Qo’shimcha ma’lumotlar: Open Source (Ochiq kodli dasturiy ta’minot) atamasi 1998-yilda Erik Reymond hamda Bryus Perens tomonidan kiritilgan. Ochiq kodli dasturiy ta’minot — dasturning kodi ochiq va undan erkin foydalanish mumkin bo‘lgan, zaruriy holatlarda unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud dasturiy ta’minot.
Nazorat savollari: 1. Moodle platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun qaysi ma’lumotlar talab etiladi?
2. Moodle platformasida kalendar nima uchun ishlatiladi?
3. Moodle platformasida tilni almashtirish qanday amalga oshiriladi?
4. Ochiq kodli dasturiy ta’minot deb nimaga aytiladi?
5. Moodle so‘zining kengaytmasi qanday va ma’nosi nima?
|
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa:3-4-mashq
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
Mavzu: 24-dars. AMALIY ISH.
MOODLE PLATFORMASIDA TA’LIM OLISH
Fan: Informatika
Qisqacha tezis: 1. Moodlening rasmiy manzili orqali DEMO versiyasini ishga tushiring (40 minut ishlaydi). Yoki ta’lim muassasangiz server kompyuteriga o‘rnatilgan Moodle platormasini ishga tushiring. 2. O‘zingizga yoqqan ixtiyoriy kursni tanlang. Daftaringizga kurs tarkibiga kirgan modullar nomini qayd eting. 3. Har bir modulda berilgan o‘quv materiallari, amaliy topshiriqlar va nazorat testlari bilan tanishib chiqing. 4. Har bir modulda berilgan kurs elementlari (masalan, nazariy material, video, audio va h. k.) nomini yozib chiqing. 5. Kurs bo‘yicha berilgan amaliy topshiriq va testlarni bajarib ko‘ring.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |