Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Банклардаги аҳоли омонатларининг


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana19.07.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1660997
TuriReferat
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

Банклардаги аҳоли омонатларининг 
ўсиши динамикаси, 1 январь ҳолатига, 
млрд. сўм
170,0
245,0
323,0
450,0
678,3
994,6
1644,0
2750,0
0,0
1000,0
2000,0
3000,0
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
2010
йиллар
мл
рд
. с
ўм
8­rasm. O’zbekistonda banklardagi aholi omonatlarining 
o’sish dinamikasi 
Ayni paytda banklarning iqtisodiy o’sishni moliyaviy qo’llab-quvvatlashdagi 
ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotning real 
sektoriga ajratilayotgan kreditlar miqdori 6 trln. 372 mlrd. so’mni, xo’jalik 
sub’ektlarini modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va 
tashqi bozorlarda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga 
qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan 
investistion kreditlar miqdori 1 trln. 534 mlrd. so’mni, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori 1 trln. 251 
mlrd. so’mni, yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida ajratilgan ipoteka, iste’mol 
va mikrokreditlar miqdori 135,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Mamlakatimizda o’tgan yillar davomida bozor iqtisodiyoti sohasidagi 
o’zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish borasida ulkan 
ishlar amalga oshirildi. Ma’ruzada mavjud qonunlarimizning ko’pchiligini ularni 
qo’llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining 
hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko’rib chiqish 
zarurligi ta’kidlandi.
Jumladan, akstiyadorlik kompaniyalari o’zlarining bozor munosabatlariga 
mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun “Akstiyadorlik jamiyatlari va 
akstiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g`risida”gi Qonunni tanqidiy qayta 
ko’rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ 


40 
boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada 
aniq 
belgilash 
lozim. 
Ushbu 
qonundagi 
akstiyadorlik 
jamiyatlarining 
Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig`ilishlari, taftish komissiyalarining roli va 
ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo’lida akstiyasi kam bo’lgan 
akstiyadorlarning kafolatlarini ko’proq ta’minlash, barcha akstiyadorlarni va 
bo’lajak investorlarning akstiyadorlik kompaniyalari faoliyati to’g`risida axborot 
olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda 2009 yilda akstiyadorlik jamiyatlarining soni birmuncha 
kamaygani holda ularning umumiy ustav fondlari miqdorining ortishi tamoyili 
saqlanib qoldi (2-jadval). Ushbu tamoyil ko’p jihatdan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining 
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 4053-sonli 
Farmonida nazarda tutilgan talablar bilan bog`liq bo’lib, Farmonga muvofiq 
akstiyadorlik jamiyatlari uchun ustav fondining eng kam miqdori Markaziy bank 
kursi bo’yicha 400 ming AQSh dollariga ekvivalent summani tashkil etishi kerak. 
Agar 2008 yil yakunlari bo’yicha umumiy ustav fondi 4545,6 mlrd. so’mni tashkil 
etgan 1826 ta akstiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2009 yil yakunlari 
bo’yicha akstiyadorlik jamiyatlarining soni 1619 tani tashkil etdi, ularning 
umumiy ustav fondi esa 5805,1 mlrd. so’mga qadar (127,7 foiz) o’sdi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling