Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy faoliyati mundarija: kirish I. Bob. Ijtimoiy pedagog kasbining kelib chiqish tarixi
Pedagogning ijtimoiy funksiyalari
Download 70.92 Kb.
|
IJTIMOIY PEDAGOG VA UNING KASBIY FAOLIYATI
Pedagogning ijtimoiy funksiyalari:
Diagnostik funksiyasi Ta’lim va tarbiya funksiyasi Muhofaza va himoya funksiyasi Pedagogning ijtimoiy funksiyalari: Tashkilotchilik funksiyasi Pragnostik funksiyasi Ekspertlik funksiyasi Kuzatish - ayniqsa keng tarqalgan usul. Aynan u tarbiyaviy ish uchun ayniqsa ko‘p material beradi. Pedagog bolaning oila va maktabda, tengdoshlari bilan o‘zini tutishini kuzatadi. Boshlovchi pedagog o‘z kuzatishlarini qayd etib borishi va keyinchalik ularni tahlil qilishi lozim. Ijtimoiy-pedagogik kuzatish muayyan tayyorgarlikni talab qiladi: xulq-atvorni samarali o‘rganish uchun harakatlar, nutq va mimikaning barcha ko‘rinishlarini aniq bilish talab etiladi. Xatti-harakatlar va gap-so‘zlarni surunkali qayd etib borishgina shaxsning xususiyatlarini va uning shakllanish qonuniyatlarini tushunish imkoniyatini beradi. Kuzatish odatda tabiiy sharoitlarda, faoliyat va muloqot jarayoniga aralashmasdan amalga oshiriladi. Kuzatishga kirishishdan oldin reja tuzish, unda nimalarga e’tibor berish lozimligini belgilash zarur. Suhbat. Suhbatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida anketa so‘rovi o‘tkazish, oldindan savollar tuzish, bola mazkur muassasa (reabilitatsiya markazi)ga tushganida xulosa chiqargan komissiya natijalari bilan tanishish lozim. Suhbatning muvaffaqiyati oldindan o‘rnatilgan aloqaga, u qay darajada mukammal tayyorlanganiga, ijtimoiy pedagogning suhbatni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Suhbat qisqacha kirish qismi bilan boshlanadi. Unda so‘rov mavzusi, maqsadi va vazifalari haqida gapiriladi. So‘ngra mazmunan neytral bo‘lgan oddiy savollar taklif qilinadi. Tahlilni, mulohaza yuritishni talab qiluvchi murakkabroq savollar suhbat o‘rtasiga joylashtiriladi. Suhbatning yangi yo‘nalishiga o‘tish izohlar bilan quvvatlanishi lozim. Bolaning tarjimai holi, qilmishlari va xulq-atvor motivlari bilan tanishish u haqda tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Download 70.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling