Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet51/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Valeologiya (lot. valeo — «sog’lom bo’lish») — «salomatlikning umumiy nazariyasi», insonning jismoniy, hush ko’rish va ruhiy salomatligiga tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar — tibbiyot, gigiena, biologiya, seksologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, madaniyat, pedagogika va boshqalarga integral yondashishga nomzod fan. Ayrim mutaxassislar tomonidan alternativ va marginal paramedik retrograd oqimlar deb qaraladi.
Deviant xulq - atvor – bu xulq-atvor o’zgarishlarining bir turi bo’lib, kichik ijtimoiy munosabatlarda va kichik ijtimoiy guruxlarga xarakterli yoshg tegishli xulq atvordagi ijtimoiy norma va qoidalarning buzilishi bilan bog’liq bo’lgan   xulq atvor tushiniladi, ya`ni xulq atvorning bu turini antistsiplinali (tartib qoidalarga qarshi) deb atash ham mumkin. Deviant xulq atvorning ko’rinishlari deb vaziyatli o’zaro bog’langan bolalar va o’smirlar xulq – atvoridagi reaktsichlari aytiladi, ular namoyish, tajovuzkorlik, bosqinchilik, chaqiriq, mustaqil va tizimli ravishda o’qishdan yoki mexnat faoliyatidan o’zilish, tizimli uydan chiqib ketishlik  va daydilik, bolalar va o’smirlar ichkilikbozlik va aroqxo’rlik vaqtli,  giyoxvantlikka berilishi jinsiy xarakatlardagi jamiyatga qarshi xarakatlar va  boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Deviant xulq-atvor jamiyatda o’rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo’lib, yolg’onchilik, dangasalik, o’g’irlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o’z joniga qasd qilish va boshqa ko’plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviant xulq deganda, quyidagilar nazarda tutiladi:
a) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o’rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir nechta tasniflar mavjud:
1) alkogolni har-har zamonda iste’mol qilish;
2) alkogolni ko’p iste’mol qilish- spirtli ichimlikliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o’rtada tanaffus bilan ko’p miqdorda (200 ml dan oshiq); Bu ko’pincha alkogolizmga olib keladi.
3) alkogolizm-spirtli ichimliklarga patolik (muttasil) o’rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik;
c) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga doimiy ruju qo’yish va tibbiy ko’rsatmalarsiz iste’mol qilish;
d) Foxishabozlik.
Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikkita turga bo’lib o’rganiladi:
1. Konkubinat – nikohsiz birga yashash.
2. Foxishabozlik – pul uchun o’z tanasini sotish, g’arbda asosan ikkinchisi qoralansada, sharqda ikkala holat ham qoralanadi. 
XVII-XVIII asrlarga kelib, Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi, ahloqiy me’yorlarining xristiancha me’yorlari doirasiga sig’may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammmosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. SH.L.Monteske, J.J.Russo, Ch. Bekkariya, K.Gelbetsiy, D.Didro. P.Golbax. Morelli va Sh. Furyelar o’z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar umumiy bo’lgan qonuniyatlarni topishga intildildilar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqqiyotiga holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot. E.Dyurkgeymning “anomiya “ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Xususan, sotsiologiyada“ ijtimoiy me’yordan og’ish “g’oyasi edi. E.Dyurkgeym fanga o’zi kiritgan “anomiya” atamasi orqali qonunchilikni, qonunlarni tan olmasligi va ularga amal qilinmaslikni, qonunlarni tan olmasligi va ularga amal qilmaslikni tushunadi. Bu g’oyani zamonaviy ilm-fanda P.Solis, M.Klaynerd va boshqalar rivojlantirib kelishmoqda.
Amerika sotsiologiyasida katta o’rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Sterlendning differensial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan deviant xulq-atvorga ham o’rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o’rgatiladi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda P.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o’rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g’oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi:” Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarni paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchta omilni ko’rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular:
1. Irsiy omillar
2. Psixofiziologik omillar
3. Shaxsning bilim darajasi
Shuningdek, ijtimoiy oqimlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, prinsipiallik yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo’ysunish yoki bo’ysunmaslik odatlari, biron bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psihofiziologikholatlari, mijozi ham katta ta’sir ko’rsatadi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling