo`lishga urunish(tashkiliy talablarga ko`ra)

  • Umidsiz mijozlar bilan ish olib borish, ularning xolatlarini yaxshilashga turtki etishmasligi.

Yosh ijtimoiy hizmatchilar ko`pincha og`ir haqiqiy shokdan katta umidsizlikka tushib qolishlarini aytishadi. Ular puxta ishlab chiqilgan “aralashuv rejasidan” so`ng, mijoz rejalashtirilgan ishni qilishini kutishadi. Afsuski aksariyat holatlarda bunday bo`lmaydi. Kelgusi shartlar mijoz tomonida buzilgan bo`lishi mumkin va mijoz ularni nega buzgani xatto tushuntirib ham o`trimaydi. Ushbu bahonalar mijozda asos yoki turtki yo`q ekanligi talqin etadi.
Aralashuv strategiyasi oilaning atrofini o`zgartirishni e`tiborga oladi. Xorijiy olimalar quyidagi yo`nalishlarni va mavjud imkoniyatlardan foydalanishni shakllantiradi: yangi resurslarni izlash; oilaga eng yaxsh usullari bilan mavjud imkoniyatlardan foydalanib yordam bera oladigan broker, advokat va mutaxassislar hizmatlaridan foydalanish.
Ijtimoiy hizmatchilar hisoblashicha, ohirigi yillarda ko`pchilik oilalarning eng asosiy muammolari fojiali ijtimoiy to`qnashuvlar oldidagi ilojsizlik va kuchsizlikdir. Shuning uchun ham, oila bilan olib boriladigan egologik ishlar asosiy maqsadi bu oilaning yaqin va uzoq atrofidagi aloqalarni o`zgartirishdir.
Mutaxassis oilaga uning atrofidagi tizimlarga ta`sir o`tkazishni quyidagi usullar bilan yordam beradi: javobsiz yoki noteng munosabatlarni aniqlash; tovarlar va xizmatlar haqida muzokaralar olib borish; oila a`zolarining ijtimoiy muhitdagi boshqa insonlar bilan mumkin bo`lgan zaif va nomuvofiq aloqalarni mustaxkamlash. Oilaga ularni o`rab turgan jamiyat va insonlarda mavjud imkoniyatlardan eng yaxshi yo`llar bilan foydalanishga yordam beradi. Masalan, vaqt va makonnni rejalashtirishda yordam berish.
Jismoniy shaxslar va oilalar bilan ijtimoiy ish olib boorish. (Ijtimoiy ish). Ijtimoiy ishchining e`tibori faqatgina to`g`ridan-to`g`ri ma`lum shaxlar yoki oilalar bilan ishlashga qaratilganda bu jarayon to`g`ridan-to`g`ri amaliyot deb ataladi. Ushbu uslub insonlar va oilalarga shaxsiy yoki boshqa muammolarini aniqlashga qaratilgan. Ko`pgina holatlarda muammolar ijtimoiy yetishmovchilik, shaxslararo hissiy to`qnashuvlar, ijtimoiy stress yoki resurslar bilan yetrali darajada qizimasligi bilan bog`liq bo`ladi. Ushbu yo`nalishda amaliyot o`tayotgan mutaxassislar muammolarni yengillashtirish uchun aralashuv strategiyasini qo`llashadi. Bu kabi to`g`ridan-to`g`ri amaliyot ko`pincha davolaydigan deb hisoblanadi99.
Axborotning poydevori, asosiy manbasi deb qarindoshlik rishtalari ko`rsatilgan oila kartasi, oila hayotidagi qayd etilgan asosiy voqealar genogramma hisoblanadi. Taqdiqod metodologiyasi oilaning madaniyatini, har bir shaxsning qobiliyatlari bilan o`ziligini hamda atrofi olamni anglash bilan bog`liqdir. Ijtimoiy hizmatchilar oilaning mif, afsona, marosim, ba`zi ramziy harakatlarni o`rganib taqdiqodlar olib borishadi. Ushbu oiladagi ustuvor fikrlash tarzi va e`tiqodlari ham o`rganiladi. Aloqaning maxsus tili, oilaning faqatgina eng yaqin insonlari tushunadigan til. Ushbu yo`nalishda ish olib borayotgan ijtiomiy hizmatchi uchun har bir oiladagi hayotdagi o`rnini puxta bilish, qadriyatlar tizimini ba`zan esa mutlaqo qarama-qarshiliklarni bilish juda muhim xisoblanadi. Bu sohada o`tmish, bugun va kelajak aqlga sig`mas, ajablanarli tarzda kesishib ketadi. Oilalar bilan bog`liq ijtimoiy hizmatchilar, alohida nuqtai nazardan u yoki bu yo`nalishlardan birini belgilaydi. Oilada u yoki bu favqulotda vaziyatlarda vujudga kelgan aloqalar o`rganiladi. Oila bilan ijtimoiy ish olib borish amaliyotining asosiy maqsadi fundamental o`zgarishlar bilan bog`liq shu bilan birga keying rivojlanish uchun bor boylikni saqlab qolish ham lozim.
Xorijiy olimlar ijtimoiy hizmatchilarning oilalardagi faoliyalarining eng muhim yo`nalishlariga quyidagilarni kiritishadi:
1.Er-hotinlar bilan norasmiy, shaxsiy suxbat qurish;
2.Oilalar bilan, insonlar guruhi bilan ish olib borib ularga taqdiqodchi, o`z oilalarini nasabnomasining haqiqiy ekspertlari bo`lishiga yordam berish;
Bunday oilalarning vakillari, o`zlarining ijtimoiy strukturasining rivoyat, afsona va sirlarini o`rganishadi va tarixiy nomutanosibliklarni oldini olishga harakat qilishadi.
3. Uchinchi yo`nalish oila tizimining eng dolzarb holatini o`rganish bilan bog`liq. Mijozining ma`naviy, professional ehtiyojlarini va ijtimoiy hayotiy tajribasni hisobga oluvchi eng yuqori darajada kerakli jihatlarini tanlashi lozim. Shu vaqtning o`zida ijtimoiy ishchining o`z hayotiy tajribasi va uning nazariy asoslar ham juda katta ro`l o’ynaydi.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling