Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet52/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayibmajruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda N. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqo-tish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddat siz qilib tayinlanadi. 1-guruh nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqalarning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh nogironlikga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh nogironlikga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nogironlikning quyidagi sabablari nazarda tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi nogironlik; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan nogironlik; ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi nogironlik; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan nogironlik; Oʻzbekistonni himoya qilish yoki bosh-qacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan nogironlik; harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi nogironlik Bu boradagi tartibqoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan nogironlik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 noyabrda " Oʻzbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi chora-tadbirlari Davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari sistemasi (Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish milliy markazi, Tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar bilan hamkorlikda nogironlarni tibbiyijti-moiy reabilitatsiya qilish choratad-birlarini amalga oshiradi.
Nogironlikka berilgan ikki ta'rifni qiyoslash orqali ularda berilgan urg‘ulardagi farqni sezishimiz mumkin. Birinchi ta'rifda (tibbiy yondashuv) urg‘u insonning o‘ziga, uning kasalligi bilan bog‘liq cheklashlarga berilsa, ikkinchisida (ijtimoiy yondashuv) nogiron inson yashayotgan muhitdagi cheklash va kamchiliklarga urg‘u berilgan:

  1. “Bolalardagi nogironlik – hayotiy faoliyatning sezilarli cheklanishihamda harakatlanish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, xulqini nazorat qilish, ta'lim olish va mehnat faoliyatidagi buzilishlar oqibatida ijtimoiy dezadaptatsiya holatiga uchrashidir”.

  2. Nogironlik – aqliy, sensorik(sezgi) yoki ruhiy jihatdan nuqsonlari bor inson faoliyatining jamiyatda mavjud sharoitlar keltirib chiqargan to‘siqlar yoki cheklashlar oqibatida inson faol hayotdan chetlatilishidir.

Nogironlikni talqin etishning ijtimoiy modeliga yaqin bo‘lgan navbatdagi ta'rifida (siyosiy-huquqiy model) nogironlik muammosining oqibatlari bo‘lgan hamda ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaruvchi holatlar – ijtimoiy cheklash va kamsitish aks etadi.
“Nogiron” bu –unda mavjud bo‘lgan nuqsonlar tufayli ijtimoiy tengsizlikning turli shakllaridan aziyat chekuvchi inson, ya'ni nogironlik bu ijtimoiy tengsizlikning bir shaklidir”. Stevens 0A. (1992), sitiruetsya po French, 1994 g100.
2. Nogiron insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishdagi zamonaviy yondashuvlar nogironlikni talqin etishning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga o‘tishga asoslanadi101:

Tibbiy model

Ijtimoiy model

Individual muammolar

Ijtimoiy muammolar

Tibbiy yordam

Ijtimoiy integratsiya

Davolanish

Ijtimoiy harakat

Professional yordam

Shaxsiy va kollektiv javobgarlik

Insonning «tuzalishi»

