Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni. Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari


Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari


Download 71.62 Kb.
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi71.62 Kb.
#1419782
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy pedagog faoliyati maksadi nimalardan iborat.

2.Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari.
Funksiya - vazifa, faoliyat doirasi. Ijtimoiy pedagogning umumiy funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:
• ta’lim va tarbiya berish funksiyasi - bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga izchil pedagogik ta’sir ko‘rsatilishini ta’minlash, barcha ijtimoiy institutlar - oila, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari, ommaviy axborot vositalari, mahallaning pedagogik faoliyatiga ko‘maklashish;
• diagnostik funksiya - bolalar, oila, ijtimoiy muhit xususiyatlari va ijtimoiy yashash sharoitlarini o‘rganish;
• tashkilotchilik funksiyasi - bolalar va pedagoglarning ijtimoiy faoliyatini tashkillashtirish, rejalar, loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;
• prognostik va ekspertlik funksiyasi - ijtimoiy-pedagogik rivojlanish dasturlari, loyihalari va rejalarini ishlab chiqish, hujjatlar va materiallar ekspertizasi;
• muhofaza va himoya funksiyasi - shaxs huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy normalardan foydalanish. Ularning eng muhimlariga to‘xtalamiz.

Pedagogning ijtimoiy funksiyalari: (7.1-chizma)

























Kuzatish - ayniqsa keng tarqalgan usul. Aynan u tarbiyaviy ish uchun ayniqsa ko‘p material beradi. Pedagog bolaning oila va maktabda, tengdoshlari bilan o‘zini tutishini kuzatadi. Boshlovchi pedagog o‘z kuzatishlarini qayd etib borishi va keyinchalik ularni tahlil qilishi lozim. Ijtimoiy-pedagogik kuzatish muayyan tayyorgarlikni talab qiladi: xulq-atvorni samarali o‘rganish uchun harakatlar, nutq va mimikaning barcha ko‘rinishlarini aniq bilish talab etiladi. Xatti-harakatlar va gap-so‘zlarni surunkali qayd etib borishgina shaxsning xususiyatlarini va uning shakllanish qonuniyatlarini tushunish imkoniyatini beradi. Kuzatish odatda tabiiy sharoitlarda, faoliyat va muloqot jarayoniga aralashmasdan amalga oshiriladi. Kuzatishga kirishishdan oldin reja tuzish, unda nimalarga e’tibor berish lozimligini belgilash zarur.
Suhbat. Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida anketa so‘rovi o‘tkazish, oldindan savollar tuzish, bola mazkur muassasa (reabilitatsiya markazi)ga tushganida xulosa chiqargan komissiya natijalari bilan tanishish lozim. Suhbatning muvaffaqiyati oldindan o‘rnatilgan aloqaga, u qay darajada mukammal tayyorlanganiga, ijtimoiy pedagogning suhbatni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Suhbat qisqacha kirish qismi bilan boshlanadi. Unda so‘rov mavzusi, maqsadi va vazifalari haqida gapiriladi. So‘ngra mazmunan neytral bo‘lgan oddiy savollar taklif qilinadi. Tahlilni, mulohaza yuritishni talab qiluvchi murakkabroq savollar suhbat o‘rtasiga joylashtiriladi. Suhbatning yangi yo‘nalishiga o‘tish izohlar bilan quvvatlanishi lozim.
Bolaning tarjimai holi, qilmishlari va xulq-atvor motivlari bilan tanishish u haqda tasavvur hosil qilishga yordam beradi.

Download 71.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling