Qo’shimcha ma’lumotlar
Facebook dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo‘lib, uning yordamida yaqinlar bilan xabarlashish, mustaqil ta’lim olish hamda biznes loyihalarni yuritish mumkin. Facebook — 2004-yilda Garvard universiteti talabasi Mark Suckerberg hamda Eduardo Saverin, Dustin Moskovitz, Chris Hughes tomonidan asos solingan ijtimoiy tarmoq. Apple — Stiv Jobs kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topa olmaydi va bir kuni u, agar munosib nom topilmasa, uni Apple (olma) deb nomlashini aytadi. Shu tariqa kompaniya uning sevimli mevasi nomini oladi. Google — googol so‘zi lotincha atama bo‘lib, 10 ning 100-darajasi, 100 ta noldan iborat birlik. Brendni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida xatolik yuzaga kelgan va natijada google nomini olgan. Samsung — koreys tilidan tarjima qilinganda, “3 ta yulduz” ma’nosini beradi. Instagram — Instant — “bir lahzada” hamda Telegram — “telegramma” so‘zlari birikmasidan hosil qilingan.
Nazorat savollari
|
1.Facebookda ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday ma’lumotlar kerak bo‘ladi?
|
2. Facebookda do‘stlarni qo‘shishda xavfsizlikka ahamiyat berish kerakmi?
|
3. Sizningcha, Facebookda shaxsiy xabarlarni nashr etish to‘g‘rimi?
|
|
O’quvchilarni baholash.
|
Uyga vazifa:
|
Fan o’qituvchisi: Raxmonova Shaxnozaxon
Do'stlaringiz bilan baham: |