Muhitning o‘zgarishi

Xulq-atvor

Munosabat

Parvarish

Inson huquqlari

Sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish

Davlatning tizimli siyosati

Individning moslashuvi

Ijtimoiy o‘zgarishlar

3. Nogironlikka chalingan insonlar bilan ijtimoiy ish olib borishning asosini kamsitishlarga qarshi (antidiskriminatsion) tilni qo‘llash va uni atrofdagilar va hamkasblariga o‘rgatishda namoyon bo‘ladigan antidiskriminatsion amaliyot tashkil qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy ijtimoiy ish amaliyotida nogironlar bilan ishlash va muloqot qilishning etik qoidalari ishlab chiqilgan, masalan, nogironlar aravachasidagi insonlar bilan muomala qilish, ko‘zi ojiz yoki eshitish qobiliyatini yuqotgan insonlar bilan muloqot qilish qoidalari.
Nogironlar ijtimoiy ish olib borishda qo‘llaniladigan yondashuvlar ular uchun teng sharoitlar yaratish, boshka insonlar va ijtimoiy guruhlar bilan o‘zaro aloqalar uchun sharoitlar yaratishdan iborat (inklyuzivlik, integratsiyalashuv). Ushbu yondashuvga asosan, jamiyat va ijtimoiy institutlar mavjud ezguliklardan foydalanish imkonini beradigan to‘siqsiz muhit yaratishni ta'minlashi lozim.
Nogironlikning ijtimoiy modelida nogiron insonlarga extiyojlariga mos ravishda o‘zgarishlar yaratishga asosiy urg‘u beriladi. Ijtimoiy model jamiyat va muhitni nogironlarga jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish imkonini beradigan darajada moslashtirishni o‘z oldiga maqsad kilib olgan. Nogiron insonlar nuktai nazaridan, ular boshdan kechiradigan kamsitishlar jamiyat tomonidan yaratilgan. Ularning fikricha, yakkalanish ulardagi mavjud aqliy yoki jismoniy buzilish bilan bog‘lik bo‘lmay, xurofotlar, qo‘rquv va jaholat oqibatidir. Strategiyalar nogironni «davolash»ga emas, balki ularni jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirokini ta'minlash uchun lozim barcha harakatlarni bajarishga qaratilgan. Nogiron bolalar odatdagi xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, lozim bo‘lganda mutaxassis yordamidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi lozim»102
Hozirgi kunda aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy himoyasi davlatimiz olib borayotgan ichki siyosatlarning asosiysi bo'lib hisoblanadi. Nogironlar aholining ijtimoiy zaif va yordamga muhtoj tabaqalari qatoriga kirganligi uchun nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofazalashga doir bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 1991-yil 18-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi «Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi Qonun mustaqillik e'ion qilingandan keyingi ilk qadam bo'lib, keyinchalik «Fuqarolarni sog'ligini saqlash to'g'risida»gi qonun va boshqa qarorlar va Davlat Dasturlari qabul qilindi.
«Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi qonunning 1- moddasida «Nogiron» tushunchasini ta'rifiberilgan, unga ko'ra «Jismoniy va aqliy nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan ijtimoiy yordam va ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs, nogiron hisoblanadi. Shaxsning turmush faoliyatini cheklanganligi uning o'ziga-o'zi xizmat qilish, yurish, yo'lni topa bilish, muloqat qilish, o'z hattiharakatlarini nazorat qilish, shuningdek mehnat bilan shug'ullanish qobiliyati yoki imkoniyatini to'la yoki qisman yo'qotganligida ifodalanadi ».
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki,nogironlik ya'ni ishga yaroqsizlik holati turli sabablar asosida kelib chiqishi mumkin. Bu holatlar, aqliy zaiflik, ko'zi ojizligi, harakat organlarining ishlamasligi, kar-soqovligi yoki boshqa sabablar oqibatida o'z-o'zini idora qilishi, harakat qilishini qiyinlashib qolishidan iborat. Surunkali kasallik bilan qiynalgan yoki anatomik kamchiliklari boigan shaxslarga, shu kasallik va kamchiliklar organizm faoliyatini bo'zib, kasbiy mehnatni bajarishga halaqit beradigan va davolansa ham barqaror tus oladigan hollarda nogironlik belgilanadi. Mehnat qobiliyatining turg'un darajada buzilishi natijasida bemorning kasbiy mehnatini uzoq muddatga to'xtatishga yoki mehnat sharoitini birmuncha o'zgartirishga olib keladigan holatlar nogironlikni belgilash uchun asos bo'ladi. Nogironning ishida bir oz o'zgarish qilish yoki uni yyengillatish malakasini yo'qolishi yoki pasayishiga, yo bo'lmasa mehnat hajmining keskin qisqarishiga olib keladi. O'zbekiston Respublikasida nogironlikni oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish maqsadida bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nogironlarni o'qitish, ishga joylashtirish, ularga imtiyozlar belgilash, ularga ijtimoiy yordam berish yo'li bilan ularning kamol topishlari, ijodiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish ana shunday olib borilayotgan tadbirlardir.Mehnat qobiíiyatini yo'qotish darajasiga qarab, nogironlik 3 guruhga bo'linadi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17- iyuldagi 328-sonli va 1994-yil 23-iyundagi 317-sonli qarorlari asosida nogironlik guruhlari quyidagi tartibda belgilanadi. Nogironlikni 1-guruhini belgilash uchun organizm faoliyatining buzilishi natijasida nogiron o'ziga o'zi xizmat qila olmasligi boshqalarningdoimiy yordamiga muhtojlik sezishi asos bo'lib hisoblanadi. 1- guruh nogironligi salomatlik holatini vaqtincha yomonlashuvi tufayli tasodifiy, onda-sonda xizmat ko'rsatish yoki parvarishlashga emas, balki har kuni, muntazam xizmat ko'rsatish, yordam berishga muhtoj bo'lib qoladilar.1-guruh nogironligini belgilash uchun asos birinchidan, mehnat qobiíiyatini doimiy yoki uzoq muddatga yo'qotganligi, boshqalarning yordamiga muhtojligi bo'lsa, ikkinchidan, organizm mutlaqo ishlamasligi ko'rinib turishi va boshqalarning yordamiga muhtojligi yoki yordamiga qaramay maxsus yaratilgan sharoitlarda mehnat faoliyatini ayrim turlariga moslasha olishi mumkinligi (uyda, maxsus sexlarda ishlashi) hisoblanadi.
Nogironlikni 2-guruhini belgilash uchun organizm faoliyatining birmuncha buzilishi, biroq boshqa kishilarning yordamiga muhtojlik sezmaydigan, ammo yo maxsus yaratilgan sharoit tufayli alohida mehnat turlari to'g'ri keladi, yoki boshqa doimiy yoki uzoq muddatga yo'qotishiga olib keladigan holatlar asos bo'ladi. Nogironlikni 2-guruhi birinchidan, mehnat qobiíiyatini doimiy yoki uzoq muddatga yo'qotgan, lekin birovlarning yordamiga muhtoj bo'lmagan shaxslarga, ikkinchidan, mehnat faoliyati ta'siri ostida salomatligi yomonlashganligi tufayli barcha ish turlari uzoq muddatga to'g'ri kelmaydigan, uchinchidan og'ir surunkali kasallik bilan og'rigan, tayanch-harakat a'zolarida murakkab nuqsonlari bor, 22 ko'rish qobiliyati ancha yo'qolgan, mehnat qilish zararli boimay, maxsus yaratilgan sharoitlarda ishlashi mumkin bo'lgan shaxslarga belgilanadi.3-guruh nogironligi uzluksiz kasallik yoki tanadagi anatomik kamchiliklar tufayli mchnat qobiliyati pasayganda belgilanadi. t3u nogironlik belgilangan shaxslar yengil ishlarda ishlashlari mumkin bo'lib, ayrim hollarda 3-guruh nogironligi belgilanganda, xodimni yengilroq ishga o'tkazish zarurligi belgilanadi. TMEKlar haqidagi Nizomning 41- moddasiga asosan nogironlikni quyidagi sabablari belgilanadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling