Ijtimoiy madaniy faoliyat
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif
Shekspir asarlari o`zbek tiliga G’.G’ulom («Otello», «Qirol Lir»), M.SHayxzoda («Hamlet»,
«Romeo va Jul’etta»), Uyg’un («Yuliy Tsezar’»), B.Boyqobilov (sonetlar) va boshqalar tomonidan tarjima qilingan. Uil‟yam Shekspir ijodi Uyg‟onish davri Angliya adabiyotining ko`zgusidir. Tadqiqotchilar fikriga ko`ra, shoir sonetlarida asosan ikki mavzu ishlanadi. Bular do`stlik va sevgi mavzularidir. Mana shunga muvofiq tarzda ulardagi asosiy poetik obrazlar ham 3 tadir. Bular SHoir, Do`st va Xafaqon ayoldir. Uil‟yam Shekspir sonetlarining mundarijasi rang-barang kechinmalar silsilasidan iboratdir. Bu kechinmalar goh quvnoq, goh mahzun ruh kasb etadi. Uning sonetlaridan birida lirik sub`ekt o`z Yorini Do`stiga ishonib qoldirib ketgani ifodalanadi. Lekin uning yo`qligida Yor va Do`st o`rtasida yaqinlik paydo bo`ladi. shu tariqa ulardan biri Do`stiga, ikkinchisi esa Sevganiga bevafolik qiladi. Uil`yam Shekspirning dostonlari “Venera va Adonis” (1593 yil) hamda “Lukretsiya” (1594 yil) syujeti antik davr tarixi va mifologiyasidan olingan bo`lsa-da, ularda Uyonish davri ruhi aks etadi. Dastlabki dostonda sevgi va go`zallik ma`budasi Veneraning oddiy biroq ko`rkam yigit Adonisga bo`lgan sevgisi aks ettiriladi. “Lukretsiya”da esa bedaxl iffati tahqirlangan Lukretsiyaning o`z joniga suiqasd qilishi tasvirlanadi. Har ikki asarda ham inson shaxsi, uning qadr-qimmati masalasi o`rtaga qo`yiladi.
Uil‟yam Shekspirning sahnaviy asarlari uch janrga mansub bo`lib, bular tragediya, komediya hamda tarixiy xronikalardir. Dramaturg o`z tarixiy xronikalarida ko`proq XVI asr ingliz muarrixi Xolinshedning “Angliya, SHotlandiya va Irlandiya xronkalari» asaridan manba sifatida foydalanadi. Uning tarixiy xronikalari 16 tadan iborat bo`lib, ularning aksariyati, ya`ni 8 tasida feodal urushlari, markazlashgan hokimiyat o`rnatish uchun kurash, davlat va xalq taqdiri masalalari tasvirlanadi. Uil‟yam Shekspir o`zi yashab turgan davrning ijtimoiy tendentsiyalarini juda to`g‟ri belgilaydi. Chunki bu davr uchun feodal tarqoqligiga barham berish va milliy davlat o`rnatish g‟oyasi juda dolzarb edi. Uning “Richard III”, “Genrix IV” asarlarida bu g‟oyalar personajlarni realistik mahorat
36
bilan individuallashtirish negizida hal qilinadi. Uil‟yam Shekspir komediyalari o`zining Renessans ruhi va ko`p qirrali xarakterlari bilan tavsiflanadi. U kulgu asosiga qurilgan asarlarida pand-nasihat qabilidagi feodal axloqiga qarama-qarshi o`laroq kishilarning tabiiy his-tuyg‟ularini kuyladi. Muallif “Qiyiq qizning quyilishi” (1593), “Veronalik ikki yigit” (1594), “Yoz kechasidagi tush” (1595), “O`n ikkinchi kecha” (1600), “Venetsiya savdogari” (1596) kabi komediyalarida bir qator badiiy tiplar yaratdiki, ular o`z iroda yo`nalishi, individual xususiyatlari bilan birga u yoki bu ijtimoiy guruh va qatlamlarga xos bo`lgan xususiyatlarni ham mujassamlaydi. Ayniqsa, u yaratgan SHeylok obrazi hali-hanuz barchani lol qoldiradi. A.S.Pushkin bu obrazning murakkabligini qayd qilib, “SHeylok xasis, ziyrak, qasoschigina emas, u farzandsevar, hozirjavob kishi sifatida ham namoyon bo`ladi”, - deb yozgan edi.
Tragediya Uil‟yam Shekspirga gumanistik g‟oyalarni ifodalash uchun qolgan barcha janrlardan ham ko`proq qo`l keladi, deb aytish mumkin. Ulug‟ dramaturg o`lib borayotgan feodal olamining inqirozini ko`rsatish va tug‟ilib kelayotgan burjuaning ochko`z, yirtqich vakillari obrazini yaratish uchun butunlay tragediya janriga o`tadi. Uning “Hamlet” (1601) tragediyasi Uyg‟onish g‟oyalarini chuqur falsafiy va badiiy umumlashmalarda ifodalab berdi. O`zi uchun yot bo`lgan razil muhitga tushib qolgan Hamletning ikkilanishlari uning “hayot yoki o`lim” monologida ochiq aks etadi:
“Tirik qolmoq yo o`lmoq. SHudir masala, qaysi biri bulardan bizga munosib. Shu dilozor falakiyot tahqirlariga. Shikoyatsiz-shikvasiz chidab turmoqmi. Yo`qsa, unga rad-badal berib qo`zg’almoq. Qurol olib yo engmoq yo mahv bo`lmoq”. Hamlet shaxsi murakkab va ziddiyatli bo`lsa ham, lekin bu savolga javob berib, razolatga qarshi qo`zg‟alish kerak, degan qarorga keladi. Binobarin, Hamlet uyg‟onish ruhi bilan sug‟orilgan, Uil‟yam Shekspir dahosi yaratgan yangi tipdagi kishi – adolat uchun kurashuvchi gumanist obrazidir. Asarning asosiy g‟oyasi Hamletning “Tabiatning naqadar ajoyib mo``jizasidir odamzod. Uning zehni naqadar olijanob, undagi qobiliyatlar naqadar bepoyon”, - degan fikrlari bilan chambarchas bog‟liqdir.
“Makbet” tragediyasi (1605) ham uyg‟onish ruhiga mos g‟oyalar bilan sug‟orilgandir. Muallif unda Makbet fazilatlari bilan ko`ringan Makbet ichki va tashqi yovuz kuchlar ta`sirida shaxs sifatida tanazzulga yuz tutadi. Uil‟yam Shekspir Makbet obrazini chuqur badiiy tahlil etish yo`lidan boradi. Unda zolimning qaror topishi qariyb qadam-baqadam tasvirlanadi. Makbetning zolimga xos munosib o`lim topishi Uil‟yam Shekspir optimizmidan dalolat beradi. Asarda Makbet obraziga qarama-qarshi o`laroq adolatli monarx g‟oyasi ham ilgari suriladi. Uil‟yam Shekspir gumanizmi “Otello” (1604), “Qirol Lir” (1605) asarlarida ham o`z davrining ilg‟or g‟oyalarini ifodalab, kuchli tragik va psixologik obrazlar yaratdi. Buyuk dramaturg gumanizmining chuqur xalqchilligi shundaki, u insonning kelajagi, aql-idroki, istak-orzulari tantanasiga ishonadi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling