Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
44017 (1)

Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda 
mashinali mehnatga asoslangan kooperastiyadir. Fabrika ichidagi mehnat 
taqsimoti tamomila mashinalarning vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi 
o’zgarishlarga qarab R.Aron, 
Dj. Gelbreyt, U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch 
bosqichga:
-industrlashgangungacha 
bo’lgan jamiyat,
-industrlashgan jamiyat,
-yuqori industrlashgan yoki axborotlashgan jamiyatlarga 
bo’lib o’rganishni 
tavsiya etadilar. 
Bunda ular industrlashgangungacha 
bo’lgan jamiyatning asosiy belgilari 
sifatida: 
a) aholining asosan qishloq 
xo’jaligi bilan bandligi; 
b) q
o’l mehnatining hukmronligi;
v) mehnat taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik
xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va boshqalar); 
g) natural 
xo’jalikning hukmronligini ko’rsatadi. 


11 
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning 
asosiy belgilari deb:
a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; 
b) sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar 
sonining 
ko’payishi;
v) shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda 
ko’payishi va boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan 
jamiyatning asosiy belgilari: 
a) xizmat 
ko’rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; 
b) ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band 
bo’lishi;
v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, fan xodimlarining va 
malakali mutaxassislar rolining oshishi;
g) iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va 
hisoblash texnikalarining keng q
o’llanilishi; 
d) tovarlar va xizmatlar sifatiga putur etkazmasdan iqtisodiy resurslarning 
hamma turlarini tejash imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning 
keng q
o’llanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida 
ta’kidlab o’tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar 
jamiyat taraqqiyotida asosiy rolni 
o’ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, 
ishchi-xizmatchilar tarkibining 
o’zgarishiga, mehnat unumdorligining o’sishiga 
olib keladi. Lekin bu texnik 
o’zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan 
jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab 
bo’lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va 
ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy-iqtisodiy o
’zgarishlarning 
birgalikda olib, ularning 
o’zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va 
ta’sir natijasida sodir bo’ladigan taraqqiyot qonunlarini o’rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli 
ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha 
ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar 
xo’jaligi 
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab 
o’sib ketdi. 


12 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari 
ya’ni oddiy kooperastiya, 
manufaktura, mashinalashgan 
ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori 
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 
yilga, 
ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham 
keyingi paytda 
ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy 
tizimlarga 
bo’lib o’rganadilar. 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling