Maslou
shunday tushuntiradi “Inson nimaga erishishi mumkin bo’lsa, u shunga
erishishi lozim,”
Hayotda o’z o’rnini topgan shaxs o’zligini anglagan, boshqalarning fikrlari bilan emas,
balki shaxsiy rivojlanish va o’z imkoniyatlaridan to’laqonli
foydalanish bilan band
bo’ladi.
Maslou nazariyasiga bildirilgan tanqidlar
Ushbu nazariyani qo’llab-quvvatlovchi tadqiqotlar
yetarli emasligiga qaramay,
ehtiyojlar piramidasi psixologiyada keng o’rganiladi. 2011-yilda chop etilgan bir ilmiy
ishda, Illinois universitetining tadqiqotchilari ehtiyojlar piramidasini sinovdan
o’tkazishga kirishdi.
Ularning
aniqlashlaricha, ehtiyojlar qondirilishi va baxt hissi darajasi bir-biri bilan
uzviy
aloqador ekanligiga qaramay, yer yuzidagi turli millat vakillari eng muhim
ehtiyojlar qondirilmagan sharoitda ham, hayotda o’z o’rnini topish va sotsial ehtiyojlar
muhim ekanligini ta’kidlashgan.
Bundan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ehtiyojlar shaxs xulqiga ta’sir ko’rsatuvchi
kuchli motivatsiya bo’lishi mumkin, ammo
bu ehtiyojlar shaxs hayotida, Maslou
ta’riflaganidek, ierarxik ahamiyat kasb etmaydi.