Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Банклардаги аҳоли омонатларининг
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy
Банклардаги аҳоли омонатларининг
ўсиши динамикаси, 1 январь ҳолатига, млрд. сўм 170,0 245,0 323,0 450,0 678,3 994,6 1644,0 2750,0 0,0 1000,0 2000,0 3000,0 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 йиллар мл рд . с ўм 8rasm. O’zbekistonda banklardagi aholi omonatlarining o’sish dinamikasi Ayni paytda banklarning iqtisodiy o’sishni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar miqdori 6 trln. 372 mlrd. so’mni, xo’jalik sub’ektlarini modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan investistion kreditlar miqdori 1 trln. 534 mlrd. so’mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 1 trln. 251 mlrd. so’mni, yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida ajratilgan ipoteka, iste’mol va mikrokreditlar miqdori 135,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi o’zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ma’ruzada mavjud qonunlarimizning ko’pchiligini ularni qo’llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko’rib chiqish zarurligi ta’kidlandi. Jumladan, akstiyadorlik kompaniyalari o’zlarining bozor munosabatlariga mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun “Akstiyadorlik jamiyatlari va akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g`risida”gi Qonunni tanqidiy qayta ko’rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ 40 boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada aniq belgilash lozim. Ushbu qonundagi akstiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig`ilishlari, taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo’lida akstiyasi kam bo’lgan akstiyadorlarning kafolatlarini ko’proq ta’minlash, barcha akstiyadorlarni va bo’lajak investorlarning akstiyadorlik kompaniyalari faoliyati to’g`risida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda 2009 yilda akstiyadorlik jamiyatlarining soni birmuncha kamaygani holda ularning umumiy ustav fondlari miqdorining ortishi tamoyili saqlanib qoldi (2-jadval). Ushbu tamoyil ko’p jihatdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 4053-sonli Farmonida nazarda tutilgan talablar bilan bog`liq bo’lib, Farmonga muvofiq akstiyadorlik jamiyatlari uchun ustav fondining eng kam miqdori Markaziy bank kursi bo’yicha 400 ming AQSh dollariga ekvivalent summani tashkil etishi kerak. Agar 2008 yil yakunlari bo’yicha umumiy ustav fondi 4545,6 mlrd. so’mni tashkil etgan 1826 ta akstiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2009 yil yakunlari bo’yicha akstiyadorlik jamiyatlarining soni 1619 tani tashkil etdi, ularning umumiy ustav fondi esa 5805,1 mlrd. so’mga qadar (127,7 foiz) o’sdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling